3. Islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq (toshlar, g‘orlar, buloqlar, daraxtlar va hayvonlar) muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar.
Ziyoratgohlar o‘zida qadimgi rivoyat va afsonalarni mujassam etgan bo‘lib, ular ziyoratchilarning diniy hisiyotlarini uyg‘otishda va shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. SHu bois ziyortchilarning ruhiyati va shaxsiy kechinmalarini ziyoratgohlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Muqaddas joylar bilan bog‘liq rivoyatlarni quyidagi kategoriyalar asosida tasnif etish maqsadga muvofiqdir.
1. Quroonda nomi zikr etilgan payg‘ambarlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
2. Islom dunyosida mashhur bo‘lgan sahobalar va ularning izdoshlari bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
3. Avliyolar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
4. SHahidlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
5. CHilton va childuxtaron bilan ziyoratgohlar.
6. Hurqizlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
7. Momolar bilan bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
7. Hayvonlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
8. Tog‘ va g‘orlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
9. Daryo, ko‘l va buloqlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
10. Daraxt va o‘simliklar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
11. Toshlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.
Islomdan oldingi diniy tushunchalar bilan bog‘liq qarashlar. Hassaning barg chiqarib daraxtga aylanishi motivining tarixiy asoslari qadimgi ajdodlaimizning hayot to‘g‘risidagi mifologik tasavvurlariga borib taqaladi. Odam va jonivorlarning joni uning uning tanasining biror qismi yoki buyumida bo‘ladi tushunganlar va shu sababdan ularning qabrlarida paydo bo‘lgan daraxtlarda avliyolarning timsolini ko‘rganlar.
Buloqlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Buloqlarni turli kassaliklardan xalos etish xususiyati to‘g‘risida turli rivoyat va afsonalar bor. YUrtimizdagi manzilgohlardagi chashmalar to‘g‘risida shu singari afsonalar mavjud. Buloqlarni paydo bo‘lishini ko‘p hollarda aziz avliyolarga bog‘liq deb qarashgan. Masalan, ko‘plab hududlardagi buloqlarni Hazrat Ali bilan bog‘lashsa, O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi buloqlarni sahobalarning karomatlari tufayli paydo bo‘lgan degan rivoyatlar bor. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad payg‘ambardan so‘ng Makka shahridan Nursux tomonlarga islom dinini targ‘ib qilish maqsaddida 3 nafar sahobalar, jumladan, Xo‘ja Hasan Nuri, Sulton SHayx, Kamoliddin Pirim keladilar. Ular bu erga kelib ko‘rsalar qishloq ahli qurg‘oqchilikdan azob chekkayotgan ekanlar. SHunda Xo‘ja Hasan Nuri ikki rakat namozini o‘qib hassalarining uchuni erga uradilar. Hassaning uchi erga tekkan erdan suv otilib chiqa boshlaydi. SHu er keyinchalik xalq orasida Buloq boshi nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Ushbu buloqlar bilan rivoyatlardagi xalqning suvga bo‘lgan ehtiyoji va avliyolar tomonidan bu ehtiyoj qondirilishini yana shu jihatlari borki, mahalliy aholi qadimdan dehqonchilikda suv masalasining turli qiyinchiliklarini boshidan kechirib kelgan. Bu esa o‘z navbatida islomdan oldin va islom davrida ham suv bilan bog‘liq turli afsona va rivoyatlrni paydo bo‘lishiga olib kelgan. Suvni muqaddas ekanligi ham ana shu rivoyatlar orqali kishilar ongiga singdirib borilgan.
Buloqlar haqida turli qarashlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Masalan Farg‘ona shahri yaqinidagi Sovurbuloqqa ziyoratchilar tanga niyat aytib tanga tashlaganlar. Quvasoy shahri Arsif qishlog‘idagi buloqlar to‘g‘risida ham turli hikoyatlar mavjud. Aytishlaricha, ulug‘ avliyolardan biri «kimki shu buloqlarga ezgu niyatda kelib, duo qilsa murodi hosil bo‘lsin» deb duo qilgan ekan. SHu bois befarzand ayollar Arsifdagi buloqlarga kelib duolar aytishar ekan ular duodan so‘ng niyat bilan buloqqa qo‘l olganlar. Qaysi bir ayol buloqdan odam shakliga o‘xshash toshcha topsa demak, u yaqin orada farzand topish baxtiga muyassar bo‘lgan.
Buloqlar kishilarning kelajak taqdiridan xabar beruvchi deb ham qaralgan. Masalan, buloqda ziyoratchi qo‘liga nima olsa, bu narsa uning kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan. SHu sababdan ham, har bir ziyoratchi taqdirini bilish uchun buloqqa qo‘l solgan. Bu haqda S.M.Abramzon quyidagilarni keltiradi: «Befarzand ayollar YUnus payg‘ambar mazoridagi buloq oldiga kelib unga qo‘llarini solganlar. Agar u biron bir marjonni qo‘lga kiritsa, demak qiz ko‘radi, agar uning qo‘liga oshiq chiqsa demak o‘g‘il ko‘radi. Agar ayol buloqdan jun gazlama parchasini topsa u boy bo‘ladi. Buloqdan hech narsa topmasa, demak uning na farzandi na boyligi bo‘ladi.»
Toshlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Markaziy Osiyo xududlarida Beshiktosh, Odam tosh, Ombir tosh, Qo‘ytosh, Sirli momotosh Kuyovtosh, Qiztosh, nomli toshlar bilan bog‘liq afsona va rivoyatlar mavjud. Mazkur rivoyatlar toshlarni muqaddas ekanligidan dalolat beradi. Rivoyatlarda bunday toshlar insoniyat boshida biron bir mushkullik paydo bo‘lgan kezlarda haloskorlik vazifasini ham o‘tashi haqida so‘z yuritiladi. Masalan Mahmud Qoshg‘ariyning yozishicha, turkiy xalqlaridagi "YAda" nomli tosh qurg‘oqchilik vaqtida yomg‘ir yog‘diruvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan.
Toshlarda qudratli kuch mavjudligiga ishonish qadimgi xalqlarni toshlarga doim yovuz kuchlardan asrovchi, musibatlardan xalos etuvchi, muqadas ashyo sifatida eozozlab kelishga olib kelgan.
Muqaddas ziyoragohlardagi yana bir muhim ahamiyatga molik ziyorat obektlari bi muqaddas toshlar bo‘lib ular haqida turli rivoyatlar saaqlanib qolgan. Mazkur rivoyatlarni quyidagi kategoriyalarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |