4. Islom dini bilan bog‘liq (Payg‘ambarlar, sahobalar, avliyolar va shaxidlar) muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar.
Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
Hizr Bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Markaziy Osiyo xududida istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar Xizrni o‘z mushkularini engilashtiruvchi, boshiga og‘ir kunlar tushganda. Turmush qiyinchiliklari natijasida ezilganda madad beruvchi, ilohiy kuch quvvvat beruvchi, murod maqsadlariga etishuvida ko‘mak beruvchi nuroniy chol qiyofasidagi ilohiy mavjuddot sifatida tasavvur qilganlar. Xalqimiz orasida «Xizr nazar qilgan», «Xizr yo‘liqqan» degan iboralar, «Xizr nazar qilgan kishining ishi o‘ngidan kelishiga» ishonch eotiqod keng tarqalgan.
SHuni aytib o‘tish kerakki, YUrtimizda Hazrati Xizr bilan bog‘liq rivoyat va qadamjoylar ko‘plab uchraydi. Xo‘jai Xizr ziyoratgohining tuprog‘ini dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi «dehqonchiligimizga qut baraka bersin» degan niyatida olib ketganlar. O‘zbek tilining izohli lug‘atida Xazrati Xizr haqida quyidagilarni ko‘rish mumkin.
Xizr - afsonaviy payg‘ambar: U hayot bulog‘idan «obi hayot» ichgan va umri boqiy bo‘lgan; u bilan uchragan, ko‘rishgan odam baxtli bo‘lar emish. «Hazrati Bashir manoqibi»da Hazrati Xizrga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Hazrati Xizr alayhissalomning bu xislatlari shulkim, kishilarning xayoliga akasi yoki ukasi va yo bir xushsurat inson sifatida insonlarga ko‘rinadilar. Hazrati Xizr alayhissalom Odam alayhissalomning naslidandurlar. Nihoyatda olim, Xizr alayhissalom Odam alayhissalom bilan suhbat qilganlar va u kishi birlan safarga chiqqanlar, bu dalil Qurooni karimda yaqqol ko‘rsatilgan. Xizr alayhissalomning ilmlari biror payg‘ambarda bo‘lmagan. Ilmi hikmat ilmi maorifat, ilmi haqiqat, ilmi shariat va boshqa ilmlarga eng oliy darajada tururlar. Xudo taqdir qilgan kishilarga ko‘rinib, uning dunyoviy v uxraviy ishlariga yordam qilurlar. Alloh Haq subhonahu va taoloning eng yaqin payg‘ambarlaridandurlar. Xudoi taolo bu kishiga uzoq umr ato qilgan». Hazrati Xizrni shahar shaharlarning homiysi ham deb qaralgan.
Podshoh Iskandar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
Markaziy Osiyoda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan bog‘liq joy nomlari mavjud bo‘lib, Tojikistoning Fon tog‘laridagi ko‘lni Iskandarko‘l deb atashadi. SHuningdek Amudaryo yoqasida Kelif shahrida Zulqarnayn raboti bo‘lgan.
Ularning tasavvurlariga ko‘ra, Podshoh Iskandar Xudoning sevgan bandasi yaoni valiy zotlardan biri bo‘lgan. SHu bois mazor oldidan otda o‘tib bo‘lmagan.
Islom dunyosida mashhur bo‘lgan sahobalar va ularning izdoshlari bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
Islom dinining dastlabki vaqtdagi jangchilari bilan bog‘liq mazorlar o‘rta asrlardayoq xalqimiz tomonidan ziyoratgoh sifatida muqaddaslashtirilgan. Bularning aksariyati Muhammad payg‘ambarning ashoblari musulmon dunyosidagi mashhur zotlar Saod ibn Abu Vaqqos, Akkosha, Muoz ibn Jabal, hazrati Bilol, Abdurahmon ibn Afv, Uvays Qaraniy nomi bilan bog‘liqdir. Bundan ko‘rinadiki, aziz-avliyolar kulptining tarixiy ildizlarida ikki manbadan, din tarixining ikki bosqichi – ajdolar kulpti hamda O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi sharoitida yuzaga kelgan kulptlardan kelib, chiqadi.
Hazrat Ali bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
Mazkur ziyoratgohlar ichida Hazrat Ali bilan bog‘liq rivoyatlar alohida o‘rin tutadi. Jumladan, Farg‘ona viloyatida Hazrat Ali va uning o‘g‘li Muhammad Hanafiya, otboqari Qambar ota va jiyani Ahtam sahoba bilan bog‘liq rivoyatlar hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan.
Hazrat Alini suv havzalari bilan bog‘lashlarida daryo suvining mo‘l ko‘lligini taominlovchi va uni yovuz kuchlar xurujidan himoya qiluvchi ezgu homiy sifatida timsollashtirilgan Xubbi kulpti islomlashtirilgan versiyasi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. CHunki Hazrat Ali bilan bog‘liq ziyoratgohlar asosan soy va daryolarning boshlang‘ich qismida joylashgandir.
Hazrat Ali bilan bog‘liq ziyoratgohlarni paydo bo‘lishida yuqorida taokidlab o‘tkanimizdek muqaddas joylarning geografik holati ham muxim rol o‘ynagan. CHunki g‘orlar, baland tog‘lar, buloqlar, soy va daryolar hamda ulkan daraxtlarning barchasida Hazrat Ali kulpti o‘z ifodasini topgan. Mahalliy aholi tomonidan tabiat yodgoliklarini Hazrat Ali bilan bog‘lash aonaviy xarakterga ega.
CHunki tog‘u tosh va oqar suvlar uning bahodirligini namoyon qilish uchun juda qulay oboekt bo‘lib kishilar Hazrat Alining bunday qahramonliklarini real voqea sifatida tasavvur qilishlariga imkon bergan. SHu sababdan har bir tabiatning nodr yodgorliklari aslida Hazrat Alining qudrati mahsuli sifatida qarb kelingan. Bu esa vaqtlar o‘tishi bilan joylarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Hazrat Ali bilan bog‘lashga yo‘l ochib bergan. Xalq kitoblaridagi joy nomlari shu tarzda mahalliy xududlarga ham nisbat berilavergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |