1 mavzu. Yuksak o‘simliklarning umumiy tavsifi. Riniyatoifalar bo‘limi. Reja



Download 30,37 Kb.
Sana29.11.2022
Hajmi30,37 Kb.
#874282

1 - mavzu. Yuksak o‘simliklarning umumiy tavsifi. Riniyatoifalar bo‘limi.
Reja
1. Yuksak o‘simliklar sistematikasining mazmuni va moxiyati
2.Taksonomik birliklar va yuksak o‘simliklar klassifikatsiyasi
3. Riniyatoifalar. Umumiy tavsifi. Morfologik tuzilishining o‘ziga xosligi.
4. Eng kadimgi va sodda tuzilishga ega bulgan vakillari. Hozirgi vaqtda faqat qazilma qolda uchraydigan yuksak o‘simliklar.
5. Riniyasimonlarning (kuksoniya, riniya, psilofitlar. va boshkalar), kelib chikishi.
Tayanch atamalar: Yuksak o‘simliklar sistematikasining mazmuni va moxiyati. Taksonomik birliklar va yuksak o‘simliklar klassifikatsiyasi. Riniyatoifalar.. Umumiy tavsifi. Morfologik tuzilishining o‘ziga xosligi. Eng kadimgi va sodda tuzilishga ega bulgan vakillari. Hozirgi vaqtda faqat qazilma qolda uchraydigan yuksak o‘simliklar. Riniyasimonlarning (kuksoniya, riniya, psilofitlar. va boshkalar), kelib chikishi.
Organizmlarning kelib chiqishini evolyusion va ularning o‘zaro munosabatlarini tushuntirishda sistematika biologiya fanining asriy tarmoklaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bir gurux biologik olimlar sistematika- bu xilma-xil yoki har xil organizmlardan tashqil topgan fandir, deb kursatadi.
Xakikatdan ham, olam va undagi mavjud narsalar bir xil kelib chikishga va tuzilishi ham bir xil bulganda sistematikaga xojat bulmagan bular edi.
Ammo, olam va undagi mavjudotlarning kelib chiqishida hamda ularda xilma-xillik mavjuddir.
Adabiyotlarning ma’lumotiga ko‘ra, еr sharida 1 mln. tur hayvonlar (hozirgi kunda esa bu ko‘rsatkich 2 mln.dan ortik deb kursatilyapti), O‘simliklar 350ming tur (hozirgi kunda botaniklarning fikricha bu ko‘rsatkich 0,5 mln.) deb kursatilmokda. Bularni o‘rganish va ularni ma’lum bir sistemaga solish biologiya fani oldidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni asosiy maksad anik maksadli florogenetik klassifikatsiya sistematikasini yaratishdir.
O‘simliklar sistematikasi botanikaning eng muxim va katta bir qismi bo‘lib, unda O‘simliklar dunyosining kelib chiqishi, bir-biri bilan qarindoshlik darajasi, o‘zaro munosabati va tarixiy rivojlanishiga qarab klassifikatsiya kilinadi. Shunday kilib, O‘simliklar sistematikasi filogenetik sistema yaratish borasida ish olib boradi, O‘simlik turlarini xisobga oladi, ya’ni ularning ruyxatini tuzadi va harakterli belgilarini tasvirlaydi hamda taksonlarga: turkum, oila, tartiblarga ajratadi.
Tarixi. Mashxur grek faylasufi va tabiatshunos olim Aristotel (eramizdan avvalgi 384 – 322 yil) o‘simliklarni o‘rganish va ularni ko‘paytirish bilan ham mashg‘ul bulgan. U o‘simliklar tugrisidagi barcha ma’lumotlarni tuplab, yuzdan ortik o‘simlik turlarini ta’riflab berdi.

Uning shogirdi Teofrast (eramizdan avvalgi 371-286 y.) o‘simliklar to‘g‘risida ma’lumotlarni yigib, uz klassifikatsiyasini yaratdi.


O‘simliklar xakida, xususan ularning shifobaxsh xususiyatlari tugrisida O‘rta Osiyoda yashagan va jaxon faniga juda katta xissa kushgan buyuk mutafakkir olim Abu Ali Ibn Sinoning (980-1037) dastlab 1020- yilda nashr etilgan «Alkonun fit tib» ya’ni «Meditsina konuni» nomli besh tomli asari fanning taraqqiy etishiga turtki buldi. Bu kitobning ikkinchi qismi dori-darmon sifatida kullanadigan o‘simlik, xayvon va mineral moddalarga bagishlanadi. 400 dan ortikrok dorivor O‘simliklar ta’riflanadi.
XVI – XVII asr tasviriy botanikaning gullagan davri buldi, O‘simliklar fondi 6 mingga еtdi. O‘simliklarga oid juda kup xilma-xil materiallar tuplandi va bu materiallarni ma’lum sistemaga solish va ularni klassifikatsiya kilish barcha botaniklar zimmasiga tushgan muxim vazifalardan biri edi.
Shunday olimlardan biri K. Linney (1707-1778) ning asarlari sistematikani tez rivojlanishiga katta ta’sir kursatdi. Sistematika soxasidagi dastlabki ma’lumotlari 1735 yil «Tabiatning sistematikasi» asarida bayon etilgan.
«O‘simlik turlari» asarida Linney sistematikaga:
1) tur ong maxsuloti bo‘lib, u tabiatdagi ob’ektiv xodisa ekanligini;
2) tur tirik tabiatning asosiy yashash formasi, uning real va boshlangich elementar birligi ekanligini belgilashni;
3) O‘simliklarni tasvir etish texnikasini aniklashni;
4) sistematikaga binar nomenklaturani, ya’ni O‘simlik nomlarini ikki suz bilan, ya’ni avlod va tur nomlarini kushib birga atashni;
5) amalda foydalanishga qulay bulgan mavjud O‘simliklarni guruxlarga ajratishni kiritib, sun’iy sistemani yaratdi.
1859 yilda ingliz olimi Ch. Darvinning (1803-1882) «Tabiiy tanlanish yuli bilan turlaning paydo bo‘lishi» degan asarining chop etilishi biologiya fanida katta ijobiy vokelikka sababchi buldi. Shundan keyin sistematikaninng uchinchi davri filogenetik sistematika davri boshlandi.
Filogenetik sistemaning vazifasi - o‘simliklarning rivojlanish, taraqqiyoti, kelib chiqishi, kup sonli o‘simlik vakillarining o‘zaro o‘xshashlik, qarindoshlik munosabatlarini ifodalaydigan evolyusion geneologiya sistemasini yaratishdan iboratdir.
Sovet botanigi akademik A. A. Grossgeymning (1888-1948) sistemasi dikkatga sazovordir. U yangi va progressiv sistema bo‘lib, shajara daraxti sistematikasining shox-shabbalari kolleksiyasi bo‘yicha qarab emas, kundalangiga, yassi, tekis shaklda tasvirlarda bo‘lib, u tabiiy sistematika deb nom oldi.
Grossgeym sistemasi ilgor ideali, progressiv sistema bo‘lishiga qaramay, hozirgacha u filogenetik sistemaning dastlabki rejim shaklida edi.
Sankt-Peterburg universiteti professori, morfolog, sistematik va poleobotanik A. L. Taxtajyan hozirgi zamon fan yutuklariga asoslanib O‘simliklar sistematikasini yaratdi. Kaysiki bu «Jizn rasteniy» 6 tomlik asarida tulik ifodalangan.
Sistematika fanining metodik negizi dialektik materializm ilmiy dunyokarash bo‘lishi bilan birga, tabiatni o‘rganishning muxim ilmiy metodi hamdir.
Hozirgi sistematikada asosan quyidagi uslublar keng qo‘llaniladi:
1) solishtirma morfologiya
2) anatomiya
3) embriologiya
4) paleontologiya
5) geografiya
6) ekologiya
7) bioximiyaviy
8) eksperimental
Tur – species asosiy taksonomik kategoriya, nafakat sistematikada, umuman biologiyada har bir tur ma’lum bir avlodga mansub bo‘ladi.
Avlod – bir.genus, kup.genera. Avlod uz ichiga bir necha turli turlarni olsa, unda u kenja avlodga va bulimga bulinadi.
Avlod kategoriyasi boshka kategoriyalardan yuqori bo‘lib, hamma turlar nomiga kushilib yoziladi va aytiladi. Masalan: Triticum castivum – yumshok bugdoy. Avlodlar oilalarni tashqil etadi.
Oila – bir.familia, kup.familiae.
Masalan, otkulokdoshlar oilasi – Polygonaceae.
Navbatdagi kategoriya bu – sinfdir.
Sinf – classis, kup.classes. Yuksak O‘simliklarda – opsida, suvutlarda – phyceae, zamburuglarda esa – mycetes suffikslari kushib aytiladi.
Masalan, moxnamolar – Bryopsida.
Sinflar birlashib bulimlarni tashqil etadi – Divisionis.
Bulimlarni nomlashda masalan, suvutlari va yuksak O‘simliklar – rhyta, zamburuglarda-mycota kabi suzlar bilan tugaydi.
Yuksak O‘simliklar ham suvutlardan kelib chikkan, ammo kaysidan kelib chikkanligi anik emas. Bir gurux olimlar ko‘ngir suvutlaridan desa, yana bir gurux olimlar yashil suvutlaridan deb karagan.
Yuksak O‘simliklar klassifikatsiyasida nemis olimi Engler sistemasi berilgan. U turt bulimga:
moxsimonlar,
paporotniklar,
ochik va
yopik uruglilarga bulinadi.
Hozirgi klassifikatsiya Taxtajyan sistemasiga asoslanib 8 ta bulimga bulinadi:
1. Riniofitsimonlar – Riniophyta.
2. Psilofitsimonlar – Zosterophyllophyta.
3. Plaunsimonlar – Lycopodiophyta.
4. Moxsimonlar –Bryophyta.
5. Kirkbugimsimonlar – Eguisetophyta.bo‘lsa
6. Kirkkuloksimonlar (paporotniksimonlar) – Rolypodiophyta.
7. Ochik uruglilar – Pinophyta yoki Gymnospermae.
8. Magnoliyasimonlar(gulli yoki yopik uruglilar) –Magnoliophyta.
Bu bulimlar usha bulim vakilining bittasini nomi bilan atalgan. A.Engler bo‘yicha 304 oila bo‘lsa, hozirgi kunda A.L.Taxtajyan bo‘yicha 504 tani tashqil etadi. Ancha tulik, batafsil ishlangan va hamma tan olgan sistema A.L.Taxtajyan sistemasi bo‘lib, unda avtor gulli O‘simliklardagi filogenetik boglanishni aniklash uchun moxiyatga ega bulgan biologiya fani soxasidagi barcha yutuklarni inobatga olgan. Uning sistemasida ilgari kurib chikilgan yopik urugli taksonlar o‘rta sidagi genetik boglanish tugrisidagi muxim tuzatmalar kiritilgan. Oxirgi varianti (1987y) 11ta kenja sinf, bundan ikki pallalilar – 7ta kenja sinfga, bir pallalilar – 4ta kenja sinfga bulingan.
Taxtadjyanning fikricha, gulli O‘simliklardan eng oddiyi – Magnoliadae kenja sinfi, Magnoliales qabilasi. Kolgan barcha guruxlar shu kenja sinfning turli shoxlaridan boshlanadi.
Bu sistema kupgina zamonaviy fanlar ma’lumotlarini sintezlab, uning asosida «Jizn rasteniy» (1974-1982) degan kup tomli asar yozildi. Kupgina kitoblarida sistema keltirilib, eng axborotli va zamonaviy sistema oxirgi nashr Britaniya ensiklopediyasida keltirilgan.
Bunday kup sonli filogenetik sistemalar zamonaviy fanlarning rivojlanishi, izlanishlarning chukurlashtirilganligi bilan tushuntiri-ladi. Yangi ma’lumotlarning kengayishi va tuplanishi, yangi O‘simlik formalarining topilishi, ob’ektlarni batafsil o‘rganish, yangi zamonaviy axborot manbalaridan foydalanish va xokazolar bo‘yicha filogenetik sistema kayta va kayta kurilishi, O‘simliklar genealogiyasi xakikatga muvofik kelishi kerak.
Sistematikaning ahamiyati. Yakin davrgacha botanikaning bu qismiga, ya’ni sistematikaga kolok fanlardan biri deb qarab kelinardi. Sababi bu olingan materiallarni tasvirlash, aniklash va u muzey kolleksiyasi sifatida saklanadi, deb karalar edi. Hozirgi zamon sistematikasi materiallarini tasvirlash va ularni kattalashtirish bo‘lib kolmasdan boshka fanlar bilan birga: evolyusion morfologiya, sitologiya, genetika, biokimyo, ekologiya, biogeografiya va olingan materiallar matematik ishlab, ya’ni ma’lumotlarni olish va ularni avtomatlashtirish katta ahamiyatga ega. Bu esa taksonlar darajasida, ya’ni turdan to O‘simlik olamigacha bulgan ma’lumotlarni olishga va ularni umumlashtirishga asosiy yullanma bo‘ladi.
RINIOFITSIMONLAR-RHYNIOPHYTA BULIMI.
Rinofitalar yuksak O‘simliklar shajarasining asosiy tashqil etuvchi eng asosiy O‘simliklaridir. Ularning vakillari selur davrining oxirlari va devon davrining boshlarida, ya’ni bundan 415 mln. yillar oldin quruqlikda paydo bulgan. Hozir esa fakat kazilma xolida uchraydi. Kanadalik biolog Djeyms Doson 1859 yilda Kanadaning Chaeps yarim orolidan devon davrining katlamlaridan yuksak O‘simliklarning eng primitiv koldiklarini topadi. Topilgan O‘simlikning poyasi dixotomik shoxlangan bo‘lib, Biroq barglarga ega bulmaydi. Dixotomik shoxlarning uchlarida esa sporangiyalar bulgan. Sporangiyalar bulgan u paytda xali еr osti organlari anik bulmagan. Doson topgan usimligiga Psilophyta rinceps deb nom berdi. Bu O‘simlik usha davrda fanda ma’lum bulgan O‘simliklardan keskin farq kilgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u usha davrdagi mavjud bulgan O‘simliklar klassifikatsiya sistematikasidan urin topa olmagan.
1912 yilning kuzida Shotlandiyaning Rayni kishlogi yonidan geologiyaga kizikuvchi U. Makki degan vrach kremniyli toshlardan tashqil topgan jinslarning tarkibida O‘simlik koldiklari yaxshi saklanganligini aniklaydi. Makki uzining tuplagan materialini o‘rganish uchun Shotlandiyaning mashxur botanigi R. Kidstonga beradi.
1915 yilda Kidston professor U. Lang bilan birgalikda o‘rganishga kirishib, usha material asosida beshta ilmiy ish nashr etadilar. Topilgan O‘simlik Rayni kishlogidan topilgani uchun o‘nga Rhynia deb nom beradilar. Bu O‘simlik tashqi kurinishi oldinrok topilgan Psilophytalarga o‘xshash bulgani uchun uni Psilophytales deb ataluvchi qabila tuzib, ikkinchi qabilaga kiritadilar.
Keyinchalik Rhynia lar aloxida qabila sifatida ajratilib olingan.
1937 yilda professor Lang kuksoniya-Cooksonia deb ataluvchi yangi turkumni aniklaydi. Hozirgi vaktda bu bulimning vakillari deyarli hamma materiklarda topilgan va 20 dan ziyodrok turkumni tashqil etadi. Shuning uchun bu bulimni o‘rganishga asos solgan Doson, Kidston va Langlar hisoblanadilar.
Riniofitsimonlarning kupchiligi sodda tuzilishi jihatidan suvutlarini tashqi tuzilishiga juda o‘xshash bulgan. Tanasi xakikiy poya, barglarga ajralmagan, ildizi ham bulmagan. Ularning еr ustki organi uchki qismi ayrisimon bulgan va bu kism telom (gr. Telos-uchki) deyiladi. Yer ostida esa ildizpoyaga o‘xshash organlari bo‘lib, u rizoid (gr. Rhizoma-ildizpoya) deb ataladi. Rizoid ildizpoyaning aksi bo‘lib, xakikiy ildizpoyadan farq qiladi. Chunki xakikiy ildizpoya novdaning ikkilamchi uzgarishidan hosil bulgan. Rizoid esa birlamchi hisoblanadi. Undagi rizoidlarni esa ildiz tukchalarining prototipi deyish mumkin. Telom va rizoid oraligidagi o‘rta kism mezoma (gr. Mesos-o‘rta ) deyiladi.
Shunday kilib, riniofitsimonlarning sporofiti telom, mezom va rizoid deb ataluvchi birlamchi konstruktiv elementlardan tashqil topgan.
Ularning sporalarini tuzilishi primitiv xolatda bulgan utkazuvchi sistemasi zaif taraqqiy etgan bo‘lib, tirik protostol xolatda ksilema markazida joylashgan bo‘lib, xalkasimon, spiralsimon, ba’zan norvonsimon traxeyalarga ega bulgan. Biroq xali mexanik tukimalari rivojlanmagan. Oz mikdorda sodda tuzilishli labchalari bulgan.
Riniofitlarning jinsiy kupayishida telomining uchki qismida sporangiyalar taraqqiy etgan. Sporangiyalar sharsimon, uzunchoq, silindrsimon shakllarda bo‘lib, uzunligi 1 mm dan to 12 mm gacha bulgan. Riniyasimonlar sporangiyalari oddiy stril novdalarida deyarli farq kilmaydi. Bu xol sporangiyalarning uchki novdalarining shakl uzgarishidan kelib chikkanligidan dalolat beradi. Sporangiyalarda sporalar taraqqiy etgan. Biroq riniofitlarning gametofiti xakida xali еtarli ma’lumot yuk.
Riniofitlar sernam joylarda, suv xavzalari atrofida, dengiz kirgoklaridagi kichik suvli joylarda, botkokliklarda usgan.
Bu bulim riniopsida – Rhyniopsida deb ataluvchi bitta sinf hamda Rhynioles va Psilophytales deb ataluvchi ikkita qabilaga bulinadi:
1. Riniyanamolar – Rhynioles qabilasi. Bu qabilaga tipik dixotomik shakllanuvchi o‘simliklar kiradi. Ularning poyasi tuksiz bulgan. Ksilema kavati poyaning markazida joylashgan. Sporangiyalari uznchoq va sharsimon bulgan va sporalari еtilgandan so‘ng sporangiyalar bo‘yicha ochilib sporalar to‘kiladi yoki chikadi.
Bu qabilaning eng qadimgi vakili – Cooksonia hisoblanadi. Ularning koldiklari keyinchalik Angliyadan tashkari sobik SSSR da (markaziy Kozogiston va Garbiy Sibirda), Chexoslovakiyada, AKShda topilgan.
Ular botkoklik joylarda kalin utlokzorlarni hosil kilganlar. Bular orasida eng yirigi Rhynia major turi bulgan. Uning balandligi 50 sm, poyasining diametri 5 mm gacha bulgan.
2. Psilofitnamolar – Psilophytales qabilasi. Psilofitnamolar vakillari evolyusiya protsessida biroz uzgara boshlagan. Biroq ular riniyalarning eng qadimgi vakillaridan kelib chikkan.
Bu turkum vakillari garbiy Yevropa, Ural, Garbiy Sibir, Sharkiy Kozogiston, Xitoy va Shimoliy Amerikadan topilgan.
Psilofitlar ham botkokliklarda usuvchi O‘simlik bo‘lib, riniyalarga nisbatan bir necha bor baland buyli bulgan. Ularning poyasi soxta monopodial tipda shoxlangan bulgan va poyasining yugonligi 5 mm ba’zilarida esa 9 mm gacha bulgan. Bularda ham ksilema markazda joylashgan. Sporangiyalar esa shoxchalarini uchida joylashgan. Sporangiyali novdalari dixotomik shoxlangan bo‘lib, pastga egilgan xolda bulgan.
Psilofitlardan tashkari bu oilaga pertika – Pertica, trimerofit – Trimerophyta turkumlari ham kiradi.
Bu bulim hozirgi paytda kayta urganilib chikib, sporoginita, asteroksilon, psevdosporoxnus turkumlariga ajratilib, birinchi turkum moxsimonlarga, ikkinchisi plaunsimonlarga, uchinchisi esa qadimgi paporotniksimonlarga kiritilgan.
Bu bulimni o‘rganishdan maksad nima?
Bu bulim vakillarini o‘rganish yuksak O‘simliklarning evolyusion morfologiyasini ayniksa, filogenezini o‘rganishda katta ilmiy ahamiyatga ega.
Yuksak O‘simliklar sporalarining kelib chiqishi va evolyusiyasi xakidagi telom nazariyasi uchun asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun ham moxsimonlar, plaunsimonlar, kirkbugimsimonlar, paporotniklarning kelib chiqishi uchun asos bulgan eng qadimiy gurux O‘simliklaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:


1. Жизн растений. ИВ-В-ВИ томлар, 1981.
2. Тахтаджян Н.Л. Система флорогения светковых растений. М. Наука, 1966.
3. Камарниский Н.А ва бошкалар. Ботаника. 1935
Download 30,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish