A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Maishiy turmush estetikasi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Maishiy turmush estetikasi. 
Turmush bu ijtimoiy hayot soha- 
siga oid tushuncha boiib, u inson, millat va xalqning yashash 
tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obyektiv reallik, moddiy, 
oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni saqlash, shuningdek
ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. U 
azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va asraydigan 
muhim makon bo‘lib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va 
ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko‘rsatish 
bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir.
Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, 
kattalarga hurmat, o‘zini tutish me’yorlari kabi tabiiy, sodda 
ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida namoyon bo‘ladi. Tur- 
mushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq bo'ladi, juda kam 
o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o‘zi bilan 
oilasiga olib o‘tadi va uning abadiyligini ta’minlaydi. Turmush 
estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tar­
biya bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, moddiy va badiiy madaniyatni 
integratsiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan biridir.
Turmush estetikasi insonni voqelikka estetik munosabatini 
namoyon etadigan sohalardan bo'lib, u bevosita tashqi ko‘rinishi, 
kiyinish va muomala madaniyati, narsa va buyumlarga, turar 
joylariga munosabatini aks ettiradi. 0 ‘z o‘rnida insonni o‘rab 
turgan narsa va buyumlar olamining go‘zalligi inson hayotining 
uyg‘unligini ta’minlaydi va uni estetik tarbiyalaydi. Turar joyi, 
tashqi ko‘rinishi, kiyim ko‘rkamligi orqali inson yashayotgan, 
mansub bo‘lgan jamiyat haqida estetik tasavvur olish mumkin. Va 
aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat 
pastligidan dalolat beradi.
Turmush estetikasining insonni o‘rab turgan narsa va buyum­
lar, turar joylariga munosabatini o‘z ichiga oladi. Insonning 
dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastavval turmushda shakl- 
lanib boradi. Bunda m a’lum bir xalqning tarixi, mentaliteti,
346


aw aldan shakllanib kelgan turmush tarzi m uhim o‘rin tuta­
di. Kiyinishidan tortib, oilaviy an’analar, oilaviy makongacha 
bo‘lgan hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik 
va ulugVorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga 
o‘ziga xos munosabatlari namoyon boladi va bu pirovard natijada 
turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi is- 
lohotlar, bolalar uchun sport maktablari, m adaniyat saroylari va 
barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hu- 
nar o‘rganish bilan bogiiq to‘garaklar aholi turm ush estetikasiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining turm ush sha- 
roitini yaxshilash, hayotdan rozi b olib yashashiga erishish bu­
gungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi m uhim ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Kolumbiya universiteti 
sotsiologlari tomondan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar o‘tkazilib, 
shu asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happi­
ness index») yangi reytingi e’lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati 
shundaki, ushbu ro‘yxatda 0 ‘zbekiston 158 mamlakat orasida 
44-pog‘onada, Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar orasida 
birinchi o‘rinda qayd etildi»1.
Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch nar- 
saga e’tibor berishni taqozo qiladi. Bular — inson hayot kechira- 
digan rang-barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan 
muloqotda o‘zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosa- 
batlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari. 
Bulardan birinchisi bevosita dizayn bilan bogiiq.
Turmush estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan 
narsa va buyumlar yaratish va unga bolgan munosabatida aks 
etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog‘och, tosh va 
tabiatning boshqa predmetlaridan o‘ziga xos mo‘jizalar yaratgan- 
ligi ma’lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib 
turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish