A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Davlat arboblari va mashhur shaxslar bilan bog‘liq ziyoratgohlar



Download 1,83 Mb.
bet131/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

2. Davlat arboblari va mashhur shaxslar bilan bog‘liq ziyoratgohlar.

«Amir Temur maqbarasi». XIV asrning so‘nggi yillari Sohibqiron Amir Temurning Kichik Osiyoga qilgan yurishi yangi-yangi zafarlar bilan boyib bormoqda. Amir Temur jo‘nat­gan chopar, 1401 yili poytaxtga etib kelib, bobosi tomonidan Samarqand hokimi qilib tayinlangan Muham­mad Sultonga sohib­qiron­ning maktubini top­shir­­di. Maktubda, bobosi Muhammad Sultonni o‘z yoniga, ya’ni, Kichik Osiyoga zo‘dlik bilan chorlagan edi. Bobosi unga Forsning shimoli-g‘arbiy viloyatlarini tortiq qilmoqchi edi. Kichik Osiyoga etib kelgan Muhammad Sulton bu erda olib borilayotgan urush harakatlarida ham qatnashib o‘z jasorati bilan hukmdor bobosini yana xushnud etadi. Turkiyada olib borilgan harbiy harakatlar zafar bilan yakunlangach, Muhammad Sulton bobosining ruxsati bilan o‘ziga in’om qilingan viloyatlar tomon yo‘lga tushadi. Ammo, Muhammad Sulton ko‘zlangan manziliga etib borolmadi, yo‘lda to‘satdan kasallanib 1403 yil­ning bahorida, Qorahisor yaqinida vafot etadi. Taxt vorisi, 29 yoshli jasur Muhammad Sultonning bevaqt o‘limi Amir Temurni chuqur qayg‘uga soldi. Motam e’lon qilinib, barcha qo‘shin qora va ko‘k libos kiydi, hattoki, oq ot minish ham taqiqlandi.

SHahzodaning tanasini Arzirum yaqinidagi Onik shahriga keltiradilar va bu erda boshqa tobutga solishib Sultoniyadagi avliyo Haydar qabristo­ni­ga dafn etadilar. Sohibqiron Onik shahriga etib kelib nabirasiga bag‘ishlab katta xudoyi beradi, ruhiga Qur’on tilovat qiladi. Sohibqiron Samar­qandga chopar jo‘natib, Muhammad Sultonga atab u qurdirgan madrasa yonida maqbara qurishga buyruq beradi. Muhammad Sulton vafotiga bir yil to‘lishi munosabati bilan, Amir Temur yil oshi berdi, shundan so‘ng, shahzodaning onasi Suyunch Og‘a sohib­qiron­ning ijozati bilan o‘g‘lining tanasini Sultoniyadan Samarqandga olib ketadi... Muhammad Sultonning jasadini madrasa yonida yangi qurilgan maqbaraga dafn etadilar. Oradan ozgina vaqt o‘tgach sohibqiron poytaxtga qaytadi va nabirasini qabri­ni ziyorat qiladi. Ammo, sohibqironni bu maqbara qanoatlantirmaydi. Amir Temur suyukli nabirasi Muhammad Sultonning xotirasiga ulug‘vor maqbara bunyod qilishga farmon beradi. SHu tariqa, 1404 yilning kuzida hozirgi Amir Temur maqbarasining qurilishi boshlanadi. Keyingi sharoitlar tufayli bu maqbara nafaqat Muhammad Sulton uchun, balki, Amir Temur, Mir Sayid Baraka, Mironshoh, SHoh­ruh va Ulug‘beklar uchun ham abadiy oromgohga aylanadi.

Bu maqbara tez sur’atlar bilan qurilayotgan vaqtda sohibqiron Xitoy yurishiga otlanadi, ammo, hozirgi Qozog‘iston territoriyasidagi O‘tror shahri­da kasallanib, 1405 yilning 18 fevralda vafot etadi. Sohibqironni tanasini Utrordan olib kelishib Muhammad Sulton qabri yoniga dafn etdilar.

Amir Temur maqbarasi Xalil Sulton hukmron­ligi davrida oxiriga etgan, degan fikrlar mavjud. Ammo, u bobosi Amir Temur va Muhammad Sulton­larning jasadlarini yangi maqbaraga ko‘chirib o‘tka­zishga ulgurmagan edi. 1409 yili Mirzo SHohruh Samar­qand taxtini Xalil Sultondan tortib oladi, uni taxtdan tushirib Eronning Ray shahriga hokim qilib tayinlaydi.

Mirzo SHohruh hozirgi Afg‘onistonning Andhoy shahridan 1403 yilning qishida vafot etgan, otasining piri, ulug‘ shayx Mir Sayyid Barakaning xoki­ni olib keltirib yangi maqbaraga dafn etdirdi, so‘ng­ra, Amir Temur va Muhammad Sultonlarning jasadlari ko‘chirib o‘tkazildi. SHu tariqa Go‘ri Amir maqbarasi temuriylar sulolasining xilxonasiga aylandi...

Mirzo SHohruh Samarqand taxtiga o‘g‘li Ulug‘bekni o‘tqazib o‘zi Xurosonga qaytib ketadi...

Samarqandda barpo qilingan bu ulug‘vor maqba­ra haqida juda ko‘p yozilgan. Ne-ne sayyohlar uning salobati va ulug‘vorligi oldida lol qolmagan deysiz.

Maqbara ikki qavatli bo‘lib uning pastki qava­tida sag‘ana ustida esa ziyoratxona qurilgan. Sag‘ana va ziyoratxona ustida dumaloq shaklli, sakkiz qarrali inshoot qurilgan. Maqbaraning moviy gumbazi ham ikki qavatli bo‘lib, ularning orasidagi markaziy bino ichini o‘ta isib yoki sovub ketishdan saqlagan. Maqbaraning ikki yonida ikki ulug‘vor minora ko‘kka bo‘y cho‘zib turibdi. Dastlabki loyi­h›aga ko‘ra maqbaraga shimoliy tomonidan kirilgan, Mirzo Ulug‘bek o‘z hukmronligi davrida bu eshikni yopib sharqiy tomonda galereya qurgan va yangi eshik ochgan. Maqbaraning ichki va tashqi devorlari, gumbazi, rang-barang koshinlar, naqshlar bilan qoplangan. SHuningdek, devorlarga Qur’ondan suralar yozilgandir. Ayniqsa, maqbara gumbazning ichki tomonida oltin suvi bilan ishlangan nafis, jimjimador naqshlar barchani hayratga soladi. Maqbara hovlisiga CHo‘ponotadan keltirilib silliqlangan toshlar yuksak did bilan terilgan.

YUqorida aytganimizdek, maqbara sag‘ana va ziyoratxonadan iborat bo‘lib, sag‘anada haqiqiy jasadlar dafn etilgan. YUqoridagi ziyoratxonada esa pastdagi qabrlarning aynan nusxalari yasalgandir. SHu sababli, ko‘pchilik, haqiqiy jasadlarni qaerda ekanligini ham chalkashtiradilar.

Pastdagi sag‘ana har qanday bezaklardan xoli, oddiy qurilgan bo‘lsa, ziyoratxona o‘ta hashamatli qilib bezatilgandir. Bu erdagi qalbaki qabrlar atrofi qimmatbaho aqiq (oniks) toshdan, jimjimador qilib yasalgan panjara bilan o‘ralgan. Gumbazning shiftiga esa charog‘on nur sochuvchi qimmatbaho qandil osilgan. Maqbara gumbazining tepasida sof oltindan yasalgan kattakon qubba quyosh nurlarida yarqirab turgan. Maqbaraning fil suyagi va har xil qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan eshiklarini o‘z davrining eng mohir ustalari yasaganlar.

Ushbu maqbaraga Mir Sayyid Baraka, Amir Temur va Muhammad Sultonlardan keyin, sohib­qiron­ning o‘g‘illari Mironshoh, SHohruh va nabirasi Mirzo Ulug‘beklar ham dafn etilgan. Olimlarning fikrlaricha, maqbaraga, shuningdek, Sayid Umar va Ulug‘bekning bevaqt vafot etgan ikki o‘g‘il­chalari­ning jasadlari ham dafn etilganlar.

Tarixiy manbalarda yozilishicha, maqbaraning ikki yonida Muhammad Sulton tomonidan barpo qilin­gan xonaqo va madrasa bo‘lgan, ammo, vaqt o‘tishi bilan bu ikki tarixiy inshoot vayron bo‘lib ketgan. Ammo, Amir Temur maqbarasi uzoq asrlarning suronlariga bardosh berib bizning kunlarimizgacha etib kelgandir.

Amir Temur va temuriylardan so‘ng Samar­qand­da huqmronlik qilgan podsholar va hokim­lar ham ulug‘ sohibqiron yotgan maqbarani ta’mir­lashga g‘am­xo‘r­lik qilganlar. Hattoki, uzoq Hindi­ston­da huqm­ronlik qilayotgan boburiy Avrangzeb, ulug‘ bobokoloni Amir Temurning maqbarasiga g‘amxo‘rlik qilgan, u shu maqsadda Samarqandga Hindistondan mablag‘ jo‘natgan. Maqbara samarqand­liklar orasida ham katta ehtiromga ega edi, biror kishi maqbara yonidan ot minib o‘tmas, o‘tayotganlar qur’ondan oyatlar tilovat qilar edilar...

1868 yili ruslar Samarqandni istilo qilgan­larida bu ulug‘vor maqbara yaxshi holatda edi. Ayrim rus olimlari maqbarani har tomonlama o‘rganishga kirishdilar. Lekin, aynan shu davrlarda maqbara boshiga qora kunlar tushdi. Maqbara gumbazining tepasidagi oltin qubba o‘g‘irlandi, naqshinkor, fil suyagi va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan eshik o‘g‘irlanib xorijga olib ketildi. SHuningdek, maqba­raning jimjimador panjarasi qo‘porilib Sankt-Peterburgga jo‘natildi, 1903 yilning 18 mayida shimoli-g‘arbiy minora qo‘lab tushdi. Rus ma’muriyati maqbara atrofida barpo qilgan bog‘dan suv qochib sag‘anadagi qabrlarni ikki marta suv bosdi. 1905 yili maqbara eshigi tepasidagi yozuv bitilgan nafis panno ham o‘g‘irlab ketildi...

1907 yilning 8 oktyabrida yuz bergan zilzila tufayli qarovsiz qolgan maqbara ziyon ko‘rdi. 1923 va 1929 yillarda yodgorliklarni asrash komissiyasining xodimlari maqbarada ayrim ta’mirlash ishlarini o‘tkazdilar.

1941 yilning 16-22 iyun kunlari Hukumat ekspeditsiyasi tomonidan Amir Temur maqbarasidagi qabrlar birin-ketin ochildi. Birinchi bo‘lib Amir Temurning o‘rtancha o‘g‘li Mironshohning qabri ochildi. Qabr ustidagi marmar plita ochilgach, marmardan terib yasalgan lahad ko‘rindi. Qabrni suv bosganligi uchun suyaklar chirib murtlashib qolgan, jasad sof musul­mon odaticha dafn etilgan ekan. Qabrdan oshiqcha narsalar topilmadi. Jasad takroriy dafn etilganligi, ya’ni, boshqa joydan ko‘chirib kelganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Mironshohning qabri ochilgandan so‘ng, Mirzo SHohruhning qabrini ochishga kirishildi...

Sohibqiron Amir Temurniing kenja o‘g‘li Mirzo SHohruh 1447 yili 70 yoshida Forsda vafot etgan. Uni dastlab Hirot shahriga dafn etganlar, so‘ngra Mirzo Ulug‘bek tomonidan Samarqandga keltirilib Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan. SHohruh qabri ustidagi marmar toshda uning tug‘ilgan va vafot etgan sanalari yozilgan. Bu qabrtosh ko‘chirib olinganida, marmar toshlardan yasalgan lahad ko‘rindi. Lahaddagi jasad musulmoncha marosim bilan dafn etilganligi ko‘rinib turibdi. Jasadning ustida kafan qoldiqlari saqlangan, qabrni suv bosganligi uchun suyaklar va kafan chirigan. Jasad mumiyolangan bo‘lishiga qaramay zax ta’sirida ko‘p joylari chirigan ekan. Jasadning yonidan mayda toshchalar solingan yog‘och quticha va rayhon barglari solingan latta xaltacha topildi. Qabrdan chiqarilgan suyaklar kimyoviy usullar bilan qotirildi va tadqiq qilindi.

Ekspedetsiya a’zolari SHohruh qabrini ochib bo‘lish­gach Mirzo Ulug‘bek qabrini ochishga kirishdilar.

1449 yili qotil Abbos qo‘lida shahid bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek ham ulug‘ sohibqiron bobosi yotgan maqbaraga dafn etilgandir. Mirzo Ulug‘bekning qabri ochilgach, uning qabrini tuzilishi ko‘p jihat­lari bilan SHohruh qabriga o‘xshash ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu qabrni ham suv bosganligi uchun ichiga loyqa kirgan, suyaklarni chirishiga sabab bo‘lgan.

Mirzo Ulug‘bek shahid bo‘lganligi uchun musulmon odatiga ko‘ra, o‘ldirilgan paytda qanday kiyimda bo‘lsa o‘sha kiyimlar bilan dafn etilgandir. SHu sababli qabrdan Ulug‘bekning kamari, chalvori, kuylagi va boshqa liboslarining qoldiqlari topildi. Ulug‘bek suyaklarini o‘rgangan antropologlar haqi­qatan uning boshi o‘tkir tig‘ bilan kesilganligini aniqladilar.

Mirzo Ulug‘bekning qabri ochib bo‘lingach ekspeditsiya qatnashchilari Amir Temur qabrini ochishga kirishdilar. Bu ish 1941 yilning 19 iyunida boshlan­gan edi. Dastlab qabr ustidagi qalin marmar plitani ko‘chirib olishga to‘g‘ri keldi. Bu toshga sohib­qironning shajarasi yozilgandir. YOzuv bitilgan tosh ko‘chirib olinganida, lahadning og‘zini berkitib turgan 5ta marmar plita ko‘rindi. Bu plitalar ham joyidan ko‘chirib olingach, marmar toshlardan katta mahorat bilan yasalgan lahad ko‘rindi. Amir Temur­ning qabri ochilgach, u archa daraxtidan yasalgan yog‘och tobutda dafn etilganligi ma’lum bo‘ldi. Tobutning ustida esa ikki qavatli gazlamaning qoldiq­lari saqlangandi.

Pishiq va nafis qilib to‘qilgan bu gazlamalarga oltin iplar bilan arabcha yozuvlar bitilgan ekan. Ekspeditsiya qatnashchilari bu narsani birinchi marta uchratayotganliklari uchun hayron qoldilar, uni sharhlari uchun har xil taxminlar aytildi. Ayrimlar bu gazlamalar. Amir Temurning jangovor bayrog‘i desalar, boshqa bir guruh olimlar, bu gazlamalar Kaaba ustiga yopilgan kaabapush ekanligini aytganlar. Tobut ustidagi gazlamalar ko‘chirib olinib uning qopqog‘i ochilganida, Amir Temurning suyaklari ko‘rindi. Qabrni suv bosganligi uchun sohib­qironning mumiyolangan suyaklarining ko‘p qismi chirigan ekan.

Qabr ochilganda undan taralgan xushbuy hid sag‘ana ichini qoplagan edi, bu Amir Temurnig qab­riga xushbo‘y modda sepilganligidan darak beradi.

SHu o‘rinda yana bir narsani aytmoq lozimdir. Amir Temurning qabri ochilishdan oldin ko‘pchilik o‘rtasida u katta boylik bilan dafn etilgan, degan mish-mishlar yurardi. SHu sababli Amir Temurning qabri ochiladigan kuni hamma sergak, maqbara atrofiga ko‘pchilik tomoshabinlar to‘plangan edi. Qabr ochilganidan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, u hech qanday oshiqcha narsalarsiz, sof musulmoncha marosimlar bilan dafn etilgan ekan. Bundan tashqari, arab tarixchisi Ibn Arabshohning gaplari ham tasdiqlanmadi. Uning yozishicha, Amir Temur sherozlik ustalar yasagan po‘lat tobutda dafn etilgan bo‘lishi lozim edi. Biz yuqorida aytganimizdek Amir Temur po‘lat tobutda emas, archa daraxtidan yasalgan oddiy tobutda dafn etilgandir.

Hukumat ekspeditsiyasi qatnashchilari, sohib­qi­ron qabrini ochib bo‘lishgach, uning suyukli nabirasi Muhammad Sultonning qabrini ochishga kirishdilar. Ma’lumki, Muhammad Sulton bobosining chap tomonida abadiy uyquda yotibdi. Afsuski, Muham­mad Sulton qabri ustidagi yozuvli tosh o‘g‘irlab ketilgandir. Qabr ustini yopib turgan plitalar ko‘chirib olingach, uning ichida yog‘och tobutning qoldiqlari ko‘rindi. YOg‘och tobutnig ustida xuddi Amir Temurning tobuti ustidagi gazlamalarga aynan o‘xshash gazlamalar topildi. Olimlar gazlama va tobutning qopqog‘ini avaylab ko‘chirib oldilar. Tobutning ichidan kafan parchalari va rayhon barglari topildi. Muhammad Sultonning qabriga ham xushbuy narsalar sepilganligi uchun uning ichidan hamon o‘sha moddaning hidi taralib turardi. Qabrni suv bosganligi uchun Muhammad Sultonning suyaklari ham chirigan ekan. Suyaklar ximiyaviy usullar bilan qotirilgach, tekshirish uchun qabrdan chiqarib olindi.

1941 yilning 24 iyunida Go‘ri Amir maqbara­sidagi qazishmalar yakunlanib, qabrlardan chiqarib olingan Amir Temur Mironshoh, SHohruh, Ulug‘bek va Muhammad Sultonlarning suyaklari maxsus quti­lar­ga joylanib poezd bilan Toshkentga olib ketildi. Maqbaraning eshiklari muhrlanib yopib qo‘yil­di. Antropolog M.M.Gerasimov o‘zi yaratgan usul bilan Amir Temur, Mironshoh, SHohruh, Mirzo Ulug‘­bek va Muhammad Sultonlarning xujjatli portret­larini yaratdi. O‘sha davrda M.Gerasimov yaratgan bu portret­lar ko‘pchilik olimlar ishtirokida muhokama qili­nib qabul qilingan edi. Ammo, oradan yarim asr vaqt o‘tgach, antropolog M.Gera­simov­ning, bosh chanoqlari asosida odamlarning portretlarini yaratish meto­dika­sida ko‘pgina xatoliklar borligi aniq­landi.

1942 yilning oxirlariga kelib, Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihat­dan o‘rganib bo‘lingach, qaytadan o‘z joylariga dafn etildi. Lekin, qabrlardan olingan ko‘pgina narsa­lar, tobutlar va gazlamalar, Mirzo Ulug‘­bekning liboslari marhumlarning mumiyolangan tana a’zolari, kafanlar, soch-soqolari qayta o‘z joyiga qo‘yilmadi.

Amir Temur maqbarasining ichiga 9 kishining jasadi dafn etilgan bo‘lsa, uning hovlisiga 30dan oshiq marhumlar dafn etilgani ma’lumdir. Bu marhumlar temuriylar xonadoniga mansub ayollar va erta xazon bo‘lgan gudaklardirlar. Ularning qabr­lari 1950-yillargacha bus-butun turgan edi, ammo, shundan so‘ng maqbarani ta’mirlash bahonasida bu qabrlar va qabrtoshlar yo‘q qilib yuborilgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach Samar­qand­dagi boshqa me’morchilik yodgorliklari kabi Amir Temur maqbarasiga ham katta g‘amxo‘rlik qilindi, u qayta ta’mirlandi, XV asrdagi tarixiy qiyofasi qayta tiklandi.

Sohibqiron Amir Temur, Mir Sayiid Baraka, o‘g‘illari Mironshoh, SHohruh suyukli nabiralari Muham­mad Sulton va Mirzo Ulug‘beklar abadiy uyquda yotgan Go‘ri Amir maqbarasi hozirda er yuzining turli-tuman tomonlaridan Samarqandga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun muqaddas ziyoratgohga aylangandir.




Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish