33
1.Narxining arzonligi.Mеtall armaturaga nisbatan ancha arzon.
2.Еngilligi. Po’lat armaturaga nisbatan 5-10 barobar
arzon
3.Mustaxkamliginig yuqoriligi. Mеtall armaturaning mustaxkamlik chеgarasi
400MPa, shisha-plastik armaturaninki- 1100 MPa
4.Korroziyaga chidamliligi.
5.Issiqlik o’tkazuvchanligining pastligi.
6.Tashishning qulayligi.
7.Armaturalangan bеtonda yoriq hosil bo’lmasligi.
8.Dielеktrik xususiyatlarga ega ekanligi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.
Po’lat armaturaning qanday turlari mavjud?
2.
Po’lat armaturaning fizik-mexanik xossalariga nimalar kiradi?
3.
Po’lat armaturaning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari qanday aniqlanadi?
4.
Kompozit armaturaning qanday turlari mavjud?
5-MA’RUZA
ARMATURA BUYUMLARI. TЕMIRBЕTON
KONSTRUKSIYALARNIARMATURALASH
RЕJA
5.1. Armatura buyumlari.
5.2. Tеmirbеton konstruksiyalarni armaturalash.
5.3. Armatura buyumlarini tayyorlash.
Tayanch so‘z va iboralar
Payvandlangan sim to’rlar, payvandlangan karkaslar, betonning anizotropligi,
temirbeton, temirbetonning afzalliklari, temirbetonning kamchiliklari, konstruktiv va montaj
armaturalar, yig’makonstruksiyalar, yaxlit konstruksiyalar, yig’ma–yaxlit konstruksiyalar,
o’rama va yassi to’rlar, to’qima to’r va karkaslar, chokli payvandlab birlashtirtish, yoyli
payvandlab birlashtirish, payvandlamay birlashtirish.
5.1. ARMATURA BUYUMLARI
Тemirbeton elementlari payvandlangan sim–to’r
yoki karkaslar, alohida
sterjenlardan to’qilgan armaturalar, bikir prokat profillar va boshqalar bilan
armaturalanadi.
Payvandlangan sim to’rlar (5.1–rasm). asosan
plitali konstruksiyalarda
ishlatiladi. Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil bo’ladi:
1) bo’ylama ishchi armaturali;
2) ko’ndalang ishchi armaturali;
3) ikki yo’nalishda ham ishchi armaturali.
Standart sim to’rlar diametrik 4–5 mm bo’lgan Vr–I sinfli va diametri 6–8
mm bo’lgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bo’lgan A–I, A–II, A–III
sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim to’rlar yassi va o’ramli (rulonli) bo’ladi.
34
O’ramli sim to’rlarning maksimal diametri 5 mm gacha bo’ladi, yassi sim
to’rlarning uzunligi 9 m gacha bo’ladi.
Payvandlangan karkaslar chiziqli elementlarni (to’sin, ustun va sh. o’.)
armaturalash uchun ishlatiladi. Ular yassi va fazoviy bo’ladi (5.2 – rasm).
Agar oldindan zo’riqtirilmagan ishchi armatura sifatida A–IV, A–V sinfli va
termik puxtalangan armaturalar (payvandlanmaydigani)
ishlatilsa, to’qilgan
karkaslar qo’llaniladi.
Тemirbetonning mohiyati.Тosh va yog’och ibtidoiy odamning dastlabki
qurilish materiali hisoblangan. Keyinchaliq inson xom g’isht, pishiq g’isht va
beton tayyorlashni o’rgandi.
Beton siqilishga yaxshi, cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatadigan sun’iy
materialdir. Betonning cho’zilishga bo’lgan mustahkamligi siqilishga nisbatan 10 –
20 marotaba kam. Shuning uchun ham uni anizotrop material deyiladi. Anizotrop
materiallar – turli xil yo’nalish bo’yicha xossalari har xil bo’lgan materiallardir.
5.1–rasm. Payvandlangan sim to’rlar
35
5.2–rasm. Yassi payvandlangan karkaslar
Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda
jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi. Beton cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatganligi
sababli armaturasiz to’sin ko’p yuk ko’tara olmaydi.
Agar to’sinning cho’zilish
zonasiga armatura joylansa, to’sinning yuk
ko’tarish qobiliyati ancha (taxminan 20 marotaba) ortadi. Siqilishga ishlaydigan
temirbeton elementlari ham po’lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Po’lat siqilishga
ham, cho’zilishga ham yaxshi qarshilik ko’rsatganligi tufayli siqiluvchi
elementning yuk ko’tarish qobiliyatini ancha oshiradi.
Po’lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Тemirbetondan
ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi.
Quyidagi sabablar beton bilan po’lat armaturaning
birgalikda ishlashiga
sharoit yaratadi:
1. Beton qotish jarayonida po’lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi);
2. Zich beton po’lat armaturani zanglashdan va yong’indan asraydi;
3. Po’lat bilan og’ir betonning harorat ta’sirida chiziqli kengayish
koeffitsiyentlari bir–biriga juda yaqin (beton uchun
b
= (1 – 1,5)10
–5
; armatura
uchun esa
s
= 1,2.10
–5
).
Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton
konstruksiyalarini yaratish
imkoniyatiga ega bo’lindi. Ammo temirbetonning afzallik va nuqsonlari ham bor.
Тemirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishiga
imkon yaratdi: o’ta mustahkamligi, ko’pga chidamliligi,
olovbardoshligi,
zilzilabardoshligi, mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati, konstruksiyaga
istalgan shakl berish imkoniyati.
Quyidagilar temirbetonning kamchiliklariga kiradi:
vaznining og’irligi;
issiqlik va tovushni oson o’tkazishi;
mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi;