1. Teshiktosh ziyoratgohi.
2. Beshiktosh yoki bola tosh ziyoratgohi.
3. Bel tosh ziyoratgohi .
4. Hazrat Ali Bilan bog‘liq muqaddas toshlar.
5. Ko‘ktosh ziyoratgohi.
6. Tosh kelin ziyoratgohi.
7. Qora tosh ziyoratgohi.
Mazkur muqaddas toshlar haqidagi rivoyatlar aholining diniy hissiyatlarini shakllanishida muim ahamiyat kasb etgan. SHu sababda aholi orasida azaldan ulug‘ mazorlarni ziyorat qilish yarim haj qilish bilan barobar sifatida qarab kelingan. Bu qarashlar asrlar davomida yuzaga kelgan. Markaziy Osiyoga islom dinini ilk bor kirib kelishi va Muhammmad payg‘ambarning chahoryorlari, Xulafo ar-roshidin deb atalgan Ali ibn Tolib, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon avlodlari bilan bog‘liq ekanligi yozma manbalarda ham tilga olinadi. Qizig‘i shundaki, mazkur uchala ziyoratgohni ziyorat qilish o‘tmishda mahalliy aholi tomonidan yarim haj sifatida qabul qilingan. YUqorida xalifalikning dastlabki davrlaridan boshlab muqaddas mazorlarni ziyorat qilish diniy tusga kirganligini aytib o‘tgan edik. Bu holat ayniqsa, xalifalikda yuz bergan urushlar, tahlikali yillarda yaoni haj qilish uchun yo‘llarda xavf-xatarning ko‘payib ketganligi vaqtida yanada kengroq tus olgan. Ziyoratga borish niyatida bo‘lgan musulmonlar haj amallarini bajarib, musulmonlarning farz arkonlarini ado etish uchun turli joylarni ziyorat etish bilan o‘zlaridagi tashnalikni qondirish ilinjida bo‘lganlar. SHu sababdan ham XI-XII asrlarda eng ko‘p ziyorat qilinadigan mazorlar Ka’baga ziyoratiga borishning imkoni yo‘qligi tufayli Makkadagi haj vazifasini bajargan. O‘sha davrlarda bunday muqaddas mazorlarni ziyorat qilish nafaqat Iroqning Karbalo va Najaf shaharlarida balki Samara shahrida tashkil qilingan edi. Bu shaharda Kaoba va Arofat hamda Mino tog‘lariga o‘xshash sunoiy ravishda qurilgan muqaddas joylarni ziyoratchilar tavof qilganlar. O‘rta Osiyoda Samarqanddagi Qusam ibn Abbos qabrini ziyorat qilish Kaoba ziyorati bilan tenglashtirilgan. SHu sababdan ziyoratchilar Kaoba atrofida etti marta aylanganlaridek, bu mazor atrofida etti bor aylanganlar. Xurosonda esa Imom Rizo mazori shu vazifani bajargan edi.
Mahalliy sharoitda yuqorida tilga olingan mazorlarga ham bora olmagan aholi haj amallarini o‘zlariga yaqin va borishga xatarsiz bo‘lgan muqaddas mazorlarda bajarganlar. Bu ular uchun kichik haj o‘rnida qabul qilingan. Masalan, Bahouddin Naqshband qabrini uch marta ziyorat qilish Makka va Madinaga haj qilish bilan barobardir degan aqida xalq orasida hali hanuz mavjud. SHu sababdan rivoyatlar aholini mahalliy xudduddagi ziyoratgohlarga borishi uchun muhim rolp o‘ynagan.
Rivoyatlardagi asosiy g‘oya bu ixlos tushunchasidir. SHu bois mazorga ixlos bilan ziyoratning bosh mezoni hisoblangan. Bu haqda shoir Ko‘hiy Mazorga ziyoratga faqat ixlos bilan borish mumkinligini yozgan edi.
SHu sababdan hozirga kunga qadar har bir ziyoratchiga mazorga kelgan vaqti ziyorat qilish vaqtida unga «Avvalo Xudodan keyin ixlosga bog‘liq» degan tushunchani uqtiradilar. Bu esa ziyoratning har bir udumida ko‘zga tashlanadi.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, turmushdagi shaxsiy musibat va omadsizlik, ayniqsa, befarzandlik, yaqin kishilarining baxtsizligi, hayot ideallaridan ajralib qolish, kasallik yoki o‘limdan xavfsirash, yolg‘izlik his tuyg‘usi va shu kabi boshqa sotsial-psixologik omillar insonlarni diniy hisiyotlarga berilish natijasida muqaddas ziyoratgohlarga borishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. SHu sababdan mazorlardagi din peshvolari, shayxlar ziyoratchilarning emotsional holatidan foydalanib ularning hissiy tuyg‘ulariga taosir qilishga intiladilar va bu o‘rinda muqaddas joylar va ularda dafn etilgan avliyolar bilan bog‘liq rivoyatlarning roli muhim ahamiyat kasb etish bilan birga ziyoratchilarni turli urf-odat va marosimlarga bo‘lgan eotiborini kuchaytiradi. Bu esa o‘z navbatida ziyoratgohlarning kishilar turmushidagi o‘rnini yanada muhim bo‘lishini taominlaydi.
Tog‘ va g‘orlar bilan bog‘liq rivoyatlar. G‘orlardan Makkaga yo‘l borligi to‘g‘risida xalqimizda turli rivoyatlar bor. SHuni aytib o‘tish kerakki, ko‘p hollarda g‘orlar borsa kelmas makon deb qaralgan. Misol tariqasida Farg‘ona vodiysidagi SHodimir tog‘laridagi mashhur Konigut g‘orini olaylik. Rivoyatlarga ko‘ra, g‘orda xazina yashirilgan bo‘lib, uni olgani kelgan har qanday kishi ajdaho, dev dastidan omon qaytmas ekan. SHuning uchun ham Konigut nomini N.G. Malitskiy «Rudnik pogibeli», yaoni «Ajal koni» deb tarjima qilgan.
Barcha turkiy xalqlarning anoanaviy dunyoqarashlarida er osti dunyosi tog‘ va g‘orlar bilan bog‘lanadiki, bu qadim turklarda ushbu joylar ilohiy va muqaddas sanalganidan dalolat beradi. SHomonlar shunday joylarga kelib, topinishgan, qurbonliklar qilishgan. Ajdodlarimiz tog‘ning yuqori qismida ezgulik, ostida yovuzlik ruhlari yashashlariga ishonganlar. Turk asotirlarida tog‘ va g‘or ibodat joyi sifatida talqin etiladi.
G‘orlarda bitmas-tuganmas oltin to‘la xazinalarni ajdarho va devlar qo‘riqlashi to‘g‘risida xalq og‘zaki ijodida ko‘plab misollar uchraydi. Ertak va dostonlardagi qahramon ham ko‘pincha narigi dunyo - devlar makoniga, zamin odamlarini hayoti uchun zarur bo‘lgan biron - bir oboekt (oltin olma, oltin qush, oltin baliq, oltin sochli qiz pari)ni qo‘lga kiritish uchun keladi. Oboektning oltin rang bilan bog‘lanishi ham uning narigi dunyo - er ostiga tegishli ekanidan dalolat beradi. CHunki qadimda ko‘mish marosimlarida oltin muhim ahamiyat kasb etgan. Zero marhumlarni oltin bilan dafn etishdan maqsad ularni narigi dunyoda ham farovonlikni taominlanishi to‘g‘risidagi qarashlar bilan bog‘liqdir.
Daraxt va o‘simliklar bilan bog‘liq rivoyatlar. YUrtdoshlarimiz orasida daraxtlarni jonli va ularda insonlar ruhi yashashiga ishonish bilan bog‘liq qadimgi animistik qarashlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Ziyoratgohlardagi daraxt va o‘simliklar muqaddaslashtirilganligi bois ularni kesish, yulish kishilarga ziyon olib keladi deb qaralgan. Muqaddas daraxt va butalarlar jumlasiga quyidagi daraxtlar kirgan. Binobarin xalq og‘zaki ijodida daraxt erkak kishining ramziy belgisi sanalgan
CHinor, archa, tut, jiyda, pista, yong‘oq, O‘rik, olcha, tol, terak, qayrag‘och yulg‘un, ajingagul. Farg‘ona viloyatidagi Muqaddas joylar daraxtlar nomi bilan atab kelingan va o‘z navbatida joy nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |