CHorchinor yoki hazrat Xoja Abu Tohir Sarmast ziyoratgohi. CHorchinor Urgut shahridan ikki km balandlikda joylashgan ziyoratgoh va oromgoh. Ba’zan yuqori chinor ham deb ataladayui bunga sabab, Urgut shahridan 1,5 kmm quyida ana shunday yana bir ziyoratgoh va oromgoh bo‘lib, Pastki CHinor deb ataladi, Urgutning bu ikki oromgohi sayohatchilar o‘rtasida mashur bo‘lib, uni deyarli barcha dunyoning qit’laridan kelgan mehmonlar ziyorat qilishadi.
Odamlar CHorchinorni ziyoratgoh deb bilishadi, chunki bu erdagi o‘rtacha bir hovuzdek keladigan chashmadan necha asrlardan eri tinimsiz suv chiqib, Urgut shahri xonadonlariga oqib boradi. Odamlar chashmaga kelib sig‘inishadi, ko‘ngilga tikkan niyatlariga erishish va mushkullarini osonlashtirish uchun uning yoqasida mol yoki tovuq so‘yishadi. CHashmadagi bilaqlarni iste’mol qilish islom shariati bilan man qilingan.
CHorchinor manzilining ziyoratgohga aylanishining sabablaridan biri xoja Abu Tohir arablar istilosi davrida Urgut hukmdorlaridan biri bo‘ladi va chashmaning atrofiga to‘rt tup chinor ekadi. U shimoliy 866 yilda vafot etadi va jasadi o‘zi ekkan chinor poyiga qo‘yiladi. SHu bois manzilgoh uning nomi bilan Xo‘ja CHorchinor deb ham yuritiladi.
Abu Tohirxojaning «Samariya» kitobida CHorchinordagi ushbu qabr to‘g‘risida jumladan shunday yoziladi: «Hazrat Xoja Abu Tohir Sarmastning Fayz osor mozori ustida minorga o‘xshash uzun va yo‘g‘on chinor daraxtlari bor. Bu erda tegirmon toshi suv beradigan bir buloq ham bor. 1207 (1792) yilda mozorning kunchiqar omonida ilm egalarining sevuvchi, ming urug‘idan bo‘lgan Kattabek devonbegi kata bir madrasa soldirdi. Hozir talabalarning o‘qiydigan bir joyidir. Abu Tolib tarjai holi belgilik emas».
Urgut begi Kattabek qurdirgan madrasa CHor Rossiyasi istilosi davrida vayron qilingan.
Hozir CHorchinorda 60 ga yaqin chinor daraxti bor. CHinorlar yillar o‘tishi davomida o‘z ildizlaridan, shuningdek, ko‘chat ekish bilan ko‘paygan CHinorlarning eng keksasi 1000-1100 yoshdan ulardan biri g‘oyat mo‘jizalidir. CHinorning er bilan tutash tanasiga eshik o‘rnatilgan, ichkariga kirsangiz sizni ajoyib bir manzara kutib oladi: 10-16 kishi o‘tiradigan mo‘jazgina xona. Bu chinorning nomi «Maktab chinor»dir. O‘tmishda uning bag‘rida bolalar ta’lim olishgan.
CHorchinor g‘ishtlik va temir panjaralar bilan o‘ralgan bo‘lib, devorlari qadimiy qabriston bilan tutashib ketgan. Tarixiy manbalarda, xususan, XIX asrning 60-yillarida bu erda bo‘lgan rus sayyohi A.P.Fedchenkoning ma’lumotlariga qaraganda, bu qabristonga Urgut beklari va hokimlarining jasadlari qo‘yilgandir. CHorchinor hovlisida yana ikkita qabr mavjuddir. Ulardan biri Urgutlik mashhur eshon Valixon Ismoilxo‘jaga tegishlidir. Ikkinchisi esa uning nabirasi taniqli sharqshunos olim, shayx Qutbiddin Muhitdinovga tegishlidir. U 1906-1983 yillarda yashab o‘tgan.
1914-1915-yillarda Muhitdinxon eshon tomonidan CHorchinor hovlisida madrasa qudridirlgan. 1927 yilda esa ushbu madrasa qizil imperiya tomonidan yopib tashlangan.
Hozirgi kunda CHorchinor oramgoh va ziyoratgoh joydir. Jom’e masjidi, kutubxona va choyxona qurilgan.
10-MAVZU. QASHQADARYO VA SURXONDARYO VOHASIDAGI MUQADDAS QADAMJO VA ZIYORATGOHLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |