sulotning tashqi
belgilarini qamrab oladi, shu bilan birgalikda
mahsulotni xaridor-iste’molchi nuqtayi nazarida ham, tayyorlab-
yetkazib beruvchi nuqtayi nazaridan bir butunlikka olib keluvchi
funksional va strukturaviy aloqadorligini ham o‘z ichiga oladi.
Dizayn amaliy san’at sohalarini sanoat olamiga ham tatbiq etib,
mahsulot shaklini faqat mantiqiy tuzilish,
maqsadga muvofiq
emas balki, hissiyotlarga ta’sir etishini ta ’minlaydi.
Dizayn bugun jamiyatning ilmiy-texnik va estetik darajasini
ham ko‘rsatadi. Bu biz kundalik amaliyotimizda qo‘llaydigan
mehnat qurollaridan tortib, uy jihozlari-yu, kommunikatsion
vositalar televizor, kompyuterlarda ham namoyon bo‘ladi.
Bugungi kunga kelib dizayn kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q.
Shaharsozlikdan tortib, xonadonimiz interer (ichki ko‘rinishi) va
ekstereri (tashqi ko‘rinishi), transportdan tortib, mehnat vosita-
larigacha, maishiy turmush
buyumlar olamidan tortib, liboslar,
daftar-kitobdan tortib, gazeta-jurnallargacha ularning ishtiro-
ki zaruriyatga aylanib qolgan. Dizayn so‘zining o‘zi inglizcha
chizish, loyihalash m a’nosini anglatadi. U inson moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol buyumlari olami-
ni uyg‘unlashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyatdir.
Mustaqillikdan so‘ng aholi turmush darajasining yuksalayot-
ganligi, estetik madaniyatning takomillashib borayotganini ku-
zatish mumkin. Bunda dizayn katta rol o‘ynamoqda.
Bugungi
dizayn moddiy ishlab chiqarish muhitini estetik qayta qurish,
uni xalqimiz manfaatlari va ehtiyojlariga mos keltirishga xizmat
qilmoqda.
Xalq amaliy san’ati va dizayn.
M a’lumki, mavjud barcha
san’at asarlari o‘z o‘quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga
o‘tkazadigan badiiy, estetik, ruhiy ta’siri orqali bilim beradi, tarbi-
yalaydi. Shu o‘rinda amaliy san’at turlarining xususiyatlari o‘ziga
xos bo‘lib, ularni boshqa hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi.
Ya’ni bunday san’at asarlari ayni chog‘da ham badiiy, ham amaliy
vazifalarini bajara olishi ularning ahamiyatini belgilaydi.
Shuning uchun xalq amaliy san’atiga e’tibor kuchayib bormoq
da. Mustaqillikdan so‘ng kandakorlik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik
kabi amaliy san’at turlariga e’tibor ortdi. «Xalq amaliy san’ati
352
va hunarmandchiligini kelgusidagi rivojini davlat tomonidan
qollab-quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon, « 0 ‘zbekiston
xalq ustasi» unvonining ta’sis etilishi,
sohaga oid xalqaro konfe-
rensiyalarning o‘tkazilishi bu jarayonda muhim ahamiyat kasb
etadi. Vazirlar Mahkamasining 2010—2020-yillarda nomoddiy
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish
va ulardan foydalanish masalasini Davlat dasturi ham o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ydi. Amaliy-bezak san’ati va hunarmandchilik
bozor iqtisodiga moslashib, uning tur va janrlari bozor iqtisodi
bilan bogiiq holda rivojlanmoqda. Shaxsiy
ustaxona va korxona-
lar tashkil etilmoqda. Mustaqillik yillari yog'och o‘ymakorligi,
uning maishiy va monumental turlarining keng rivojlanish davri
boldi. Mahobatli yog‘och o'ymakorligi keng rivoj topdi. Barpo
etilgan me’moriy majmualarda bu san’at o‘zining salmoqli o‘rnini
egalladi.
0 ‘zbekistonda muntazam o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarda ham
xalq amaliy san’atining bir qancha turlari namoyish etilmoq
da. Misgarlik, kashtado‘zlik, yog‘och kandakorligi buyumlari-
da qadim ustalarimiz an ’analarining zamonaviy uslublar bi
lan uyg‘unlashtirilgani turmush estetikasining yuksalishida
katta ahamiyat kasb etadi. Bu buyumlar xorijliklarning ham
e’tiborini tortmoqda. Bugun milliy hunarmandchiligimiz na
faqat 0 ‘zbekistonda balki jahonga
ham mashhur bolib bormoq-
da. Hindiston, Xitoy, Shuningdek, Yevropa mamlakatlarida xalq
amaliy san’ati ko‘rgazmalari tashkil qilinayotgani fikrimiz dalil-
lidir. Dizayner va ustalarimiz nafaqat respublikamizdagi zamo
naviy inshootlarda, balki chet ellarda masjid va madrasalar, islom
san’ati muzeylari interyerlarini bezashda muvaffaqiyatli faoliyat
olib bormoqdalar.
Samarqand, Buxoro, Xiva,
Shahrisabz, Termiz, Toshkent,
Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va xalq amaliy
san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol,
takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarning namunalari bolib,
xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyatining dur-
donalaridan bolgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.
Xalq amaliy san’ati kishilarning m a’naviy olamini boyitadi, ba-
353
— real hayot haqiqatini in’ikos
ettirish;
— jonli insoniy tafakkur va dunyoqarash manbayini yaratish;
— ongli dunyoqarashga asoslangan ijod erkinligini, mustaqil
fikrlash hamda zamon bilan hamnafaslik ruhini singdirish;
— yangilanayotgan hayot jarayonlariga yaqinlashish va uning
ilg‘or tomonlarini yoritish, ularni mazmunan boyitish;
— yangicha uslub va badiiy usullardan foydalanish, san’at
asarida shakliy go‘zallikka erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: