A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


 Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda oliy ta’limda



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda oliy ta’limda 
mutaxassislik fanlarni o‘qitishning ahamiyati. 
Mamlakatimizda mutaxasislik buyicha ta’lim-tarbiya berishga maktabdan 
boshlab alohida e’tibor qaratilmoqda. Barcha texnologiya ta’limi yo‘nalishidagi 
magistrlar uchun «Mutaxasislik fanlarni o‘qitish metodikasi» o‘rganilishi zarur 
bo‘lgan asosiy predmetlardan biri hisoblanadi. Texnologiya ta’limi yo‘nalishida 
texnologiya ta’lim bakalavr o‘qituvchisini tayyorlashda esa barcha mutaxassislik 
fanlar uchun texnologiya ta’limini o‘qitish uslubi umumlashgan metodik fan 
sifatida bo‘lib, ana shu mutaxassislik fanlarini umumlashtirgan holda darso‘tish 
metodikasi o‘rganiladi. Texnologiya ta’limi yo‘nalishi buyicha magistraturada esa 
magistrlarga oliy ta’limda shu yunalishdagi bakalavrlar uchun muljallangan 
mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi o‘rgatiladi. Jumladan, magistrlarga 
texnologiya ta’limi yo‘nalishi bakalavr uchun o‘qitishga muljallangan “Mahsulot 
va materiallarning tarkibiy asoslari”, “Xalq hunarmandchiligi”, “Turmushdagi 
kichik ta’mirlash ishlari texnologiyasi”(O‘y-ruzg‘or asoslari), “Mahsulot va 
materiallarga ishlov berish asoslari”, “Kasb hunarga yo‘naltirish”, “Texnologiya 
ta’limi o‘qitish uslubi”, “Texnologiya ta’lim praktikumi”, “Elektrotexnikaishlari va 


elektronika”, “Maktab darslik va o‘quv dasturlari bilan ishglash”,“Tarbiyaviy ish 
metodikasi”,“Hayot faoliyati xavfsizligi”, “Ta’lim jarayonida ma’naviy va ma’rifiy 
tadbirlarlarni tashkil qilish asoslari”, “Pedagogik o‘qituvchilik kasbiy 
kompetentlik”(Kasbiy kompetetlik), texnologiya ta’limining texnologiya va dizayn 
yunalishi buyicha “Polimer, yog‘och va metallarga ishlov berishga asoslangan 
ishlab chiqarish texnologiyalari”, “Polimer, yog‘och va metallarga ishlov beruvchi 
moslama va stanoklar”, “Polimer, yog‘och va metallarga ishlov beruvchi moslama 
va stanoklarni rostlash va ishlatish”, texnologiya ta’limining servis xizmat 
kursatish yunalishi buyicha “Tikuvchilik texnologiyasi va jihozlari”, 
“Pazandachilik asoslari”, “Kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish”, 
texnologiya ta’limining qishloq xujalik asoslari yunalishi buyicha“Qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarish asoslari”, “Qishloq xujalik qurol va texnikalari”, 
“Qishloq xujaligida mexanizatsiyalashtirilgan ishlar texnologiyasi” kabi ixtisoslik 
fanlari, “Avtomobil”, “Yo‘l harakati qoidalari” kabi fanlarini o‘qitish metodikalari 
o‘rgatiladi. SHuningdek, magistrlarga texnologiya ta’limi yunalishi buyicha 
“CHizma geometriya va muxandislik grafikasi”, “Standartlash, sertifikatsiya va 
metrologiya”, “Avtomatlashtirish va robototexnika asoslari”, “Texnik ijodkorlik va 
dizayn”, “Gidravlika va issiqlik texnikasi”, “Tadbiqiy mexanika asoslari” kabi 
yordamchi mutaxassislik fanlarini o‘qitishni metodik asoslari o‘rgatiladi. 
Bo‘lg‘usi texnologiya ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashning hozirdagi o‘quv 
rejalarini ilmiy tahlili mavjud o‘quv rejalarida nazariy ta’lim ko‘pligi,amaliy 
ta’lim etarli darajada qo‘yilmaganini, rivojlanish intensivligi sharoiti talablarini 
e’tiborga olinmaganini kurishimiz mumkin. Bu esa o‘z-o‘zidan bo‘lg‘usi 
texnologiya ta’limi o‘qituvchisiga umum o‘rta ta’lim maktablarining faoliyati 
haqida to‘lig‘icha bilim, uquv va malakalarni egallashiga imkon bermaydi. 
Bizning fikrimizcha, oliy o‘quv yurtlaridagi texnologiya ta’limi o‘qituvchisini
tayyorlash o‘quv rejalarini, ayniqsa umum kasb, mutaxassislik, ixtisoslik, 
tanlangan mutaxassislik kabi bloklarini uslubiy tahlil qilish zarur. Texnologiya 
ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashga qaratilgan o‘quv rejalarining asosiy qismini 
o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan texnologiya ta’limi fanlari va unga 
ko‘maklashuvchi amaliy fanlar egallashi lozim.
Bulajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilari umum urta ta’lim maktablarda 
talabalariga samarali pedagogik muloqot olib borishi uchun metal, polimerlar
yog‘och, gazlama materiallari va qishloq xujaligi ishlab chiqarishini asosi bulgan 
tuproqlar hamda qishloq xujalik oziq-ovqat mahsulotlari, ularga ishlov berish 
jihozlari va usullari haqida amaliy bilimga ega bulishlari shart.


SHu sababli fikrimizcha, bulajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash 
mobaynidagi o‘quv rejasiga ilmiy tahlili asosida hozirdagi ayrim fan predmetlari 
urniga umumo‘rta ta’lim maktablaridagi texnologiya ta’limi fanini Davlat ta’limi 
standartlarigamahsulot va materiallar hamda ulardan tayyor mahsulot yaratish 
texnologiyalarini qamrovchi fan predmetlarini kiritish shart deb xisoblaymiz.
Mutaxassislik fanlarni o‘quv rejalariga joylashtirishda bilim bera oladigan va 
uquv mahoratini o‘rgata oladigan usulubiy mezonlarni e’tiborga olmoq kerak, 
qolaversa oliy o‘quv yurtlarida texnologiya ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash 
jarayonida mutaxassislik va mutaxassislikka yordamchi bo‘lgan, fanlarning 
ko‘proq qismi amaliy, ozroq qismi nazariy bo‘lishi hamda ushbu fanlardan
mashg‘ulotlarni bevosita umum o‘rta ta’lim maktablaridagi texnologiya ta’limi 
muammolarini yaxshi bilgan professor o‘qituvchilar o‘tishlari maqsadga 
muvofiqdir. 
Tayyorlov o‘quv rejadagi o‘qitishga muljallangan “konstruksion metallar 
texnologiyasi” fanni urniga “mahsulot va materiallar tarkibiy asoslari” fani, 
“Materiallarni kesib ishlash nazariyasi, moslama va stanoklar” fanni urniga 
“Mahsulot va materiallarga ishlov berish asoslari” fanini, “Metrologiya, 
standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish” fani o‘quv dasturini mahsulot 
va materiallar sifatiy klassifikatsiya va kategoriyalari hamda ularga ishlov berish 
sifatlariga ta’sir qiluvchi standartlashtirish asoslari asosida kengaytirish, 
“elektrotexnika va radiotexnika” fani o‘quv dasturini texnologiya talimini 
asoslarini chuqurlashtirishga qaratilgagn holda kengaytirish, “Ishlab chiqarish 
jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish” fani urniga “Servis va 
ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”fanini, mashinashunoslik
kursidagi nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar
nazariyasi, mashina detallari, gidravlika va teplotexnika fanlarini qisqartirib ular 
urniga “Tatbiqiy mexanika asoslari” va “gidravlika va teplotexnika” deb 
ataladigan fanni, qushimcha ravishda“Servis va ishlab chiqarish iqtisodi hamda uni 
boshqarish” fanini,“milliy xalq hunarmandchilik texnologiyalari”,“turmushdagi
ta’mir ishlari texnologiyasi”, “tajribachilik asoslari”, “montaj ishlari 
texnologiyasi”, “suv va gazdan faydalanish amaliyoti” kabi amaliy tayyorlashga
xizmat qiladigan fanlarniquyish maqsadga muvofiqdir.Barcha o‘qitilishi majbur 
bulgan umumkasb va mutaxasislik fan predmetlarini didaktik talablar ketma-
ketligida o‘qitish lozim. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish