1.Muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarda ziyoratchilar tomonidan o‘tkaziladigan marosimlar.
Muqaddas joylar mamlakatda yuz bergan urushlar, qonli to‘qnashuvlar, tabiiy ofatlar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yoxud shaxsiy oilaviy musibatlarni boshidan kechirayotgan davrlarida, insonlar uchun muqaddas ziyoratgohlar boshpana vazifasini ham bajarib kelgan. Mazorlarni ziyorat qilish esa o‘z navbatida ziyoratchilardan turli urf odatlar va marosimlarni amalga oshirishini taqozo etgan. Bu esa ziyoratgohlar bilan bog‘liq marosim va urf odatlarni uch bosqichga ajratgan holda o‘rganishni taqozo etadi.
I. Muqaddass joylarga borishdan oldingi marosimlar.
II. Muqaddas joylarni ziyorat qilish vaqtidagi marosim va urf odatlar.
III. Ziyoratdan keyingi marosim va urf odatlar.
I. Muqaddas joylarga borishdan oldingi marosimlar
1. Bibi Seshanba, Bibi chorshanba, Mavlud o‘qitish, aqiqa, marosimlari.
2. Azizlarga atab is chiqarish, chalpak pishirish, holvatayr tarqatish.
Ziyoratgohlar borishdan avval bajariladigan marosimlarning asosiy sababi va sababchilari quyidagilardir;
- farzand ko‘rmagan ayollar.
- farzandi turmagan ayollar.
- uzoq vaqtga qadar turmushga chiqmagan ayollar.
- yangi turmushga chiqqan qizlarni oiladagi murosasozligi.
- turmush o‘rtog‘i safarda yoki qamoq holatida bo‘lgan holatda.
- farzandi doimiy ravishda kasal bo‘laversa.
- tanasida turli toshma toshsa yoki bez va oq tushsa.
- betob bo‘lsa yoki doimiy ravishda sog‘lig‘i yomonlashgan vaqtda.
- iqtisodiy ahvol murakablashgan vaziyatda.
YUqorida aytib o‘tib o‘tilgan vaziyatlarning akariyat qismida ayollarning farzandsizligi masalasi turganligini ko‘ramiz. CHunki farzand oilaning mustahkamligining poydevori sifatida qaralgan. SHu sababdan «Bolali uy bazor, bolasiz uy mazor» singari maqolalar yaratilgan. Befarzandlik baxtsizlikning boshi deb qaralgan. SHu sababdan befarzand ayollarga nisbatan taoqiqlar mavjud bo‘lgan. Jumladan yangi kelin-kuyovning chimildig‘iga qirq kunga qadar befarzand ayolni kirishi mumkin emas deb qaralgan. Bunga amal qilinmasa, kelgusida ular ham farzand ko‘rmas ekanlar. CHunki qadimdan turkiy xalqlarda «befarzand ayol nafaqat o‘ziga balki, butun oilaga baxtsizlik olib keladi» deb qaralgan. Hatto bunday ayollarni «quruq bosh», yoki «qurigan daraxt» deb ataganlar. Farzandsizlik haqida Turkiyalik etnograf M.X.Bayri shunday yozgan edi: « Farzandsiz ayollarga shahardagi kabi qishloqda ham jamiyatning foydasiz bir aozosi sifatida qaralgan».
Muqaddas ziyoratgohlardagi marosmlarning ijrochilari asosan ayollar tashkil qilgan. Zero ayollar tomonidan aziz avliyolar mazorini va muqaddas deb eotirof etilgan qadamjoylarni ziyorat qilish ular orqali xudodan o‘z mushkullarini oson qilish, dardiga davo hamda farzand so‘rab shu tarzda onalik baxtiga muyassar bo‘lishga ishonch asrlar mobaynida shakllanib kelgan va natijada mazorlarni ziyorat qilish ayollar uchun kundalik turmushiga aylangan. Muqaddas qadamjoylarni ziyorat qilish mahalliy xalqlarning hayotida muhim ahamiyat kasb etganligi o‘z davrida hatto kinoya tarzida xalq og‘zaki ijodida ham o‘rin olgan.
Garchand ayollarni mazor va muqaddas qadamjoylarni ziyorat qilishlari islomning shariat qonunlariga xilof ekanligi aytilsada biroq real hayotda uning aksi ekanligini ko‘ramiz. Jumladan, Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy o‘zining «Odob ul solihin» kitobida qabrlarni ziyorat qilish erkaklarga munosib ish ekanligini aytib, ayollarni ham mazorlarni ziyorat qilib duolar o‘qishlari man etilmasligini ta’kidlaydi. Ziyoratga borishdan oldin taom uchun barcha xarajatlar qilingan yaxshi niyatda «oqlik» ya’ni oq matoga o‘rab olib ketilgan.
YOz oylarida ziyoratgohlarda sayyillar munosabati bilan aholining kelishi tobora ortgan. Ziyoratchilarning yoshi va maqeini nazarda tutgan holda ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
An’anaviy ziyoratchilar guruhi. Muqaddas joylarni ziyorat qilish asosan jamoa asosida anoanaviy tarzda amalga oshirilgan. Bunday vaqtda ziyoratchilar soni ettitadan kam bo‘lmasligi ham nazarda tutilgan.
1. Turmush qurayotgan yoshlar guruhi. Bu yoshdagi ziyoratchilar toifasi bo‘lajak turmushni mustahkam bo‘lishini niyat qilgan hola oilasi yoki o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilar bilan ziyoratga keladilar.
2. Turmush qura olmagan ya’ni baxti ochilmagan yoshlar guruhi. Aksariyat hollarda oila aozolari bilan ziyoratga keladilar. Ular ziyorat chog‘ida muqaddas hisoblangan daraxtlarni quchoqlab «Xudoyim baxtimni bergin, yuzimni yorug‘ qilgin, yo‘limni ochgin» degan niyatlarni aytadilar. Bunday yoshlarning tasavvuriga ko‘ra ularni kimdir ko‘rolmay «yo‘lini boylab qo‘ygan» shu sababdan uylanolmaydi yoki turmushga chiqa olmaydi. Faqatgina ziyoratdan so‘ngina ular bu banddan xalos bo‘lishlari mukin.
3. YAngi turmush qurgan yoshdagilar guruhi. Oilada tez tez bo‘lib turadigan oilaviy mojaralar yahni ikki yoshni bir-biriga ko‘nglisizligi. Buning ham asosiy sababi go‘yo ularni kimdir bir-biridan «eskicha ilm» bilan sovutib yuborgan. Agar ular mazorni ziyorat qilsalar bu noxushlikdan xalos bo‘ladi deb qaralgan.
4. Farzand ko‘rmayotgan oilalar. Bunday oilalar ziyoratchilarni asosiy qismini tashkil etadi. SHu sababdan «Mazorbuvadan farzand so‘rash» uchun tez-tez borish ularda anonaviy tu solgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |