Bahouddin Naqshband (Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy)



Download 80,58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.04.2022
Hajmi80,58 Kb.
#531715
Bog'liq
Bahouddin Naqshband - Vikipediya



Bahouddin
Naqshband
Bahouddin Naqshband (Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshband al-Buxoriy)
(1318-yil, 
Chigʻatoy ulusi

Buxoro
 yaqinidagi 
Qasri Hinduvon qishlogʻi
 — 1389-yil, 
Temuriylar
imperiyasi
, Buxoro yaqinidagi 
Qasri Orifon qishlogʻi
) — mashhur avliyo, 
naqshbandiya
tariqatining asoschisi. Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, Balogardon, Xoʻjai Buzruk, Shohi
Naqshband nomlari bilan mashhur
U tugʻilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik Bahouddin Naqshband sharafiga Qasri
Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Lekin
Bahouddin Naqshband 
Muhammad paygʻambar
avlodlariga mansub sayyidzodalardan
ekanligi qayd etilgan va ota tomondan 11-imom Imom Xasan al-Askariyning ikkinchi oʻgʻli
Sayyid Ali Akbarni avlodi hisoblanadi
[1][2][3][4][5][6][7][8]
. Otasi Muhammad Buxoriy toʻquvchi
hamda oʻyma naqsh soluvchi (naqshband) boʻlgan. Bahouddin Naqshband taqdirida bobosi
Sayyid Jaloliddin Buxoriyning alohida xizmati bor. U sufiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu
sababli nabirasida ilohiyotga katta qiziqish uygʻotdi.
Bahouddin Naqshbandning birinchi piri — ustozi 
Xoja Muhammad Boboyi Samosiy
edi. Keksa
shayx yosh Bahouddin Naqshbandni tarbiyalashni oʻrinbosarlaridan boʻlmish 
Amir Sayyid
Tugʻilgan joyi va kelib chiqishi
Pirlari


Kulolga
 topshirdi. U tariqat bobida bilganlarini oʻrgatib boʻlgandan keyin shogʻirdiga ijozat
beradi. Bahouddin Naqshband ilm istab, 
yassaviya
tariqati shayxlarining mashhur vakillaridan
boʻlmish 
Qusam shayx
 oldiga, 
Naxshab
(hozirgi 
Qarshi
) shahriga boradi. Uch oy undan taʼlim
oladi. Bahouddin Naqshbandning bu pirga ixlosi baland boʻlgan, ayni chogʻda Qusam shayx
ham uni oʻz oʻgʻlidek bilib, muridiga cheksiz hurmati tufayli umrining oxirigacha 
Buxoroda
yashab, shu yerda vafot etadi. Bahouddin Naqshbandning deyarli butun umri Buxoro va uning
atrofidagi qishloqparda sufiylik bilan oʻtgan. U ikki marta haj qilgan. Gʻaribona hayot
kechirgan, faqat oʻz mehnati — kimxobga naqsh (gul) solish bilan kun koʻrgan. Xizmatkor yoki
qul saqlashni gunoh deb bilgan.
Bahouddin Naqshband xalq orasida „Balogardon“ (yaʼni duo bilan baloqazoni daf qiluvchi)
unvoni bilan ham mashhur. Oʻz taʼlimotini yaratishda 
Yusuf Hamadoniy
 va 
Abduxoliq
Gʻijduvoniy
 nazariyalariga asoslangan. Taʼlimotining asosida „Dil-ba yor-u, dast-ba kor“
(„Koʻngil Xudoda boʻlsin, qoʻling mehnatda“) degan shior yotadi.
Bahouddin Naqshband tasavvufdagi ilgarilari amalda boʻlgan qattiq talablarni bir qadar
yumshatdi, moʻʼtadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Uningcha, 
Allohga
intilish koʻngil
bilan amalga oshishi kerak. Qoʻl esa ish — mehnat bilan band boʻlaversin. Bahouddin
Naqshbandning tarki-dunyochilik qilmay, demakki, bu dunyo ishlaridan ochiq-oshkor qoʻl
silkimay turib ham Allohga yetishish mumkinligi haqidagi gʻoyasi musulmon olamida
tasavvufning juda keng aholi qatlamlari ichiga kirib borishini taʼminladi.
Bahouddin Naqshbandning qabri azaldan ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga
oʻtirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband
daxmasini ziyorat qilishgan. 
Abdulazizxon
 1544-yil Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida
ulkan bir 
xonaqoh
qurdirgan. Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati
keng yoyildi. XV asrda 
Xoʻja Ahror Ubaydulloh Valiy
bu tariqatning eng yirik rahnamosi sifatida
maydonga chiqdi. 
Abdurahmon Jomiy

Alisher Navoiy

Zahiriddin Muhammad Bobur
,
Boborahim Mashrab
kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar. Ular ijodida
naqshbandiya gʻoyalari keng va atroflicha targʻib etildi.
Taʼlimoti
Dinga hissasi
Bahouddun Nashband maqbarasi


Bahouddin Naqshband haqida, uning taʼlimoti xususida, naqshbandiy shayxlar toʻgʻrisida
talay asarlar yaratilgan. Birgina Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar xazinasining oʻzida naqshbandiyaga doir 195
kitob mavjud. Jumladan, Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning „Anisu-t-tolibiyn va uddatu -s-
solikiyn“ („Toliblar oshnasi va soliklar rahnomasi“) asarida (1383) Bahouddin Naqshbandning
hayot tarzi, kashfu karomatlari va purhikmat soʻzlaridan namunalar beriladi. Bu asar
„Maqomati hazrati Xojai Naqshband“ nomi bilan yuritiladi. Shu muallifning 4 qismdan iborat
„Manoqibi Xoja Bahouddin Naqshband“ („Xoja Bahouddin Naqshbandning taʼrif va tavsiflari“)
asari ham bor. Bulardan tashqari Bahouddin Naqshbandning suyukli xalifasi 
Xoja Muhammad
Porso
 yozib qoldirgan bir necha asar orqali valiylikning taʼrifi, Bahouddin Naqshbandning
tariqatdagi ilk davrlari, uning suhbatlari va hikmatli soʻzlari bilan tanishish, 
islom
aqidasi,
ibodat, shariat va tariqat ahkomlaridan baxramand boʻlish mumkin.
Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi (1993) munosabati bilan Oʻzbekistonda
alloma taʼlimotini oʻrganishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro davlat universiteti huzurida
„Naqshbandiya“ ilmiy markazi ish boshladi. U yerda tasavvufiy-irfoniy merosni tadqiq etish
yoʻlga qoʻyildi. Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasida ham „Naqshbandiya“ markazi tuzildi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
K6ul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali, Bahruddin Balogardon, T., 1993; Idris
shoh, Na-qshbandiy tariqati, T., 1993; Nasafiy, Hazrat Bahouddin Naqshband, T..
1993;Sadrildin Salim Buxoriy, Dilda yor, T., 1993; Qayumov A., Bu ogʻang ila boʻlgʻa-sen
Naqshband…, T., 1993; Izzat Sulton, Bahouddin Naqshband abadiyati. T., 1994;
Sultonmurod Olim, Naqshband va Navoiy, T., 1996.
1. 
[al-Kafi, by Muhammad Yaʼqub Kulayni. Translated by Muhammad Sarwar. Chap. 124, Birth of Abi
Muhammad al-Hasan ibn 'Ali, p.705]
2. 
Baha-ud-Din Naqshband Bukhari — Lineage (http://www.liquisearch.com/baha-ud-din_naqshband_bu
khari/biography/lineage)
Bahouddin Nashqbandni oʻrganish
Hozirgi kunda
Adabiyotlar
Manbalar


3. 
Dr.Annemarie Schimmels book „Pain and Grace: A Study of Two Mystical Writers of Eighteenth-
Century Muslim India“ BRILL, 1976, p.32
4. 
Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan(genealogy of the family of Hazrat Eshan)(by author and
investigator:Muhammad Yasin Qasvari Naqshbandi company:Edara Talimat Naqshbandiyya Lahore)p.
63
5. 
ZiaIslamic „Gulzar auliya“ (https://www.ziaislamic.com/interface/Gulzar_auliya/5.html)

Darood E Pak Ki Fazeelat (https://fr-fr.facebook.com/DaroodEPakKiFazeelat/posts/374599002647
160)
7. 
Baha-ud-Din Naqshband (R.A) (http://webcache.googleusercontent.com/search?q=cache:nia7sTjirh0
J:http://baabeamoor.com/major-aulia-e-karam/hazrat-bahaauddin-naqshbandi-r-a/%2BBahauddin+N
aqshband+syed+bulaq&newwindow=1&hl=ru&gbv=2&ct=clnk)

[Frederic P. Miller, Agnes F. Vandome, John McBrewster „Baha-ud-Din Naqshband Bukhari“ 2011, 
ISBN
978-6-1341-5642-4
]
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
 
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Baho
uddin_Naqshband&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Bahouddin_Naqshband&oldid=
2263076
" dan olindi 


 
Soʻnggi tahrir 7 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 80,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish