A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 1,83 Mb.
bet138/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

«G‘oyib ota». Payariq tumanining chelak bozori yonidagi muqaddas qadamjo «G‘oyib ota» deb nomlanadi. Bu erning G‘oyib ota deb nomlanishi tarixiy shaxs nomi bilan bog‘liq bo‘lib, kishi shayx Xo‘ja Xasan ibn Abdulloh ibn Safar, Miyonkoli as-Samarqandiydir. U kishi 1750 yilda Samarqandning So‘g‘d qishlog‘ida tavallud topgan. U dastlab eski maktabda, so‘ng Samarqanddagi Tillakori madrasasida 7 yil tahsil oladi. Uni asosan islomdagi diniy-falsafiy ta’limoti tasavvuf ilmi ko‘proq qiziqtirgan. Bu zotdan avvalroq yashab o‘tgan Musaxonto‘ra Dahbudiy degan zot Mahdumi A’zamning avlodlaridan bo‘lgan. U kishi Naqshbandiya tariqatining davomchilaridan bo‘lgan Hindistonga ham safar qilib, u erda ham faoliyat yuritganlar. 1750 yilda M.Dahbediy vafotidan so‘ng uning xalifalari ishini davom ettiradilar. SHayx Xo‘ja Xasan ham shu tabarruk zotning xalifalaridan bo‘lganlar. U kishi o‘z zamonasida islom ilmini ham chuqur o‘zlashtirgan kishilardan bo‘lgan. Ilm o‘rganganlaridan so‘ng Musaxon Dahbediydan guvohnoma olgach, CHelak qo‘rg‘oniga kelib maktab ochadi. Samarqand, Buxoro, Turkiston va Xorazmdan kelgan ilm toliblari SHayx Xo‘ja Hasandan ilm o‘rganadilar. Oqil va donoliklari sabab atrofida ko‘plab ixlosmand kishilarning ko‘payishi va e’tiqodqilishlariga erishganlar. 1800-1821 yillarda hukmronlik qilgan Amir Haydar ham Xo‘ja Hasanni o‘z piri deb bilgan va unga muridi sifatida sig‘inganlar. Amir Haydar shayx Xo‘ja Hasandan maslahatlar ham olib turgan.

1821-yilda Samarqandda qipchoq va boshqa urug‘ vakillari Amir Haydar va ulamolarga qarshi isyon ko‘taradilar. Natijada qurbonlar bo‘nib, qishloqlar kulga aylanadi. Ayanchli zulmining guvohi bo‘lgan Xo‘ja Hasan shogirdlari bilan Buxoroda, Amir Haydar huzuriga borib, hukmdorlar va ulamolarning g‘ayri diniy ishlari, zulmlari, og‘ir soliqlar solib, xalqni xonavayon qilayotganliklari haqida arz qiladi. Amir arzni inobatga olib, o‘sha zulmkorlarga jazo berajagini va’da qiladi. U Xo‘ja Hasanni ortga jo‘natar ekan, xalqni murosaga chaqirib, viloyatda tinchlik o‘rnatish lozimligini tayinlaydi. Xo‘ja Xasan o‘zbek elatlari boshliqlarini yig‘ib, Amir Xaydar nomidan haqiqat va adolat tiklanishini va’da berib, xalqni tinchlikni saqlashga da’vat etadi. Ammo SHayx da’vatidan ranjib, g‘azabi toshgan amir sarkardalari boshchiligidagi askarlar yarim tunda Xo‘ja Hasan xonadoniga bostirib kirishadi. Uni qiynab o‘ldiradilar va uyiga o‘t qo‘yib qochishadi. Odamlar shayxni olib chiqish uchun yonayotgan uyga kirganlarida shayx Xo‘ja Hasan lovullab turgan olov ichidan mutlaqo soppa-sog‘ chiqib, halastiqqa biroz tikiladida «tinchlaninglar» degandek qo‘lini silkib, olov ichida g‘oyib bo‘ladi. Alloh inoyatidan hayratlangan olomon shayxning valiy (avliyo) ekanligini ko‘radilar va uni G‘oyib ota deb atay boshlaydilar. SHundan so‘ng uning uyi o‘rni G‘oyib ota deb atalib, muqaddas qadamjo sifatida kishilar bu erga ziyoratga kela boshlaydilar. Keyinchalik esa buj oy yillar davomida bozor yonida bo‘lganligi sababli, karfonsaroy sifatida foydalanib kelingan 1970-1980 yillarda o‘tishda somon va o‘tin bozori ostida toptalib, izini yo‘qotgan SHayx Xo‘ja Hasan qadamjosini tiklab, uni muqaddas ziyoratgohga aylantirishdek ezgu ishga kirishildi. Bu erda dorixona qurmoqchi bo‘lgan Xiyodulla Nurmatov degan kishi bu erni devor bilan o‘raydi. SHo‘ra, yantoq bosgan maydon tozalanib, tekislanadi. Ustalar 10x15 metr o‘lchamdagi qabr va uning atrofini 33x8 metrli hajmda pishiq g‘isht bilan sharqona uslubda teradilar. Qabrga va darvoza yoniga shayx Xo‘ja Hasan haqida qisqacha ma’lumot bitilgan marmartosh o‘rnatildi. SHayx Xo‘ja Hasan haqida ma’lumotlarini mashhur tarixchi Juma Quli al-Koshiy o‘zining «Tarixi Mujaddiya» yoki «Tarixi Kumuli» deb nomlangan asarida keltiradi. Bu ma’lumotlarning ba’zilari afsonaviy, ammo Xo‘ja Hasan real tarixiy shaxs ekanligi shubhasizdir. CHunki uning qipchoqlar qo‘zg‘olonida tinchlik o‘rnatishdagi, behuda qon to‘kimishini to‘xtatishdagi xizmatlari boshqa tarixiy manbalarda, xususan muallifi noma’lum bo‘lgan «Tarixi muxtasar»da tilga olinadi.

Payariq tumanining O‘zbekiston jamoa xo‘jaligi Jovshar qishlog‘idagi yodgorlik ham ancha yillardan buyon ziyoratgohlar qatorida e’zozlanib kelinmoqda. Bu yodgorlik, ayni paytda, ikkinchi jahon va afg‘on urushlari ishtirokchilari, urush janggohlaridan qaytmagan mard insonlar xotirasiga bunyod etilgan. Ularning muborak nomlari zarhal harflar bilan marmar toshlavhalarga bitilgan. Ushbu lavhalarda jami 187 kishilarning nomlari mavjud. Ushbu yodgorlikning barp etishida xo‘jalikning sobiq raisi Erdosh Ahadovning xizmati beqiyosdir. Bu xotira maydoni 1988 yilda Erdosh Ahadov raho‘barligida bunyod etilgan. Afg‘on janglarida halok bo‘lgan Asatullaev Abduhamid ismli yigitning akasi bo‘lgan Majid Negmatov tashabbusi bilan boshlangan bu ishga E.Ahadov bosh bo‘lib, yodgorlik barpo etishga butun Payariq tuman ahli ham safarbar etildi. CHunki, urushlarda halok bo‘lgan har bir kishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar to‘planishi lozim edi. Tez orada ushbu xotira maydoni qad rostladi. Janggohlardan qaytmagan mard kishilar xotirasi abadiylashtirildi.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish