to‘la bo‘lgan estetik ifodasini komediyada topadi. Kulgililik—yuk-
sak taraqqiy etgan tanqidning ibtidosini o‘zida namoyon qiladi.
Kulgi — tanqidning estetik shaklidir. Kulgi tabiatiga ko‘ra tabaqa-
lanishga qarshi, mansab va amal oldida bo‘yin egmaydi. Kulgi
tengsizlik, zo'ravonlik, manmanlik, amalparastlik,
nodonlikning
barcha shakllariga qarshi kurashuvchi buyuk kuch sifatida maydon-
ga chiqadi. Abdulla Avloniyning «Hajviyot»idagi «Ko‘rning uzri»,
«Bir munofiq tilidan», «Bilimsiz oliftalarga», «Haqiqiy ma’nosi»,
«Dangasaman», «Soqovraport» kabi maqolalarida asrimiz boshida
xalqimiz ahvoli to‘g‘ridan to‘g‘ri kulgi ostiga olinadi.
Kulgining badiiy shakllari orasida
satira
alohida o‘ringa ega.
Umumnazariy ma’noda satira voqelikni badiiy tasvirlash turi
bolib, unda hayotning salbiy hodisalari ustidan kulish — bun
day hodisalar asosida yuksak insonning orzulariga zid ekanligini
bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadi yotadi. Satira har xil ko‘rinishlarda
namoyon bolishi mumkin.
Unga lirika ham, epos ham, drama
ham begona emas. Satira markazida doim hayotning salbiy vo-
qea-hodisalari joylashgan bolib, butun fosh qilish kuchi ularga
qarshi qaratilgan boladi. Shuning uchun komediya san’atiga xos
tanqidiylik, yo‘nalganlik satirada eng to la va eng aniq ifoda to
padi. Satirani asosan kulgi fosh etib qo‘yadi,
lekin kulgi bu jara-
yonda qahr-g‘azabdan ajralmagan holda namoyon boladi.
Hajviya — jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqi-
batlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq keli-
shini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin masxara, mazax kabi
kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bololmaydi.
Aksincha, ular
mohiyatan insonni qoralashga, uni xafa qilishga,
obro‘sizlantirishga qaratilgan boladi. Bu kulgining o‘ta ziddiyatli
va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishidir. Shu bois masxara fisq-u fasodning
muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so‘z bilan insonga
daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o'zganing us
tidan, jismoniy kamchiligidan kulish
masxaraning real voqelik-
dagi ko‘rinishlaridir.
Kulgililikning barcha shakllari ular qanchalik erkin namoyon
b o lish imkoniyatlariga ega b o lib borsalar, shunchalik ko‘p aha
miyat kasb etadi. Rivojlangan hazil tuyg'usi, hayotning kulgili
338
tomonlarini nozik ilg‘ab olish va fahmlash qobiliyati rivojlanib
borgan sari shaxsning m a’naviy-ruhiy sog‘lomligi hamda barka-
molligi yuksalib boraveradi.
Umuman olganda, estetikaning tushunchalari (kategoriyalari)
doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa,
bu jara-
yonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchilik vazifasini bajaradi.
Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, hunuklikda ham
go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas
Do'stlaringiz bilan baham: