A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


SHahidlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar



Download 1,83 Mb.
bet64/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

SHahidlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar. Maolumki, mazor sharqshunoslik fanida ziyorat qilinadigan muqaddas joy tarzda qabul qilinib, asosan, musulmonlarda avliyolarning qabrini anglatgan. Islomning ilk davrlarida mazor so‘zini avliyolar shahid bo‘lgan joyga nisbatan «mashhad» deb ataganlar. XI asrdan keyin ajam o‘lkalarida mazor islom dini yo‘lidagi zotlar qabriga nisbatan qo‘lanilgan. O‘rta asrlarga kelib esa mazor so‘zi keng maononi ifodalay boshladi. YAoni mazor so‘zi ostida faqat shahid bo‘lgan insonlar emas balki o‘z o‘limi bilan hayotdan ko‘z yumgan, payg‘ambar avlodlari bo‘lmish sayyidlar, xo‘jalar, eshonlar ulamolar, olimlar, shoirlar, sarkardalar qabrlari ham tushunila boshlandi. Muqqaddas mazorlar jumlasiga hayotda yashab o‘tgan real tarixiy shaxslar dafn etilgan mazorlarning kiritish mumkin.

Olloh oldidagi shahidlar martabasi haqidagi hadislar bunday «Mashhad» mazorlar haqidagi diniy qarashlarni aholi o‘rtasida keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Samura(r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululoh(s.a.) marhamat qildilar: «Kechasi men tushimda ikki kishining (yaoni, ikki farishtaning) qoshimga kelib, meni (jannatdagi) bir (bahaybat) daraxt tepasiga olib chiqishganini ko‘rdim. Ul uy shul qadar muhtasham va go‘zal erdiki, men undan yaxshiroq uyni sira ko‘rmaganman. Ular menga: «Bul uy – shahidlar uyidur»deb aytishdi». YAna bir hadisi sharifda: «alloh yo‘lida shahid bo‘lmoq qarzdan boshqa hamma xatoni yuvib ketadi», deyiladi.

O‘zbek tilining izohli lug‘atida shahid so‘zi quyidagicha izohlanadi.

SHahid I [a] - Din yoki mazhub yo‘lida halok bo‘lgan shaxs.

SHahid II[a] - Vatan urushi uchun yoki haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lgan, jonini fido qilgan odam.



Biz yuqorida shahidlar martabasi xususida to‘xtalib o‘tgan bo‘lsakda, ammo islom anoanasidagi mavjud shahidi aolo va shahidi xudo atamalari haqida ham to‘xtab o‘tishni lozim topdik. Zero mazorlar ham shu nomlar bilan atab kelingan.

«Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Olooh yo‘lidagi jihodda shahid bo‘lganlardan tashqari yana etti shahid bor:



  1. Qorni og‘rib o‘lgan kishi.

  2. CHo‘kib o‘lgan kishi.

  3. O‘pka kasali bilan o‘lgan kishi.

  4. YOnib o‘lgan kishi.

  5. Ustun ostida qolib o‘lgan kishi.

  6. Ko‘zi yoratyotganda o‘lgan ayol.

  7. Vabo bilan o‘lgan kishi».

Islom an’anasida shahidlar qaerda halok bo‘lgan bo‘lsa, shu erning o‘zida egnidagi kiyim bilan dafn etilgan. Bu haqda quyidagi hadis fikrimizning yaqqol dalilidir: «Jobir in Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasullulloh sallallohu alayhi va salam: «SHahidlarning (yuvmay) qonlari birlan dafn qilaveringizlar!»-dedilar. O‘shal kuni shahidlarni hech kim yuvmadi».

Bundan ko‘rinadiki islomning ilk davridayoq musulmonlarning ziyoratgohlari islom yo‘lida shahid bo‘lgan zotlarning mazorlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu mazorlar aksariyat hollarda «Mashhad», yoki «SHahid» mazor nomi bilan aholi o‘rtasida mashhur bo‘lgan.

Arablarning Markaziy Osiyoga qarshi qilgan harbiy yurishlari davomida ular o‘zlari bosib olgan xududlarda din yo‘lida o‘ldirilganlar yaoni «shahidlar»kulptini(ardog‘lanishini) paydo bo‘lishiga harakat qildilar. Xalifalikning dastlabki yillaridayoq jangchilar bilan bir vaqtning o‘zida kirib kelgan islom dini targ‘ibotchilarining saoyi-harakatlari tufayli joylarda g‘ayridinlar bilan bo‘lgan janglarda o‘ldirilgan musulmonlarning qabrlari «Mashhad» yaoni shahidlar mazorlarining soni ortib bordi. SHahidlar qabriga borish ularni tavof qilish ziyorat sifatida ko‘rilgach mahalliy xalq orasida islomiy ziyoratgohlarni ziyorat qilish odat tusiga kirdi. Qurooni karimning «Baqara» surasining 154 – oyatida: «Mening yo‘limda o‘lgan do‘stlarimni o‘ldi demanglar, balki ular tirikdurlar. Lekin hammalarngiz tirikligini bilmaysizlar» deyiladi. «SHahidlar o‘lmagan» degan tushuncha ular dafn etilgan mazorlarni ziyorat qilish tufayli kishilarda turli balolardan xalos bo‘lish umidini uyg‘otganligi ehtimoldan holi emas. Qolaversa, payg‘ambar hadislarining birida: «SHahid bo‘lgan kishiga qarindoshlaridan 70 kishini shafoat qilishlikka huquq beriladi», deb aytilganligi ham kishilarni shahid mazorlarga bo‘lgan ixlosini yanada oshirishi tabiy edi.

SHu bois islom dini yo‘lida g‘ayridinlar tomonidan o‘ldirilgan zotlar rivoyatlarda ideal qahramon sifatida tasvirlangan va kulpt darajasiga ko‘tarilgan. Muborak hadislarda aytilganidek «Payg‘ambarlar va ham xudo yo‘lida g‘azot qilib, so‘qish maydonlarida o‘lgan shahidlar qabrlarda chirimaydilar. Ularni eyishni Alloh taolo tuproqqa harom qildi». SHu sababdan shahidlar o‘lmagan, kerak bo‘lganda chiqib avlodlarga yordam beradi degan tushuncha aholi o‘rtasida keng tarqalgan. Haqiqatdan ham, bu ishonch shuni bildiradiki, «Bir vaqtlar hayotda o‘zligini namoyon qilgan har qanday ulug‘ zot, mashhur narsalar izsiz yo‘qolmaydi, biroq g‘oyatda beiloj, xatarli damlarda qayta namoyon qilish uchun vaqtincha o‘z kuchini yashiradi. Vaqti kelganda ulug‘ zotlar xaloskor va najotkor rolida qatnashadilar».
6-MAVZU. MUQADDAS QADAMJO VA ZIYORATGOHLARDA O‘TKAZILAYOTGAN MAROSIMLAR TALQINI


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish