A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

282


Baxt. 
Hayotning m a’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt 
atamasini ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olin­
gan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti 
ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mo- 
baynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. H ar bir insonda 
qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina 
ro‘y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom 
etadi. Shu m a’noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt — 
har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», 
— deganida ko‘p jihatdan haq edi.
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unut- 
maslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Laz­
zat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon 
etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi 
ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy 
lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va laz- 
zatlanib yeya boshlaysiz, lekin biroz muddat o‘tgach, to‘yasiz, 
boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. 
Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin- 
ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir 
um r to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli si­
fatida ko‘zga tashlansada, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning 
intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir inti- 
lishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurash- 
ni taqozo etadi.
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to ‘g‘risida to‘xtalib 
o‘tish lozim. Omad ham lazzatga o‘xshash oniylik tabiatiga ega. 
Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo‘q: 
odamga omad hayoti mobaynida kamdan-kam kulib boqadi. 
Omadning ana shu jihati haqida qrim -tatarlarning qadimgi 
asotiri bor. Unga ko‘ra, omad m a’buda ekan, kunlardan birida 
uning o‘g‘li yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi-yu, 
qaytib chiqmabdi. Shu-shu omad yerga tushib, hanuz bolasini 
qidirarmish. M a’budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi ustida bit- 
tagina ko‘zi bor ekan. Shu bois u to ‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib
283


olib, o‘g‘lim m ikan deb, balandga ko‘tarib, ko‘ziga olib borib qa- 
rarkan va o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falak- 
dan pastga qaratib itqitib yuborarkan. Omad o‘z qo‘liga tush- 
ganlarning hammasiga shunday munosabatda bo‘lar ekan.
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati 
juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir umr omadli odam 
yo‘q, omad — tasodif, baxt — zaruriyat; omad — istisnoli, baxt 
— qonuniy hodisa. Omad - shaxsning bir zumlik holatini aks et­
tiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir 
um r mobaynidagi amaliy javobdir.
Axloqiy tamoyillar ham inson va jamiyat hayotida muhim aha­
miyat kasb etadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan 
talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini
uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi 
asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti- 
harakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina ax­
loqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish