A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 1,83 Mb.
bet130/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

Abu Mansur al-Moturidiy majmuasi. Samarqand shahrining kuhna qismida joy­lash­gan, bir necha yuzlab ulug‘ allomalar, sayyidlar, shayxlar, imom­lar va g‘oziylar dafn etilgan CHokar­diza qabri­stoni islom olamida Madinadagi Boqea va Makkadagi Muallo qabristonlaridan keyingi sharaf­li uchinchi o‘rinda turadi.

CHokardiza guzari, so‘ngra qabristoni joy­lash­gan maydonda IX-XIII asrlarda Samarqand shahrining rabo­di joylashgan bo‘lib, uning g‘arbiy qismida bahavo bog‘lar, ko‘shklar barpo qilingan. CHokardiza nomi «chokar» - lashkar, «diza» qal’a so‘zlarining birik­­­masi­dan paydo bo‘lib, sig‘dcha lashkarlar qaror­gohi, qal’asi» degan ma’noni anglatadi. Ilk o‘rta asrlarda bu erda shaharni qo‘riqlashga mo‘ljallangan harbiy istehkom qurilgandir.

Samarqand tarixi bir muncha yoritilgan «Qandiya» va «Samariya» kitoblarida yozilishicha, bu erda alloma Abu Ishoq bin Ibrohim Samosiyning bog‘i bo‘lgan. Allo­ma vafot etgach o‘z vasiyatiga binoan uni ushbu bog‘ning eng baland joyiga dafn etganlar.

944 yili shayx Abu Mansur al-Moturidiy Samar­qandda vafot etgach uni ham ushbu boqqa dafn etganlar. SHu tariqa bu erda yangi kabriston shakl­lana boshlagan. CHokardiza qabristoniga ayniqsa XI-XIII asrlarda juda ko‘plab ulug‘ allomalar dafn etil­ganligi tarixiy manba­larda ham qayd etilgandir.

1999 yilning dekabr oyida Prezidentimiz I.A. Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka­ma­sining «Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavallu­di­­ning 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi Qaro­riga imzo chekdi.

SHundan so‘ng Prezidentimizning shaxsiy tasha­b­­busi va bevosita ko‘rsatmalari bilan CHokardiza qab­ri­­s­tonida, Imom Moturidiy qabri ustida memo­rial majmua qurilishi boshlandi. Muqaddas CHokar­diza qabristoni 1948 yildan boshlab buzilganligi va uning ustida hovli joylar qurilganligi uchun O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya insti­tuti olimlariga CHokardiza qabrisonini ilmiy jihatdan o‘rganish va Imom Moturidiy qabrini aniqlash vazifasi topshirildi.

Arxeologlar to‘rt oy mobaynida CHokardiza qabri­stoni o‘rnida tadqiqotlar olib borishib bu qabri­stonning umumiy maydoni va qatlamlarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar.

Tadqiqotlar natijasida CHokardiza qabristo­ni­ning umumiy maydoni 4,5 ga ekanligi, bu erda qab­rlar ay­rim joylarda 5-6 qavatga etishi aniqlandi. SHuning­dek, XIV-XV asrlarda Sohibqiron Amir Te­mur tomonidan sayyidlar uchun qurdirilgan maqba­ra, Imom al-Moturidiyning qabri yonida bar­po qi­lin­gan masji­dning poydevori, Imom Motu­ridiy va uni­ng nabirasi Maxmud ibn Umar Xasan al-Motu­ri­diy al-Ansoriyning qabrlari aniqlanib o‘rganildi.

Qazishmalar paytida hali shaxsiyatlari fanga noma’lum bo‘lgan 30 dan oshiq allomalarning qabr­lari ustiga qo‘yilgan qabrtoshlar ham topildi. CHokardiza qabristoni ustiga qurilgan bir necha hovli joylar ko‘chirilib, Imom al-Moturidiy qabri ustiga hasha­matli maqbara bunyod qilindi. Maqbara ichiga Imom Moturidiyga bag‘ishlab marmar kabrtosh o‘rnatildi. Ushbu toshning ustiga: «Inson vafot etgach barcha amal­lari to‘xtaydi, magaram uch amali davom etadi: birin­chisi, sadaqai joriyalari; ikkin­chisi o‘rgangan ilmi-amallari va uchinchisi undan qolgan soliq farzand­lari» degan hadis yozilgandir. Maqbaraning naqshin­kor eshiklariga ham yozuvlar bitilgan bo‘lib, uning janu­biy va shimoliy eshik­lariga bir xilda: «Fuqaro­larga jannat eshiklari ochiqdir. Marhumlarga Olloh­ning rahmatlari nozil bo‘ladi» degan yozuv bitil­gandir.

Maqbaraning sharqiy eshigini ikki tabaqasiga ikki xil yozuv bitilgan. 1-tabaqaga «Ollohning xuzu­ri­ga qaytadtgan kundan qo‘rqinglar», 2-tabaqasiga esa «Ey, Parvardigor, bizlarga rahmat eshiklarini ochgin» degan yozuvlar bitilgandir.

Ushbu mo‘jaz maqbarada o‘zbek me’mor­chil­i­gi­ning bir necha ming yillik boqiy an’analari o‘z ifodasini topgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

2000 yilning 17 noyabrida Prezidentimiz I.A. Kari­mov yangi majmuani tantanali ochdi va Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yillik tantanala­rini boshlab berdi.

Bir necha ming yillik Samarqandda yana bir muqaddas maskan CHokardiza qabristoni yana ziyorat­chi­larni qabul qila boshladi.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish