A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari:
— kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat 
faol o‘zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va 
baholash qobiliyatini takomillashtirish;
— jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish 
va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish;
— tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan 
munosabatda bolishga va ularni ravnaq toptirish yolida astoydil 
faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish;
— o‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, 
milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish uchun za- 
min yaratish;
— ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish 
va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini 
targ‘ib qilishga undashdir.
356


Estetik tarbiya juda keng ko‘lamga ega bo‘lib, insonni bir bu­
tun shaxs sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun har qaysi davr, 
tuzum, jamiyat estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Biroq, bu jarayon 
pedagoglar zimmasiga juda katta vazifa yuklaydi. Ayniqsa, bu­
gungi kunda oliy ta’lim muassasasida katta ehtiyojga aylanmoq- 
da. Biroq, ko‘pgina muassasalarda bu fanga nihoyatda jo ‘n va 
primitiv yondashuv mavjudligini alohida e’tirof etish zurur.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari. 
San’at — estetik tarbiya- 
ning muhim vositasi. Ma’lumki, hissiyotlar, tuyg‘ular, kechin- 
malar insonning tirikligidan dalolat beradi. Chunonchi, ijobiy 
fazilatlar, badiiy-estetik ideallar inson hayotining mazmuniga 
ko‘rk bag‘ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, estetik tarbiyada hayot­
ning mazmuni va maqsadi muhim ahamiyat kasb etadi. Gohida 
maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo 
zid bo‘lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson bunday 
maqsadlarning ta’siridan zarar ko‘radi. San’at shu m a’noda zamo- 
naviy insonni estetik jihatdan tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u in­
sonning estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltiradi, 
uning kelajakda buyuk ishlarni amalga oshirishiga ko‘mak beradi.
Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirish- 
ning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Bi- 
rinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qara­
ganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko‘rsata 
olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan 
kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun 
bag‘ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro‘yobga 
chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi.
San’at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi 
uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Chu­
nonchi, inson tafakkurini go‘zallashtirish estetikaning tadqiqot 
obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dun- 
yoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. San’atning 
inson estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan 
izohlanadiki, san’at avvalo; voqelikni badiiy qiyofalar yordamida 
aks ettiradi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikning estetik mazmuni­
ni namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko‘rk bag‘ishlaydi,
357


ularni qaytadan tashkil etadi va o‘zgartiradi. Ana shunga ko‘ra, 
insonning bilimlilik tomoni san’atning ko‘rinishlarini namoyon 
ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur holatlar natijasida es­
tetik tarbiyaviylik xususiyati o‘z ifodasini topadi.
Elektron axborot vositalar — estetik tarbiyaning zamonaviy 
vositasi. Hozirgi kunda estetik tarbiyaning shunday vositalari mav- 
judki, uning ma’naviy jarayonlarga ko‘rsatayotgan global ta’siriga 
befarq bo'lish aslo mumkin emas. Ana shunday ta’sirlardan biri 
— bu elektron axborot vositalardir. Elektron axborot vositalari 
muhim estetik tarbiya vositasi sifatida qator xususiyatlarga ega. 
Bular:
narxining arzonligi;
— asosiy mahsulot — bilim, axborot, moda va imidj;
— yangi iqtisodiyot — u axborotga ega bo‘lishni xohlaydigan 
odamlarga imtiyoz beradi;
— chinakam global xarakterga ega ekanligi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish