A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Samarqand atrofidagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar



Download 1,83 Mb.
bet137/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

3. Samarqand atrofidagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar.

Imom al-Buxoriy ziyoratgohi. Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Xartang qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, u hadis ilmining sultoni, islom dunyosida mashhur bo‘lgan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘ayra ibn Pardozbeh al-Ja’fiy al-Buxoriy sharafiga bunyod etilgan.

Imom Buxoriy hijriy 194-yil shafval oyining 13 kunida (millodiy 810 yil 20 iyul) Buxoroda tavallud topgan. Tarixiy manbalar va Imom Buxoriyning asari «Tarixi Kabir» («Katta tarix») asarida qayd etilishicha, u zotning otasi.

Ismoil ibn Ibrohim ahli muhaddislardan bo‘lib, ozgina tijorat ishlari bilan ham shug‘ullangan. Kata bobosi Al-Mug‘ayra YAmanlik Ju’fiy ibn Saidning qabilasidan bo‘lgan Buxoroda istiqomat qiluvchi al-YAman al-Ju’fiy degan kishining ta’sirida musulmon bo‘lgani uchun nabirasi Imom Buxoriyga ham al-Ju’fiy deb nisbat berilgan.

Imom Buxoriyning yoshligida otasi vafot etadi va uning tarbiyasi bilan onasi shug‘ullanadi. Buxoriy tabiatan kuchli tug‘ma qobiliyat va xotira sohibi bo‘lib, 6-7 yoshida Qur’oni Karimni to‘liq dolgan, 10 yoshida esa yuz ming hadisni adashmasdan, yoddan aytgan. Rivoyat qilishlaricha, u kishi biror kitobni bir marta mutolaa qilsa, kitoning hammasi yod bo‘lib qolavergan. Imom Buxoriy o‘zining yozishicha yuz ming sahih hadisni, ikki bz ming g‘ayri sahih hadisni yoddan bilgan.

825 yili 16 yoshar al-Buxoriy onasi va akasi bilan haj ibodatini ado etish maqsadida Hijozga qarab yo‘l oladi. Muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, haj ibodatini ado etgach, uzoq yillar Hijozda turadi, so‘ng hadis ilmi borasidagi bilimini yanada oshirish maqsadida o‘sha paytda ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bog‘dod kabi shaharlarda yashaydi. U joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta’lim olib, yirik olimlar davrasida ilmiy bahs-munozaralarda qatnashadi va ilm toliblariga dars beradi. Manbalarda keltirilishicha, Bog‘dodda istiqomat qilgan paytda ko‘pincha oy nurida ijod qilib, qorong‘u kechalarda sham yorug‘ida kitob yozgan ekanlar. Imom al-Buxoriy hayotinng ko‘p qismini xorijiy ellarda musofirlikda o‘tkazgan. Bu haqda uning o‘zi «Misr, shom, Mesopotamiyaga ikki marta, Basraga to‘rt marta borganman. Bog‘dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim hisobini ham bilmayman» degan ekan. U safar chog‘ida ham, bir shaharda muhim turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to‘plangan hadislarini oqqa ko‘chirar edi. Ayni vaqtda imom Buxoriy o‘zi hadis ilmining peshvosi bo‘la turib, vaqti kelganda hatto shogirdlaridan ham tortinmay hadis olganligi tarixiy haqiqatdir. Zero, imom Buxoriy «Kishi ilm bobida nafaqat o‘zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o‘zidan qo‘yidagilardan ham hadis olmaguncha etuk muhaddis bo‘la olmaydi» deb hisoblanganlar. O‘z faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar etishtirganlar. Ayniqsa, Imom Buxoriy bilan Abu Iso at-Tarixiy o‘rtasidagi ustoz-shogird munosabatlari ibratlidir.

Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy-ma’naviy meros qoldirgan bo‘lib, u yozgan asarlarining soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan buyuk allomaning muhim asari, shubhasiz, «Al-Jome’ as-Sahih»dir. Bu asar «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan mashhur.

Islom dini ta’limotiga ko‘ra, Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan bu benazir asarda etti mingdan ortiq sahih (haqiqiy, ishonchli) hadislar jamlangan. Buxoriy millodiy 868-yilda ona shahri Buxoraga qaytib keladi. Ayni paytda Abbosiylar halifaligining Buxorodagi noibi Xomed ibn Ahmad ibn Xomed az-Zuxaymy amirlik saroyiga kelib, bolalariga ta’lim berishni talab qiladi. Imom Buxoriy bu taklifni qabul qilmaydi va «Men ishni xorlab, sutonu amirlar eshigiga olib bormayman. Ilm kerak bo‘lsa, uyimga yoki masjidga kesinlar» - deb javob qaytaradi.

Mana shu voqea va ba’zi hasadgo‘y shaxslarning fitna va ig‘volari tufayli Amir az-Zuxaymiy Imom Buxoriyni Buxoradan ketishga majbur qiladi. Bu voqeadan xabar topgan Samarqand ulamolari Imom Buxoriyning Samarqandga ko‘chib kelishini iltimos qilishadi. Imom Buxoriy bu iltimosni qabul qilib yo‘lga otlanadi. Lekin Samarqandga yaqin Kartang qishlog‘idagi qarindoshi Abu mansur Tolib ibn Jibrlin degan kishinikiga kelganda bir necha kun betob bo‘lib, yotib qoladi. Imom Buxoriy Samarqandliklarning ikkinchi iltimosiga binoan betobligiga qarmay yo‘lga chiqadi, ammo birnecha qadam bosgach, dardi og‘irlashadi, otdan tushadida shu erda jon taslim qiladi. Imom Buxoriy hijriy 256-yil ramazon oyining ozirgi kuni – shanba kuni vafot etib, ertasi kuni janoza o‘qilib, Xartangga dafn etiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda, u zot dafn etilgan qabrdan ancha vaqtgacha xushbo‘y hid taralib turgan. Uning qabri ustiga o‘z davrida maqbara bunyod etilib, XIV asrda yashagan sayyoh ibn Batuta, XII asrda yashagan sayyoh va tarixchi Muhammad as-Samaniylar Imom Buxoriynng maqbarasini ziyorat qilganlarini yozib qoldirganlar. Bu keyingi davrlarda ham Movarounnahrda hukmronlik qilgan hukmdorlar ziyoratgohga kata e’tibor berib, uni obodonlashtirishga harakat qilganliklarini ko‘rsatadi. Xususan, bu erda maqbaradan tashqari rabot, masjid ham bunyod etilgan. Ammo XVIII asrda Movarounnahrda yuz bergan tanazzul maqbara, masjid va rabotning qarovsiz va nozor holda qolishiga sabab bo‘ldi. SHo‘rolar davrida esa maqbara hamda Buxoro hukmdorlari tomonidan bunyod etilgan masjid ham deyarli xarobaga aylanadi.

1974 yilda Imom Buxoriy tavalludining 1200 yili munosabati bilan dunyodagi musulmon davlatlarining yirik olimlari bu erga kelish istagini bildiradilar. Xorijiy mehmonlarga bux arab joyni ko‘rsatishga uyalgan SHo‘rolar hukumati maqbarani obodonlashtirishga majbur bo‘lgan edi.

Imom Buxoriy maqbarasining tom ma’noda tiklanishi va allomaning merosini o‘rganish bevosita yurtimiz mustaqilligi bilan bog‘liq. Xususan, 1991-yili Qomuslar Bosh tahririyati Imom Buxoriyning «Al-Jome’ as-Sahih» kitobining birinchi toshini ko‘p nusxada nashr etdi. CHunonchi, O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 1998 yilning kuzida buyuk alloma tavalludining 1225 yilligi dunyo miqyosida eng nishonlanib, uning hayoti va benazir ilmiy ma’naviy merosini o‘rganishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahnamoligida Imom al-Buxoriyning Samarqand yaqinidagi Kartang qishlog‘ida joylashgan maqbarasi zamonaviy, betakror sharqona usluda batamom qayta qurilib, musulmon olamining eng tabarruk ziyoratgohlaridan biriga aylandi. 1998 yilning 23 oktyabrida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda yurtboshimiz Islom Karimovning so‘zlagan nutqida shunday so‘zlarni aytgan edilar: «Bugun yurtimiz va xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldiradigan muborak va munavvar kundir. Bugun ulug‘ ajdodimiz Imom al-Buxoriy hazratlarining ruhini shod etish, bobokalonimiz tavallud topgan muqaddas zaminda ul zoti sharifning xotirasini yod etish kunidir.

Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr-iftixoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va insoniy jasorat, bukilmas iroda, so‘nmas e’tiqod timsolidir.

Biz eski tuzum, eski mafkura zug‘umidan xalos bo‘lgach, o‘zligimizni, qanday ulug‘ insonlarning avlodi ekanimizni, qanday boy va betakror ma’naviy meros vorislari ekanimizni tiklash yo‘lida tarixda iz qoldiradigan ko‘pgina xayrli ishlarni amalga oshirdik.

SHular qatorida ozodligimizni dastlabki yillaridanoq biz imom al-Buxoriy maqbarasini ul xotning sha’n-shavkatiga munosib, yon-atrofi munavvar go‘shaga, ziyoratga kelgan mo‘min-musulmonlarga ruxiy-ma’naviy kuch ato etadigan qadamjoga aylantirishni niyat qilgan edik. Allohning inoyati bilan ezgu niyatimiz ijobat bo‘lgan shu qutlug‘ kunda men bu muazzam yodgorlik majmuining shunchaki ziyoratgoh emas, balki go‘zal O‘zbekistonimizni butun dunyoga tanitadigan, yosh avlodimizni ezgulik ruhida tarbiyalaydigan, har bir insonni hayot va abadiy haqida o‘ylantiradigan aziz maskan bo‘lib qolishiga ishonaman.

Istiqlol davrida manna shunay loyihalarni tuzi shva amalga oshirishda bosh bo‘lib turganimdan, shu olijanob ishlarga hissa qo‘shish nasi etganidan ko‘pchilik qatori men ham benihoya mamnunman.

Bu qutlug‘ maskanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har qancha tahsinga arziydi. Bu ulug‘vor majmua Samarqandu Buxoro, Xifa-yu Toshkent, Andijonu Namangan, SHahrisabzu Qo‘qon va Marg‘ilon kabi shaharlardan, mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan fidoyi insonlar mehnatining samarasidir».

1992 yili Prezidentimiz I.A.Karimov Saudiya Arabistoni qiroli Faxd ibn Abdulazizning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borganida, tashrif chog‘ida prezidentimizga podsho Fahd Kabatullohning bir bo‘lagini sovg‘a qilgan. Ushbu sovg‘a imom al-Buxoriy majmuasiga berilgan.

YOdgorlik-majmuaga hech bir inson hayajonsiz kirib borolmaydi. Naqshimlari aslo bir-birini takrorlamas sahilardan o‘tib, hadis ilmining sultoni – al-Buxoriy hazratlari qo‘yilgan ziyoratgohga kelganda qo‘llar duoga ochiladi, qalblarda shukronalik tuyg‘ulari jo‘sh uradi. Allomaning qabri ustidagi maqbara murabba shaklida qurilgan bo‘lib, uning balandligi 17 metrni tashkil etadi. Maqbara devorlari zangori, havorang, oq sirli kesmakoshinlar, marmar oniks, granit toshlari bilan qoplangan. Koshinlar girix shaklida terilib, orasida bezakka uyg‘un ravishda arabcha xatda xarflar bitilgan. Maqbara sathini bezashda bir-biriga o‘xshash shakllardan mohirlik bilan foydalanilgan. Ichki bezakda ganchkorlik, bo‘yama naqsh va turli rangdagi koshinkor naqshlar qo‘shilib, uyg‘unlashib ketgan.

Buyuk vatandoshimiz, muhaddis Imom al-Buxoriyning islom olamidagi o‘rni, hurmat e’zozini bugun butun dunyoda bilishadi. Istibdod yillarida yuqorida aytib o‘tganimizdek, uning ruhi-ponlari toptalgandi ham. Anna o‘sha mustabid davrida buyuk hadisshunosning muborak qabrlarini ziyorat qilish ta’qiqlanib, masjidi o‘g‘itxonaga va xashak omboriga aylantirilgan edi. Mustaqillik tufayli qadriyatlarimiz qaytadan qaror topdi. Har qadamidan milliy, amaliy san’at ruhi barq urib turgan Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasi butun musulmon olamiga bahrini keng ochdi.

Ta’rifi olamga sizmas qutlug‘ qadamjoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan respublikamizda Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasining ham tashkil etilgani ulug‘ ish bo‘ldi. Bu jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri majmua-yodgorlikni asrab-afaylash, sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish