Mavzu: Avtomobillarda yo’lovchi tashishni boshqarish



Download 21,08 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi21,08 Kb.
#660319
Bog'liq
avtomobil


Mavzu: Avtomobillarda yo’lovchi tashishni boshqarish.
.Reja:

  1. Avtomobillarning texnik-ekspluatatsion sifatlari.

  2. Avtomobil saroyidan foydalanish koeffisiyenti.

  3. Avtomobilning o‘rtacha kunlik masofasi.



1. Avtomobillarning asosiy texnik-ekspluatatsion xususiyatlariga quyidagilar kiradi: dinamikligi, yonilg’i iqtisodchanligi, boshqariluvchanligi, turg’unligi, o‘tag’onligi, harakatlanish ravonligi, sig’dira olish xususiyati, mustahkamligi, chidamliligi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashga mosligi, ortish-tushirish ishlarini bajarishga yoki yo‘lovchilarning chiqishi va tushishiga mosligi. Avtomobilning dinamikligi deyilganda ma’lum yo‘l sharoitlarida yuk va yo‘lovchilarni iloji boricha maksimal o‘rtacha tezlik bilan harakatlana 45 olishi tushuniladi. Avtomobilning dinamikligi qanchalik yaxshi bo‘lsa, tashish uchun zarur vaqt shunchalik kam bo‘ladi, binobarin avtomobilning unumdorligi yuqori bo‘ladi, ya’ni ma’lum vaqt birligida aniq masofaga yuk yoki yo‘lovchilarni ko‘p miqdorda tashiy oladi. Avtomobilning dinamikligi uning tortish va tormozlash xususiyatlariga bog’liqdir. Avtomobilning yonilg’i iqtisodchanlik xususiyati deyilganda, uning harakati uchun yoqilayotgan yonilg’i quvvatidan oqilona foydalanish tushuniladi. Yonilg’i iqtisodchanligi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ekspluatatsion xususiyatdir, chunki yonilg’i xarajati umumtashish tannarxining eng katta qismini tashkil etadi. Qanchalik yonilg’i kam sarflansa, avtomobilning ekspluatatsiya xarajati shunchalik arzon bo‘ladi. Avtomobilning boshqariluvchanlik xususiyati uning boshqariluvchi g’ildiraklari holatiga ko‘ra harakat yo‘nalishini o‘zgartira olishidir. Avtomobilning boshqariluvchanligi uning harakat xavfsizligi darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobilning turg’unligi - bu uning sirg’anish, sirpanib ketish va ag’darilishga qarshi tura olishidir. Avtomobilning turg’unligi sirpanchiq yo‘l sharoitlari va yuqori tezlik bilan harakatlanishida katta ahamiyatga ega. Avtomobilning o‘tag’onligi – bu uning og’ir yo‘l sharoitlari va yo‘ldan tashqarida (qorli yoki qumli yo‘llarda, balchiq joylarda) harakatlana olishidir. Avtomobilning harakatlanish ravonligi – bu uning notekis yo‘llarda katta tezlik bilan harakatlanishida kuzovining tebranmasligidir. Avtomobilning sig’dira olish xususiyati deyilganda unga bir vaqtda tashishga mo‘ljallangan yuklar miqdori yoki yo‘lovchilar soni tushuniladi. Avtomobilning mustahkamligi – uni tuzatish uchun zarur bo‘lgan vaqt talab etuvchi sinishlar va buzilishlarsiz ishlash xususiyatidir. Avtomobilning chidamliligi – bu uning tuzatish uchun ekspluatatsiyadan to‘xtatishni talab etuvchi qismlarining jadal eskirishsiz ishlash xususiyatidir. Avtomobilning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga mosligi – uning ushbu ishlarning soddaligi va kam mehnat sarfi, shuningdek ularni amalga oshirish paytida to'xtash vaqtini belgilaydigan xususiyatidir. Avtomobilning yuk ortish-tushirish yoki yo‘lovchilarning chiqishi va tushishiga mosligi xususiyati deyilganda bunday operatsiyalarni bajarishga kam mehnat va vaqt sarfi tushuniladi. Bulardan tashqari avtomobillarning quyidagi texnik-ekspluatatsion sifatlari ham muhim ahamiyatga ega. 46 Avtomobilning konstruktiv xavfsizligi - bu uning ishlash jarayonida atrof-muhitga, harakat qatnashchilariga zarar yetkazishni yo’qotish, shuningdek, yo‘l-transport hodisasining og’irlik darajasini pasaytirish qobiliyati . Тransport vositalarining konstruktiv xavfsizligi faol, sust, halokatdan keyingi va ekologik xavfsizliklarga bo‘linadi. Faol xavfsizlik – transport vositasining yo‘l-transport hodisasining oldini olish (uning vujudga kelish ehtimolini kamaytirish) xususiyatlaridir. Faol xavfsizlik haydovchi transport vositasining (yo‘l-transport hodisasi boshlang’ich davriga to’g’ri keladi) harakatlanish tavsifini o’zgartirishga qodir bo‘lgan davrda vujudga keladi. Sust xavfsizlik – transport vositasining yo‘l-transport hodisalari oqibatlari og’irliklarini kamaytiruvchi xususiyatidir. Sust xavfsizlik haydovchi xavfsizlik tadbirlarini ko’rishiga qaramasdan avtomobilning harakatlanish tavsifini o’zgartira olmaydigan va falokatni bartaraf qila olmaydigan (yo‘l-transport hodisasi kulminatsion) davrida vujudga keladi. Sust xavfsizlik ichki va tashqilarga bo‘linadi. Ichki sust xavfsizlik transport vositasining uning ichidagi haydovchi va yo‘lovchilarning shikastlanmasliklari bo‘yicha xavfsizliklarini oshirish va hayotlarini saqlab qolish hamda yuklarni saqlashni ta’minlash bo‘yicha konstruktiv xususiyatini belgilaydi. Тashqi sust xavfsizlik harakatlanishning boshqa qatnashchilari uchun yo‘l-transport hodisasi oqibatlari og’irliklarini kamaytirish qobiliyatidir. Halokatdan keyingi xavfsizlik - transport vositasining yo‘l-transport hodisasi to’xtagandan keyin (yo‘l-transport hodisasi so’nggi yakuniy davri) uning oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish xususiyatidir (ya’ni avtomobilning yonib ketishi, harakatlanishning boshqa qatnashchilarini urib yuborishi va h.k.). Ekologik xavfsizlik - transport vositasining normal foydalanish jarayonida atrof-muhitga va harakatlanishning qatnashchilariga salbiy ta’siri darajasini kamaytiruvchi xususiyatlari. Ekologik xavfsizlik yuqoridagi faqat yo‘l-transport hodisasida yuzaga keladigan uch turdagi xavfsizlikdan farqli ravishda, transport vositasining kundalik ishi davomida namoyon bo‘ladi. Har xil tabiiy-iqlimiy sharoitlarni hisobga oluvchi maxsus konstruksiyali avtomobillar, masalan, shimoliy (sovuq iqlim), janubiy (issiq iqlim), tropik iqlim va boshqa sharoitlariga moslangan bo‘ladi.
2. Avtomobillarni texnik jihatdan ishga tayyorgarlik koeffisiyenti ularning texnik holatiga ko‘ra ishga yaroqliligini, ya’ni nosoz emasligini belgilovchi kattalikdir. Ammo bunday avtomobillarni ekspluatatsiya qilishga zarur bo‘lgan ba’zi bir sabablarga ko‘ra ishlatila olmaslik holatlari amalda bo‘lib turadi. Masalan, yuqorida ta’kidlanganidek, haydovchilar, yonilg’i-moy materiallari, avtoshina, akkumulyator va shu kabilar yoki yo‘l holati va iqlimiy sharoitlar va h.k. Avtomobillarni ishga chiqa olmasliklari, odatda, rejalashtirilmaydi, chunki bunday holatlarga zarurat yo‘q, ammo ular avtobus saroylari va boshqa tashkilotlar ishi nuqsonlari natijasidir. Shuning uchun avtomobillardan foydalanishni rejalashtirishda va hisoblab borishda avtomobillar saroyidan foydalanish koeffisiyenti ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Bu koeffisiyent ekspluatatsiyadagi avtomobil-kunlar (AKe) yig’indisini avtomobil-kalendar kunlar (AKk) yig’indisiga nisbati bilan aniqlanadi. Avtomobil saroyidan foydalanish koeffisiyenti: a) bitta avtomobil uchun kalendar kunlardagisi: k ish ф К К   : Кish – avtomobilning ishga chiqish kunlari, kun; Кk – ko`rilayotgan davrdagi kalendar kunlar soni, kun. b) avtomobil saroyidagi barcha avtomobillar uchun bir kunlik: ro yhat ish ф A A '   Аish - ishga chiqqan avtobuslar soni, dona; Aro' yhat - ro`yxatdagi avtobuslar soni, dona. c) avtomobil saroyidagi barcha avtomobillar uchun kalendar kunlardagisi, r k r ish ф А К А К     bu yerda: Аr Кish  – ishgdagi avtomobil-kunlar soni, avto kun; Аr Кk  – ko`rilayotgan davrdagi jami avtomobil-kunlar soni, avt.kun. Avtobus saroylari avtomobillardan foydalanish koeffisiyentiga yana haftalik ish kunlari (5 yoki 6 kun) yoki hafta davomida to‘xtamasdan 7 kun ishlashlari (yo‘nalishda ishlovchi avtobuslar uchun) katta ta’sir ko‘rsatadi.
3. Ish kuni davomida avtobus ma’lum masofani bosib o‘tadi. Shahar yo‘nalishlarida ishlovchi avtobuslar shaharlararo yo‘nalishlarda ishlovchi avtobuslar va taksi avtomobillariga nisbatan kun davomida kamroq masofa bosib o‘tadilar. Avtomobillar tomonidan bajariladigan barcha qatnovlarni unumli va unumsiz qatnovlarga bo‘lish mumkin. Transport vositasining unumli qatnovi ish bajarish bilan bog’liq qatnovdan va unumsiz qatnov bo‘sh qatnovdan iborat bo‘ladi. Avtobuslarning unumsiz qatnov masofasi o‘z navbatida boshlang’ich va ish nihoyasidagi nolinchi qatnovdan hamda yo‘lovchilarni tashish bilan bog’liq unumli qatnovlardan iborat bo‘ladi. Nolinchi qatnov masofasi deyilganda, avtobus saroyidan to harakat boshlanadigan bekatgacha va so‘nggi ish tugash bekatidan avtobus saroyigacha bo‘lgan qatnov masofasi tushuniladi. k q y l  l  Z l 0 (2.6.11) bu yerda: 0 l – avtobusning nolinchi qatnov masofasi, km; k l – avtobusning kun davomida bosib o‘tgan masofasi, km; Zq – avtobusning yo‘nalishdagi qatnovlari soni; y l – avtobusning yo‘nalishdagi (bir) qatnov masofasi, km. Ma’lum vaqt birligi uchun kunlik masofa quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 01 02 L l Z l l к  y  q   (2.6.12) Umumiy holda avtotransport saroyi uchun bir avtomobilga to‘g’ri keluvchi o‘rtacha kunlik masofa, ma’lum vaqt birligi ichida barcha avtomobillar bosib o‘tgan umumiy masofani umumiy avtomobil-kunlar yig’indisiga nisbati orqali aniqlanadi. 50    i i i i к o r A K L K L ' (2.6.13) bu yerda: L – i-avtomobil bosib o‘tgan masofa, km; Ki – i-avtomobilning ish kunlari; Ai – i turdagi avtomobillar soni.
Download 21,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish