A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Muqaddas qadamjolarning ma’naviy hayotdagi ahamiyati



Download 1,83 Mb.
bet151/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

4. Muqaddas qadamjolarning ma’naviy hayotdagi ahamiyati.

Aholining muqaddas ziyoratgohlardagi amallari va marosimlari xalqimiz orasida ulug‘langan alloma-yu avliyolarning qadamjolariga borib, ziyorat qilish va shunday aziz maskanda toat-ibodat qilib, ular orqali YAratgandan o‘z niyatlarini so‘rashgan.

Termiz tumanidagi al-Hakim at-Termiziy (IX–X aa.) ziyoratgohi butun musulmon olami, respublikamiz va viloyatimizdagi taniqli ziyoratgohlardandir. Bu joyga arab davlatlaridan, respublikamizning turli viloyatlari, tumanlaridan juda ham ko‘p ziyoratchilar kelishadi. Ular asosan, haftaning chorshanba kuni va boshqa kunlarida ham ziyorat qiladilar. Ziyoratchilar niyat qilishib, turli xil amallarni bajaradilar. Ular yara-chaqa, so‘gallariga tuproqlardan surishadi va tuproqdan uylariga ham olib ketadilar. Olgan tuproqlari uchun sadaqa puli ham qoldiradilar.

Ziyoratchilar maqbara orqasidagi daraxtga niyat qilib, ip bog‘lashadi. Agar niyatlari amalga oshsa, shu erga jonliq olib kelib, sadaqa qiladilar. Termiz tumanidagi Sulton Saodat maqbaralar majmui (XI–XIX aa.) nafaqat viloyat yoki respublikada, balki butun musulmon olamida taniqli ziyoratgohdir. Ziyoratchilar marhumlar haqqiga Qur’on tilovat qildirishadi, ba’zilari jonliq olib kelib, sadaqa qilishadi. Kokildor ota xoki maqbaradan olinib, 2001 yil avgust oyida Sulton Saodat qabristoniga olib borib, dafn etildi.

SHerobod tumanidagi Abu Iso at-Termiziyning (824–892) ziyoratgohi butun musulmon olamida mashhur oltita muhaddislardan birining tabarruk bo‘lgan ajdodimiz qabridir. Ushbu ziyoratgohga respublikamiz viloyatlari, tumanlaridan tashqari, Arabiston, Fransiya, Avstraliya, Malayziya kabi davlatlardan ham ziyoratchilar kelishadi.

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xoja Samandar at-Termiziy (XVII–XVIII aa.) ziyoratgohi viloyat miqyosida mashhur bo‘lib, u erda Termiz sayyidlari avlodidan bo‘lgan mashhur, huquqshunos, arbob, qahramon, tarixchi Xoja Samandar at-Termiziyning qabri mavjud. Asosan, xalq bu joyga YAratgandan baxt, farzand so‘rab kelishadi. Xudo yo‘liga sadaqa berishadi.

Oltinsoy tumanidagi Mavlono Zohid ziyoratgohi (XVII a.) faqatgina respublikamiz va Surxondaryo viloyati miqyosida ma’lum. U so‘fiylikda kamolotga erishgan kishi bo‘lib, qadamjosi Kichik Vaxshivor qishlog‘idadir. Aytishlaricha, u kishi So‘fi Olloyor bilan uchrashganda: «Sizning mendan darajangiz ulug‘, sizga Alloh ko‘p karomatlar bergan, siz Katta Vaxshivorga o‘ting, u erlar ilonlar makonidir, ularni daf qilishga mening qurbim etmaydi», – deydi. So‘fi Olloyor ham keluvchilarga: «Mendan u kishi ulug‘, avval u kishini ziyorat qilib, keyin menga kelinglar», – der ekanlar.

Uzun tumanidagi Abu Hurayra, ya’ni Oq Ostona bobo ziyoratgohi Muhammad payg‘ambarning sahobalaridan bo‘lgan, asli ismi Abdurahmon ibn Saxr ad-Davsiy Abdushams (tax. 602–679) nomi bilan bog‘liq. Abu Hurayra uning kunyalari bo‘lgan. Taxminan 30 yoshlarida islomni qabul qilgan. U kishi hayotlari davomida 5374 ta hadis rivoyat qilganlar. Qabrlari Madinadadir


11-MAVZU. NAVOIY VA BUXORO VILOYATLARIDAGI MUQADDAS QADAMJO VA ZIYORATGOHLAR TARIXI


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish