lari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli
muammolarni qo‘ymoqda.
Bulardan eng muhimi tabiatni asrashdir.
Tabiat alohida bir
xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko‘z
ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi.
Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning
ifloslanishiga
yo‘1 qo‘ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik
muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib,
sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning
hal qilinishiga bog‘liqdir.
Bu esa odamlarning, xalqlar va millat-
larning m a’naviyatini yuksaltirish, tabiatga estetik munosabatini
shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosa
batda bolish tabiatga bolgan muhabbatdan boshlanadi.
Tabiat
uning o‘zini gavdalantiruvchi barcha san’at turlari uchun bitmas-
tuganmas shakllar manbayi bolib kelgan va shunday bolib qo-
ladi.
Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini
aniqlash, qonuniyatlarini o‘rgana borish, texnikaning taraqqiyo
ti inson qudratini oshirishi natijasida
tabiat ustidan hukmronlik
o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi.
XXI asrga kelib tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujud
ga kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, uning bir bolagi
ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibatda
insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi.
Hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biri ekologi-
ya
ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos
bolib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana
shu muammoning hal qilinishiga bogliqligi hammamizga ayon
haqiqat. Xalqimiz yaqin o‘tmishda boshidan o‘tkazgan totalitar,
m a’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand
munosabatda bolinib, tabiat boyliklaridan ochko‘zlarcha foy-
dalanishga zo‘r berilgan edi. 0 ‘sha davr bizga o‘simlik va hayvo-
not dunyosi genofondiga salbiy ta’sirni, biologik xilma-xillikning
qisqarishi, katta hajmdagi sanoat
va boshqa chiqindilarning
ko‘payishi, chollanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol
dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda yechilishi
344
zarur bo'lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammo
lar inson hamda uning
manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda,
sog‘lom va musaffo atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash
jarayoni amalga oshirilayotgan islohotlarning o‘zagini tashkil et
gan 0 ‘zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va
uni sog‘lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: