A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Insonning go‘zalligi. 
Insondagi go‘zallik aksariyat hollarda 
uning xulqi, odobi, axloqi va fazilatlari bilan belgilab kelinadi. 
Estetik tafakkur tarixida inson go‘zalligi jism (tana) va ruhiyat 
masalalari bilan izohlangan. Bu boradagi fikr-mulohazalarning 
asosida insonning tashqi ko‘rinishi hamda axloqiy fazilatlariga 
bo‘lgan munosabat masalasi yotadi. Inson go‘zalligiga bu tariqa 
yondashuvning muayyan sabablari bor. Birinchidan, go‘zallikning 
inson shaklidagi ko‘rinishida yagona, mutlaq va tugal timsol
332


mavjud emas. Ikkinchidan, insonlarning go‘zallik haqidagi qa­
rashlari turlicha bo‘lib, ular vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi, 
ya’ni nisbiylik tabiatiga ega. Kishilarning go‘zallik haqidagi idea- 
li ana shu o‘zgarishlarning birlamchi sababidir. Odatda inson­
ning tashqi go‘zalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi
tashqi go‘zallik shaxsning chinakam «Men»ini namoyon qilishiga 
to ‘sqinlik qiluvchi, o‘tkinchi hodisa sifatida qaraladi. Ammo, in­
son go‘zalligiga nisbatan bunday yondashuv bahsli. Chunki, in­
sonning tashqi go‘zalligi muayyan holatlarda shaxsning o‘zigagina 
emas, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta ’sir ko‘rsatadi.
Insonning botiniy go‘zalligi uning odob, xulq va axloqiy 
fazilatlari bilan belgilanadi. Bu nafosat ilmida xulqiy go‘zallik 
deb ataladi. Inson xulqiy go‘zalligining takomillashuvida axloq 
falsafasining muhabbat va ezgulik kabi tushunchalari asosiy me- 
zon hisoblanadi.
Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. 
Ulug‘vorlik — 
insonning narsa-hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan 
yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluv­
chi ma’naviy hodisa. Ulug'vorlikning ko‘lami go'zaliik ko‘lami 
kabi cheksiz bo‘lib, o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buyuklikni 
mujassam etadi. Shuning uchun ulug‘vorlik muhokamasi yuk­
sak darajada madaniyatni talab qiladi. Ulug‘vorlik tabiat, jam i­
yat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan 
m a’naviy-axloqiy tushunchadir. Ulug‘vorlik belgisiga ega bo‘lgan 
barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan umumiylik — me’yoriy 
barkamollikdir.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish