Qurilish fakulteti 6-20 guruh SHQ va X yo’nalishi talabalari Qo’ldashev N ,Yunusov A, Oimova O larning “O’zbek tilini sohada qo’llanilishi” fanidan taqdimoti Nutq va abadiy meyor .Og’zaki nutq uslubining xususiyatlari.Meyor tushunchasi - Nutq va abadiy meyor.
- Og’zaki nutq uslubining xususiyatlari.
- Meyor tushunchasi.
NUTQ VA ADABIY ME’YORLAR - Nutq nafaqat lingvistik, balki psixologik va estetik hodisa hamdir. Bu narsa ma’lum bir fikrning tinglovchiga toʻlaqonli etib borishi, unga oʻz ta’sirini oʻtkazishi bilan belgilanadi. Nutq soʻzlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi koʻrinishidir. Nutq amalga oshirilishi uchun vaqt, joy, mavzu, umuman, shart-sharoit boʻlishi lozim. Nutqning kommunikativ, ya’ni aloqaviy sifati quyidagi mezonlarga bevosita bogʻliq boʻladi: nutqning to‘gʻriligi, nutqning aniqligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning ifodaliligi.
Nutqning to‘gʻriligi - bu bosh kommunikativ sifatdir. Adabiy tilning fonetik, orfoepik, leksik va grammatik me’yorlari talablariga toʻla mos keladigan nutqqa to‘gʻri nutq deyiladi. To‘gʻri nutq soʻzlovchi bilan tinglovchini, yozuvchi bilan kitobxonni bir-birlarini tez va oson tushunishlariga, til topa olishlariga yordam beradi. To‘gʻri nutq nutq madaniyatining birinchi va zaruriy sharti boʻlib, adabiy til normalariga muvofiq kelishi lozim. Nutqning to‘gʻriligi til birliklarini to‘gʻri va ifodali talaffuz qilish, soʻz va mantiqiy urgʻu, ohang hamda pauzaga e’tibor qilish orqali belgilanadi. Nutqning mantiqiyligi oʻqituvchining faoliyatida ham muhim oʻrin tutadi. Oʻqituvchi mantiqiy nutq egasi boʻlishi uchun unga faqatgina tilni yaxshi bilish emas, balki keng bilim doirasi, tafakkur qobiliyati ham zarur boʻladi. Dars o‘tayotgan oʻqituvchi oʻz mavzusini chuqur bilishi, shu mavzu yuzasidan keng va atroflicha fikr yurita olishi talab etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, oʻqituvchi-pedagog darsni muqaddas bilib, mantiqiy soʽzlashi, mantiqiy fikrlashi, umuman, sogʻlom nutq va fikr egasi sifatida oʻz oʻquvchilari qalbidan chuqur joy egallamogʻi kerak. - Nutqning mantiqiyligi oʻqituvchining faoliyatida ham muhim oʻrin tutadi. Oʻqituvchi mantiqiy nutq egasi boʻlishi uchun unga faqatgina tilni yaxshi bilish emas, balki keng bilim doirasi, tafakkur qobiliyati ham zarur boʻladi. Dars o‘tayotgan oʻqituvchi oʻz mavzusini chuqur bilishi, shu mavzu yuzasidan keng va atroflicha fikr yurita olishi talab etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, oʻqituvchi-pedagog darsni muqaddas bilib, mantiqiy soʽzlashi, mantiqiy fikrlashi, umuman, sogʻlom nutq va fikr egasi sifatida oʻz oʻquvchilari qalbidan chuqur joy egallamogʻi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |