A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim fakulteti


 Oliy ta’limda mutaxassislik fanlaridan dars o‘tishning xususiyatlari



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/80
Sana26.02.2022
Hajmi2,23 Mb.
#469987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Mutaxassislik hemisga

4. Oliy ta’limda mutaxassislik fanlaridan dars o‘tishning xususiyatlari 


Mutaxassislik fanlari buyicha birinchi holatda tayyor bilimlar o‘zlashtiriladi. 
Ikkinchi holatida yangi bilimga ega bo‘lish uchun intilish tufayli ularni takomi 
lashtirish va boyitib borish jarayoni amalga oshiriladi. 
Ta’lim maqsadi ta’lim natijasi sifatida erishishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, 
malaka, bo‘lib, aynan shular uning shaxsiy fazilatlarini shakllantiradi. Bu esa 
so‘zsiz o‘quv jarayonini tashkil etish, dars o‘tish metodlarini tanlashda o‘ziga xos 
xususiyatlarni hisobga olishni zarur qilib qo‘yadi. 
Oliy maktablari esa balog‘atga etgan, etuk, mustaqil hayotga qadam tashlagan 
yoshlar ularning dunyoqarashi o‘rta maxsus ta’lim muassalari talabalari dunyo 
qarashidan ancha farq qiladi. Ular ko‘proq mustaqil faoliyat yuritishga intilishadi. 
SHu boisdan oliy ta’limda o‘qituvchi dars o‘tish va dars o‘tishda qo‘llaniladigan 
metodlarni tanlashda fanni qaysi blokka kiritilganligini ham hisobga olishi kerak. 
O‘qituvchi yana shunga e’tibor berishi kerakki, u yangi mutaxassislik buyicha 
fanni o‘rganishni yoki yangi mavzuni o‘tishni boshlar ekan, albatta, ularga taal 
luqli, axborotni qayta tiklashi hamda yangi fanni, mavzuni o‘zlashtirish uchun asos 
hosil qilishi zarur. Ayniqsa, ularni qiziqtiradigan savol, muammoli vaziyat yarati 
lishi ularni fanni, mavzuni o‘rganishga faolligini kuchaytiradi. 
Oliy o‘quv yurti o‘zining yuqori ilmiy saviyasi bilan o‘rta ta’limdan 
farqlanadi. Fanni o‘rganish fanda erishilgan zamonaviy yutuqlarni amaliyot bilan 
bog‘lash, dolzarb muammolarni aniqlash, ularning echimini topishliga yo‘naltirish 
bilan ajralib turadi. 
Oliy maktabdagi mutaxassislik fanlar buyicha ta’limning o‘ziga xos 
xususiyatlari o‘quv jarayonini tashkil etishda ham ko‘rinadi. O‘rta ta’limda o‘quv 
jarayoni asosan dars o‘tish shakllari: nazariy dars, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya 
mashg‘uloti tarzida tashkil etilsa, oliy o‘quv yurtlarida esa o‘quv jarayoni dars 
mashg‘ulotlaridan tashqari davra suhbati, ilmiy konferensiya, amaliy seminarlar va 
boshqalarni ham keng qo‘llab tashkil etiladi. 
Uzluksiz ta’limning tarkibiy qismi sifatida umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish 
muddati uch yil bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’limda esa 
ikki bosqichli: bakalavriat va magistratura bosqichlari joriy qilindi. 
Kadrlar tayyorlashga davr talabidan kelib chiqib, nafaqat tarkibiy jihatdan, balki 
dars berish mazmunini o‘zgartirish jihatidan ham yondashildi. 
O‘quv jarayonida mutaxassislik fanlari buyicha o‘qitishni tashkil etish uzluksiz 
ta’lim tizimi tarkibiy qismlarida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni 
taqozo qiladi. CHunonchi dars o‘tishda ularning yoshlari, tayyor bilimni 


o‘zlashtirishi yoki yangi bilimlarga ega boyishga qaratilishi yoki fanda erishilgan 
yutuqlarni amaliyot bilan bog‘lashga qaratilishi, o‘qitish va o‘rganish metodlarini 
ustun darajada qo‘llanilishi jihatidan farqlanadi. 
Bulajak texnologiya ta’limi o‘qituvchilari umum urta ta’lim maktablarida 
talabalarga samarali pedagogik muloqot olib borishi uchun mutaxassislik fanlari 
orqali metal, yog‘och, gazlama materiallari va qishloq xujaligi ishlab chiqarishini 
asosi bulgan tuproqlar hamda qishloq xujalik oziq-ovqat mahsulotlari, ularga 
ishlov berish jihozlari va usullari haqida amaliy bilimga ega bulishlari uchun 
tayyorlov o‘quv rejalari muvofiq holda tayyorlanishi lozim.Mutaxassislik fanlarni
o‘quv rejalariga joylashtirishda bilim bera oladigan va uquv mahoratini o‘rgata 
oladigan usulubiy mezonlarni e’tiborga olmoq kerak. Ayniqsa, o‘quv rejadagi 
umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bloklarini mutaxassislik nuqtai nazaridan kelib 
chiqib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limini o‘qitishning 
samaririylik mezoni asosida mahsulot va muteriallarga ishlov berib mahsulot 
yaratish texnologiyalari buyicha talabalarga amaliy amaliy o‘rgatishga qodir 
o‘qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan islohotlarni amlga oshirish kerak bo‘ladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan texnologiya ta’limi tabiy 
fundamental aniq fanlarning amaliy qismi bo‘lganligidan doimo rivojlanish 
intensivligi asosida tarraqiyotga mos ravishda o‘zgaruvchan bo‘ladi. SHuning 
uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablariga etkazilib berilayotgan texnologiya ta’limi 
o‘qituvchilari zamon bilan, ilmiy texnika tarraqiyoti bilan hamnafas bulishlari, har 
bir darsni har bir yangilik asosida olib borishga qodir bo‘lmoqlari lozim. Bu degani 
zamon va davr talabidan kelib chiqqan holda bulajak texnologiya ta’limi o‘qituvchi 
sini tayyorlash jarayoniga yangi tizimlarni joriy qilish ta’lim jarayoniga yangi peda 
gogik texnologiyalarni kiritish lozimligini bildiradi. 
SHunday qilib, umum o‘rta ta’lim maktablari uchun texnologiya ta’limi 
o‘qituvchisini tayyorlash jarayoniga o‘qituvchini keng qamrovli va universal 
xarakterini oshirishni kuzlaydigan mutaxassislik fanlari buyicha ayrim zaruriy
qushimcha amaliy fanlar va uzgartirishlar kiritilsa, mutaxassislik buyicha o‘qitish 
fanlari taklif qilingan didaktik talab asosida joylashtirilsa, bulg‘usi texnologiya 
ta’limi o‘qituvchisi kelajakda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yoshlarga ushbu 
fandan amaliy urgatishning zamon talabi darajasida bulishiga katta imkoniyat 
paydo bulardi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish