Reja: turar-joy binolarning vazifasi, qavatlar soni, konstruktiv xususiyatlari, kapitalligi, olovbardoshligi va uzoqqa chidamliligi bo’yicha klassifikasiyasi



Download 22,26 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi22,26 Kb.
#645925
  1   2

MAVZU: BINO VA INShOOTLAR HAQIDA TUShUNChALAR.

Reja:


1) Turar-joy binolarning vazifasi, qavatlar soni, konstruktiv xususiyatlari, kapitalligi, olovbardoshligi va uzoqqa chidamliligi bo’yicha klassifikasiyasi.
2) Turar-joy binolarga qo’yiladigan asosiy talablar: funksional, texnik, me’moriy va iqtisodiy maqsadga muvofiqlik talablari.
Tayanch iboralar:
Uy-joy qurilishi, uysozlik kombinati, kvartira tipidagi uylar, yotoqxona, mehmonxona, qariyalar va nogironlar internati, uzoqqa chidamlilik, olovbardoshlik, kapitallik klassi, mikrorayon.
Uy-joy masalasi, har bir oilani alohida uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy tuzimidan qatiy nazar, har qanday jamiyat uchun dolzarb muammodir. Uning qanday hal qilinganligiga qarab jamiyatning insonparvarlik darajasi to’g’risida fikr yuritiladi, baho beriladi.
O’zbekistonda ommaviy uy-joy qurilishi - binolarni uysozlik kombinatlarida tayyorlangan yig’ma elementlardan industrial usullar bilan qurishga asoslangan. Qurilayotgan uylarning deyarli ikkitadan bittasi yig’ma yirik elementlardan qurilmokda. Yig’ma uysozlik bilan bir qatorda yengil betondan monolit turar-joy binolari qurilishigaham asta-sekin yo’l ochib berilyapti. Toshkent shahrida sirg’aluvchi qolipda bir necha ko’p qavatli turar-joy binosi qurilib ishga tushirildi, Samarqandda mehmonxona binosi qurilib foydalanishga topshirildi. Kam qavatli uy-joy qurilishida mayda elementlardan va mahalliy materiallardan keng foydalanilmoqda.
Respublikamizda ommaviy quriladigan turar-joy binolarini tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida loyihalashtiriladi. Bu me’yorlar uy-joy qurilishi va uy-joylarni ekspluatasiya qilish sohalaridagi sosiologik, funksional, me’moriy, texnik va boshqa omillarni hisobga olgan holda o’tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalariga asoslanadi. Shu me’yorlar asosida mamlakatimiz tabiiy-iqlim sharoitini, aholining demografik tarkibini va turmush tarzini to’la hisobga olgan loyihalar yaratilishini hayotning o’zi taqazo qilmokda.
Yirik va katta shaharlarda ommaviy uy-joy qurilishi yirik komplekslar ko’rinishida, ya’ni mikrorayon, turar-joy rayoni ko’rinishida amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, turar-joy binolari vazifasiga, qavatlar soniga, hajmiy-plan yechimiga ko’ra turlarga bo’linadi va har bir turdagi binolarning o’z qo’llanish sohasi bor. Vazifasiga ko’ra turar-joy binolarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin: kvartirali uylar, yotoqxonalar, mehmonxonalar va qariyalar uylari. Respublikamizda qurilayotgan turar-joy binolarining deyarli 90 % ga yaqini alohida oilalar joylashishiga mo’ljallangan kvartirali uylardir. Qolgan qismini esa, ishchilar yoki talabalar uchun yotokxonalar, musofirlar uchun mehmonxonalar, qarovchisiz nogiron va qariyalar uchun inter-natlar tashkil qiladi.
Qavatlar soni bo’yicha turar-joy binolarini kam qavatli (1-2 qavatli), o’rtacha qavatli (3-5 qavatli), ko’p qavatli (6-10 qavatli), baland (25 qavatgacha) va osmon o’par (25 qavatdan ortiq) binolarga bo’lish mumkin.
Qishloqlarda va uncha katta bo’lmagan shaharchalar (posyolkalar) da asosan bir, ikki qavatli, bir, ikki kvartirali turar-joy binolari quriladi. Loyihalashtirilayotganda ulardai tomorqa uchastkalari bo’lishi nazarda tutiladi. Keyingi paytlarda qishloklarda ham 3-4 qavatli ko’p kvartirali uylar qurilmokda. Ularda markaziy isitish sistemasi suv, gaz ta’minoti ko’zda tutilgan.
Shaharlarda ommaviy tartibda, asosan, ko’p qavatli va ayniqsa yirik shaharlarda, baland turar-joy binolari qurilmokda. Chunki yirik sha harlarda baland turar-joy binolari qurilishi iqtisodiy jihatdan birmuncha afzalliklarga ega. Bunda qurilish hududi qisqaradi, aholi zichligi ortadi, transport yo’li kamayadi va h.k.
Turar-joy binolari mukammallik (kapitallik) bo’yicha 4 klassga bo’linadi. I klassga balandigi 10 va undan ziyod qavatli turar-joy binolari kiradi. Ularning asosiy konstruksiyalarining olovbardoshlik va uzoqqa chidamlilik darajasi I darajadan past bo’lmasligi kerak. II klassga balandligi 6-9 qavatli turar-joy binolari kiradi. Bunda asosiy konstruksiyalarning olovbardoshlik va uzoqqa chidamlilik darajasi II darajadan past bo’lmasligi kerak. III klassga balandligi 3-5 qavatli turar-joy binolari kiradi. Bunday binolar asosiy konstruksiyalarining uzoqqa chidamlilik darajasi II darajadan, olovbardoshligi esa III darajadan past bo’lmasligi talab qilinadi. IY klassga balandligi 2 qavatdan ko’p bo’lmagan turar-joy binolari kiradi. Bunda asosiy konstruksiyalar uzoqqa chidamlilik bo’yicha III darajali bo’lishiga ruxsat beriladi, konstruksiyalarga olovbardoshlik talablari quyilmaydi.
Turar-joy binolarini loyihalashdagi asosiy vazifa - hozirgi zamon kishilarining funksional,fiziologik va estetik ehtiyojlariga muvofiq keluvchi, kun kechirish uchun hayoti muhitni yaratishdir.
Turar-joy binolariga qo’yiladigan asosiy funksional talablarga quyidagilardan iborat:
- bino quriladigan hudud aholisining demografik tarkibini hisobga olgan holda uy-joy maydoni bilan ta’minlashning zamonaviy me’yorlariga muvofiq ravishda aholini joylashtirish uchun har tomonlama qulayshart-sharoitlar yaratish;
-uydagi xonalarning asosiy funksional guruhlarini aniqlash va ularda kechadigan hayotiy jarayonlarga muvofiq keladigan o’zaro bog’liqlikni talablar darajasida ta’minlash;
-istiqomat qiluvchilarning mehnat faoliyati va kasb-korini, aholining turmush tarzining o’ziga xos tomonlarini, tabiiy iqlim sharoitining aholi turmush tarziga ta’sirini hisobga olish;
-har bir oilani alohida kvartira bilan ta’minlash prinsipiga amal qilish.
Hozirgacha aholini kvartiralarga joylashtirishda K=N va K=N-1 formulalardan foydalanib kelindi (bu yerda K - kvartiradagi yashash xonalari soni, N - shu kvartiraga joylashadigan oiladagi kishilar soni. O’zbekiston aholisining turmush tarzini hisobga olsak, yuqoridagi prinsiplarda oilalarni kvartiralarga joylashtirish unchalik maqsadga muvofiq emaslini takidlash mumkin. Shuning uchun K=N+1 formula asosida amalga oshirilgani ma’qul hisoblanadi.
Kvartiralardagi xonalarni 2 ta funksional guruhga ajratish mumkin. 1-guruhga taaluqli xonalar dam olish, uyqu, ijodiy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan bo’lib, 2-guruhga xujalik ishlari, muloqat, mehmon kutish uchun mo’ljallangan xonalar kiradi. 1-guruh xonalari kvartiraning tinchroq qismida joylashgani ma’qul.



Download 22,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish