Muvaffaqiyatni – sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa – loqaydlik
va dangasalikda ko‘rdim.
Najmiddin Kubro
So‘zingizga vafo qiling, ishda qat’iyatli
bo‘ling.
Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq –
cho‘qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir.
Ezgulik uchun yaralgan yoki ezgulikdan
mutlaqo mosuvo insonni ko‘rmadim. Kimki
ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda
bo‘lur.
Kotfutsiy
Nuqul o‘tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin.
O‘z ildizini inkor qilgan daraxt
qurib qoladi.
Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand boʻlishi, baxtli
boʻlib izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi yoki zaif boʻlib xorlikka
tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, oʻzgalarga tobe va qul,
asir boʻlishi ularning oʻz ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʻliq.
Abdurauf Fitrat
Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi – odamlarning eng qo‘rqog‘idir.
Abu Ali ibn Sino
O‘ylash oson, harakat qilish qiyin. Ammo dunyodagi eng qiyin ish, bu – fikrga monand harakat qilishdir.
Iogann Volfgang Gyote
Do'stlaringiz bilan baham: |