A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Hayotning ma’nosi. 
Inson nim a uchun yashaydi? Yashashdan 
maqsad nima? Inson hayotining m a’nosi nimada? Har bir inson 
o‘z um ri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va 
hayotining m a’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u ax- 
loqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.
Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashash­
dan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari 
ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas,
281


Chunki hayotning ma’nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli 
tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, 
aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu 
bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, 
uning hayotini «ma’nosiz» deb bolmaydi.
Ba’zan hayot «ma’nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishi- 
dagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yi- 
roq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi 
— «hayot egasi»ning bunday tabiati jamiyat erishgan axloqiy da- 
raja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti ma’nosini qanday 
yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda deb 
tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning 
haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, mar- 
tabaga erishishni o‘z oldiga hayotiy maqsad qilib qo‘yadi, faqat 
«yulsam» deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin 
o'zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan 
ishi bo‘lmaydi, faqat «o'z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi. Yana 
bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma’nosini eng yuksak 
qadriyatlar bilan bog‘laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, 
go‘zallik oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozona- 
dilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha um r kechiradi- 
lar. Hayotining ma’nosini o‘zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi 
umr»da ko‘radilar.
Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy- 
ma’naviy guruhning biriga, ta’bir joiz bo‘lsa, shartli ravishda 
dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub.
Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. 
Bu guruh hayotning m a’nosini xudoni topishda, unga yetishish- 
da deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali 
emas, balki muhabbat vositasida ham xudoga murojaat qiladilar.
Ma’lum bo‘lyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda har ikki 
ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin 
ular bir masalada yakdil: ular hayotning ma’nosi o‘z manfaat- 
larini o‘zgalar manfaati bilan bog‘lab, oliy qadriyatlar va yuksak 
aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga 
binoan um r kechiradilar.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish