A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarda ritual taomlar



Download 1,83 Mb.
bet80/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

3.Muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarda ritual taomlar.

Muqaddas joylardagi ritual taomlar.

1. CHalpak

2. Holvaytar.

3. Bo‘g‘irsoq.

4. Moshkichiri.

5. SHulon.

6. Sumalak

7. Palov

8. SHo‘rva.



CHalpak. Etti chorshanba ettita chalpak pirib yarmini masjidga va yarmini yaqindagi muqaddas mazorga olib borilib quroon o‘qitilgan. CHalpakni 3, 7, 11 dona toq sonlarga asosan pishirishlarida o‘ziga xos qarashlar mavjud. 3 raqami Hizr payg‘ambarni, 7 raqami Bahouddin Naqshbandni, 11 raqami esa G‘avsul Aozam ya’ni Abdulqodir G‘iloniy bilan bog‘liq deb qaralgan. L.A.Troiskayaning keltirigan ma’lumotlariga ko‘ra maddoxlar avliyolar haqida o‘zlab bergan qissalari uchun quyidagi tarzda o‘ziga xos taksa ya’ni xizmat haqqi olganlar. Abdulqodir G‘iloniy haqidagi qissasi uchun 11 tanga, Bahaouddin Naqshband qissasi uchun 7 tanga, Hizr haqidagi qissa uchun 3 tanga. Ma’lumotlarga ko‘ra, tariqat piri Bahouddin 7 raqamini tabarruk deb yaxshi ko‘rar ekan. O‘zi ham etinchi oyda tavallud topgan, etti yoshida qurooni yod olgan, etmish yoshida bu olamdan ko‘chgan. Bu o‘rinda etti raqamini o‘ziga xosligi va ziyoratchilarni etti chalpak pishirishlarida xudi shunday qarashlar mavjudligini inobatga olish lozim bo‘ladi. Bizningcha etti aziz tushunchasi zamirida zardo‘shtiylik dinidagi etti muqaddas ilohlar kulpti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Holvaytar. Ushbu taom muqaddas joylardagi taomlar ichida alohida o‘rin tutadi. Ularni azizlarning taomi deyishadi. Holvaytar tayyorlashdan maqsad avvalo taomni tanovul qilish uchun emas balki, bu taomni tayyorlash orqali muammolarini hal bo‘lishi uchun o‘tganlar ruhidan madad so‘rash tushunchasi yotadi. CHunki holvaytar dog‘ qilingan yoqqa un solib sal qizarguncha qovurib ustidan shakar eritilgan suv quyib tayyorlanar ekan, undagi dog‘ qilingan yog‘ va unning magik xususiyat bor deb qaralgan. CHunki dog‘ qilingan yog‘dan chiqan isdan ajdodlar va mazordagi aziz avliyolar ruhi bahramand bo‘ladi deb qaralgan. Un esa oqliq, oq bor joyga yovuz kuchlar yaqinlasha olmaydi. Axborotchilarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, har bir ishni boshlashdan oldin holvaytar pishirilishi va imkon qadar uni bolalarga tarqatish lozimdir. CHunki bolani farishtaga qiyoslaganliklari uchun ularning duosi tezroq ijobat bo‘ladi va oldinga maqsad qilib qo‘yilgan ishlar tez ro‘yobga chiqadi.

Bo‘g‘irsoq. Muqaddas qadamjoga kelgan ziyoratchilarga shayx ayol bola shaklidagi bo‘g‘irsoq bergan. Ushbu taomni farzand ko‘rmayotgan er va ayol egan. SHuningdek O.V.Gorshunovaning ta’kidlashicha, Farg‘onalik ayollar homilador bo‘lsa yoki homilador bo‘lishni istasa, marosimlarda pishiriluvchi bo‘g‘irsoqni er ekanlar. Bo‘g‘irsoqning shakliga qarab, ayolni qanday farzand ko‘rish tilagi borligini bilish mumkin ekan. CHunki, bo‘g‘irsoq shakliga qarab ayol va erkak kishining jinsiga bo‘lingan.

Moshkichiri. Ko‘k yo‘tal bilan og‘rigan bolalarga ko‘k mazorlarda mosh qo‘shib pishirilgan taom. Axborotchilarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra mosh ham ko‘k bo‘lganligi uchun ko‘k bilan bog‘liq mazorlarni xos taomi hisoblangan.

SHulon. Ushbu taom ziyoratchilarni olib kelgan masaliqlarini barchasi bir qozonga tashlab pishirilgangaligi uchun shu nom bilan atalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra SHulon-umumlashgan degan manoni anglatadi.

Sumalak. Ma’lumki, bahor faslidagi Navro‘z tantanalari asosan muqaddas mazorlarda nishonlanganligi uchun sumalak ham muqaddas mazorlarning shayxlari tomonidan tayyorlangan. Masalan sobiq ittifoq tuzumi davrida ham garchand SHohimardonda mazor bo‘lmasada, Hazrat Ali va Bibi Fotima hamda uning farzandlari imom Hasan va imom Husaynga atab bahor oyida sumalak pishirish anoanasi saqlab qolingan.Maolumotlarga ko‘ra, sumalak tayyorlash vaqtida ham befarzand ayollar 3,5,7 dona yong‘oqni «Kelasi yil yanagi sumalakka qadar farzand ko‘ray», deb sumalak pishirilayotgan qozonga tashlaganlar va sumalak pishgach shu yong‘oqlarni olib eganlar. Axborotchilarning bergan maolumotlariga ko‘ra, sumalak bir xonadonda etti marta pishirilsa savobi ko‘p bo‘lar ekan. SHuningdek, sumallakka tashlangan toshni hosiyatli deb qaraganlar. Sumalak toshini «serhosil bo‘lsin» deb daraxt ostiga ko‘mganlar, baozilar esa toshchalarni xonadondan qut baraka arimasin degan niyat bilan saqlab qo‘yganlar. Bundan tashqari, bolasiz ayol sumalak pishirilgan o‘choqdagi o‘t tortilgach, o‘choqqa kirib o‘tirgan. Ko‘rinib turibdiki, sumalak pishirish bu ayollarga xos odat bo‘lib, uni tayyorlashda o‘choqqa o‘t yoqishdan tashqari barcha ishlar ayollar tomonidan bajarilgan. Demak, sumalakni Bibi Fotima bilan bog‘liq ekanligini o‘zi mazkur taomni ayollar tayyorlashi va taom pishirish chog‘ida ayolarga xos marosimlar bajarilishi lozimligi ko‘rsatadi. SHu bois V.I.Kushelevskiy sumalakda erkaklar ishtirok etmasligini ular devor ortidan bu marosimni ko‘rish bilan cheklanib qolishlarini yozgan edi.

Palov. Ushbu taom millif taom bo‘lsada biroq ziyoratogohlarda ritual tamo sifatida qaralgan. CHunki har bir ziyoratchi niyat qila turib ziyoratgohda albatta palov qilishni rejalashtirgan.

SHo‘rva. Ziyoratgohlarda jonliqa so‘yilgan hayvon go‘shtidan sho‘rva solish anotanaviy xaraktergan ega. Bu taomni ham ziyoratchilar ming dardga davo deb qaraganlar.

YUqorida biz xalifalikning dastlabki davrlaridan boshlab muqaddas mazorlarni ziyorat qilish diniy tusga kirganligini aytib o‘tgan edik. Bu holat ayniqsa, xalifalikda yuz bergan urushlar, tahlikali yillarda yaoni haj qilish uchun yo‘llarda xavf-xatarning ko‘payib ketganligi vaqtida yanada kengroq tus olgan. Ziyoratga tashna bo‘lgan ahli mo‘minlar haj amallarini bajarib, musulmonlarning farz arkonlarini ado eti etish uchun turli joylarni ziyorat etish bilan o‘zlaridagi tashnalikni qondirish ilinjida bo‘lganlar. SHu sababdan ham XI-XII asrlarda eng ko‘p ziyorat qilinadigan mazorlar Kaobaga ziyoratiga borishning imkoni yo‘qligi tufayli Makkadagi haj vazifasini bajargan. O‘sha davrlarda bunday muqaddas mazorlarni ziyorat qilish nafaqat Iroqning Karbalo va Najaf shaharlarida balki Samara shahrida tashkil qilingan edi. Bu shaharda Kaoba va Arofat hamda Mino tog‘lariga o‘xshash sunoiy ravishda qurilgan muqaddas joylarni ziyoratchilar tavof qilganlar. O‘rta Osiyoda Samarqanddagi Qusam ibn Abbos qabrini ziyorat qilish Kaoba ziyorati bilan tenglashtirilgan. SHu sababdan ziyoratchilar Kaoba atrofida etti marta aylanganlaridek, bu mazor atrofida etti bor aylanganlar. Xurosonda esa Imom Rizo mazori shu vazifani bajargan edi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish