Ma’ruza mazmuni: Dastlab islom Makka ziyoratidan tashqari boshqa bir ziyoratlarni tan olmagan. Lekin keyinchalik mahalliy urf - odatlarni saqlagan holda Makka ziyorati elementlarini nusxalashtirgan mahalliy qadamjolar ziyorati rivojlanib ketdi. Ko‘rinib turibdiki, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarning o‘zbek milliy ma’naviyatida alohida qadriyatlar tizimiga aylanishi, o‘zbek xalqining islom dinidan avvalgi tarixiy shakllanish jarayoniga borib taqaladi. Ziyorat ayni paytda o‘z asl ma’nosida ham qo‘llanilib, biror mamlakat, shahar, ovul, qishloqqa safar, mehmon bo‘lib yo biror sabab bilan borib kelishga ham aytiladi. Odatda ziyorat (safar) dan qaytgan kishilarni biz o‘zbeklar: ”Ziyoratlar qabul bo‘lsin”, deb qarshi olamiz. O‘z navbatida ziyoratchilar ham: ”Murodingiz hosil bo‘lsin”, deya javob qilishadi. Bu ziyorat odatining taomili. ziyoratdan qaytganlar o‘sha joylardan esdalik sovg‘alar keltirganlar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |