A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi y o ‘lida xizmat



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

1 Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi y o ‘lida xizmat
qilish - eng oliy saodatdir. - Т.: 0 ‘zbekiston. 2015. -12 b.
347


Inson turmush estetikasining muhim tarkibiy qismlaridan biri 
insonning kiyinishi bilan bogliq bo‘lib bu modaga borib taqa- 
ladi. M a’lumki, moda deganda tashqi madaniyat shakllarining 
vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turishini tushu- 
namiz. Bunday takrorlanishlar va o‘zgarishlar iqtisodiy, m a’naviy, 
axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo‘ladi. Modani 
asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ish­
lab chiqarishda ham, siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham
hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik me- 
zon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga 
nim a kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. 
Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib, do­
imiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni 
taklif etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o'ziga 
xosliklarini zamon ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu 
jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek, o‘zgaruvchanlik tabi- 
atiga ega.
Inson qaddi-qomatiga estetik ko‘rinish berishi bilan ham es­
tetik taassurot qoldira oladi. Inson chehrasi va tanasining tabiiy 
tuzilishiga oid ba’zi nuqsonlarni kosmetika, jismoniy tarbiya va 
tibbiyotning ayrim sohalari yordamida «tartib»ga keltirish mum­
kin. Biroq bu yerda me’yor asosiy mezon hamda ijtimoiy ong 
darajasi bilan bevosita boglangan bo‘lishi lozim. Bugungi kun­
da estetik jarrohlik insonga «kosmetik bezak» bermoqda, «chi- 
roy» baxsh etmoqda, o‘ziga ishonchni orttirmoqda. Ammo, qalb 
go‘zalligi insoniy go‘zallikning asosi bo‘lishi lozim. Shu bois tur­
mush estetikasi shaxs badiiy-estetik madaniyatini shakllantirish- 
da asosiy ijtimoiy manba va omil bo‘lib xizmat qiladi.
Inson faoliyatining barcha shakl va mahsulotlariga estetik sa- 
lohiyat xos bo‘lganligi bois turmush uning estetik gavdalanishini 
mazmundor qiladi va rang-baranglashtiradi. Bu o‘rinda dizayn- 
ning turmush estetikasiga ta’sirini alohida ta’kidlash joiz. Shu 
m a’noda insonni qurshagan predmet va narsalar muhiti uyg‘unlik, 
shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda zavq, ko‘tarinki 
kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg‘otishi; insonga o‘z ha- 
yotidan mamnunlik uyg‘otishi, ruhiy muammolar yechimini hal
348


etishda yordam berishi mumkin. Binobarin, me’morlar, amaliy 
san’at namoyandalari, dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik 
qulayliklarni nafaqat moddiy balki insonning ma’naviy ehtiyojla- 
rini qondirish maqsadida yaratadi.
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, in- 
teryerning tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish 
joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal etishda zamo- 
naviy ilm-fan bilan bog‘ Iiq bo‘lib yangi texnik va texnologik ish- 
lanmalar, dizaynga tayanadi. Narsa va buyumlarni qulay, shinam 
joylashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish kundalik hayotimiz 
yuqori turmush madaniyatiga daxldor bo‘lib bormoqda va ijti­
moiy hayot markazida turibdi.
M amlakatimizda yoshlarning mehnat va estetik tarbiyasiga 
katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘cha, mahalla va turar joylarni 
bezashda maktab, litsey va kollej talabalari qatnashmoqda. Shu 
orqali yoshlarning voqelikka estetik munosabatini shakllan- 
tirishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, «Barkamol avlod» 
bolalar markazlarida o‘lkashunoslik va ekologiya, dizaynerlik 
to‘garaklarining mavjudligi bolalarda dizaynerlik qobiliyatining 
shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning 
dizaynga oid bilim va ijodiy tafakkuri boyib bormoqda, dizayner­
lik kasbining dastlabki ko‘nikmalari shakllanmoqda.
Allomalarning insonda ham m a narsa go‘zal bo‘lishi kerak, 
degan ta ’rifi shu o‘rinda o‘z m a’nosini ko‘rsatadi. Kiyim-ke- 
chak, libos, narsa va buyumlar nafaqat moddiy, shu bilan birga
badiiy-estetik ahamiyatga ham ega predmetlar majmuyi bo‘lib, 
insonning tashqi qiyofasi, didi, o‘ziga bahosi, ixtisosligi, ijtimoiy 
mavqeini ham gavdalantiradi, bugina emas, tashkiliy va ruhiy 
vaziyatni ham ifodalaydi. Va nihoyat, kiyim-kechak, libosning 
yarashiqli, narsa, predmetlarning ko‘rkamligi kishilarda muay­
yan estetik m am nunlik va xushnudlik uyg‘otishini ta’kidlash 
lozim.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish