A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Voha muqaddas ziyoratgohlari va qadamjolarida diniy tolerantlik



Download 1,83 Mb.
bet150/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

2. Voha muqaddas ziyoratgohlari va qadamjolarida diniy tolerantlik.

Kishi nimagadir intilib, sig‘inib, yashagani uchun bo‘lsa kerak muqaddaslashtirilgan joylar tez - tez uchrab turadi. Sovet davrida bunday joy nomlari diniy ilohiy deb atalgan va tadqiq etilgan. Toponomikada diniy ilohiy deb atalgan, diniy tushuncha hamda tasavvurlar bilan bog‘lab yaratilgan joy nomlari nomi bilan bunday bog‘lab yaratilgan joy nomlari nomi bilan bunday taponimlar ilmiy amaliy tadqiq etilgan. Mustaqillik sharofatidan ruh olgan ilm - fan barcha sohalarda etakchilik qilmoqda. Bunga misol sifatida diniy ilohiy deb nomlangan joylarni muqaddaslashtirilgan joylarning nomlari deb o‘rganilishini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Biotik va magnit maydonlari kabi hodisalarning kashf etilishi ham joylar bekordan bekorga muqaddaslash-tirilmaganligini tasdiqlaydi. Inson qalbi bilan hazillashib bo‘lmaganidek, u muqaddaslashtirgan joylarni ham oyoq osti qilish mumkin emas. SHuning uchun ham ularni diniy ilohiy, diniy tasavvur va tushunchalar bilan shakllangan mikrotaponimlar deyishdan ko‘ra muqaddaslashtirilgan joylarning nomlari deyish ma’quldir.

Xalqimizning hurmat, ehtiromli an’analari, urf - odatlari va o‘ziga xos rasm - rusumlari borki, ular yaxshi fazilatlari, elimiz didi - ruhiyatiga mos xislatlari bilan asrlar osha yashab kelyapti. SHunday insoniy an’analarimizdan yana biri marhum va marhumalarni eslab, xotirlash, ular dafn etilgan mozoristonlarni tartibga solish, saranjom - sarishta etish, tinch sokin qabristonlarda hamdu - sano aytib tursin uchun gul butalar o‘stirish kabi tadbirlar ko‘rish o‘zligimizni anglashga ham katta xizmat qiladi. Kimki o‘z o‘tmishiga ixlos bilan qarasa, kul emas cho‘g‘ oladi. CHo‘g‘ qalbda yaxshi niyatni, pok jamiyat gulxanini alanglatadi. qadimdan o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini unutmaslik ruhida tarbiya topib kamolga etgan, yilning ma’lum kunlari va marosimlarida qabristonga borib. marhumlarni yod etish, eslash va xotiralariga bir kalima qur’on o‘qish odat bo‘lgan.

Xalqimizda marhumlarning qabrlarini tavof etmoq, ziyorat qilmoq haqida bir - biridan ma’noli hikmat ibratlari bor. G‘am anduh qiynaganda daryo bo‘yiga, baxting toshib, zavqing oshib ketsa, qabristonga ziyoratga bor, deydilar. YAna, xaddan ziyod xursand bo‘lganingda ham, hafa bo‘lganingda ham qabristonga bor, deb naql qilingan.

G‘amgin odam daryo bo‘yiga borsa, sof havo, suv tafti va jilvasi bilan dilidagi anduh yoziladi, boyligi oshib ketib bosar - tusarini bilmay qolgan bandasi qabristonni ziyorat qilsa, “Odam hali oxiri shu” deb xovridan tushadi, O‘zidan ketar darajada manmanlikdan qaytadi, musulmonchilikni eslab qo‘yadi, qalbida odamiylik his tuyg‘usi tug‘ilib o‘zini bosib oladi, engil tortadi. Nozik didli, toza xissiyotli odam quloq tutsa nazarida qabrlardan: “Ey inson, foniy dunyoning aldamchi ishratu mashaqqatlariga ko‘p berilib ketma, o‘zingni bilmay qolar darajaga tushma, hammasini odamlar qatori me’yorida tutgin, bizning holimizni ko‘r, kim edik, nima bo‘ldik, “Men ham edim seningdek, sen ham bo‘larsan meningdek” degan kabi hamma ham bir qism tuproqqa aylanadi. agar odamiy odam bo‘lay desang tiriklik paytingda ko‘zingni katta ochib, aql bilan idrok etib yaxshilikni, musulmonchilikni va umring intihosini o‘yla”. degan sado kelayotgandek bo‘ladi.

CHindanda, haddan ziyod xursand odam ham, g‘amboda, dili shikasta odam ham qabriston kezib chiqsa, dunyoning nima ekanini tushunib kiborlikdan tushadi, g‘ambodalikdan forig‘ bo‘ladi, shu yorug‘ olamda Olloh yuergan tiriklik ne’matidan, xalol yumush bilan mashaqqat chekib bo‘lsa ham bahra olib yurganidan shukrona aytadi, shuning uchun xursandliging ziyoda bo‘lsa ham. g‘aming ortib ketsa ham, qabristonga bor, deb taskinlik ibratini ko‘rsatadilar. Mozorga borish faqat manmanlikdan tushish. “mingni ko‘rib” bu yorug‘ dunyoda yurganga shukr qilib g‘am tashvishni unutish, engil tortish bilangina emas, marhumlarni ziyorat qilish, ruhlarni shod etish musulmonchilik sharti, insoniy burchdir. Roviylar rivoyat qilishlaricha, har bir marhum o‘z qabrida: “tepamga ziyorat qilgani kim kelarkin, kim ikki kalima qur’on o‘qirkin” deb umid bilan uy tomonga ilxoq qarab yotarkan. tiriklar mana shu yumushni bajarsalar burchni ado etib, ruhiy quvvat oladilar. Bir alloma bunday degan ekanlar: “Sen ota - onang, qarindosh - urug‘laring, tanish - bilish marhumlar qabolarini tavof etdingmi, farzandlaringga musulmonchilik, odamiylikning tabarruk aqidasini o‘rgatdingmi, bu savobli tadbir o‘zingga ham qaytadi”. Zero, bu hisob - kitobli dunyo. Xoh tirikka, xoh marhumga nimaiki qilsang, xuddi o‘sha o‘zingga qaytadi. SHarqning alloma shoiri Sa’diy SHeroziy aytadi:

Yillar o‘tib ketdi tepangdan g‘ir - g‘ir,

Otang mozoriga bordingmi bir dam?

Otang xotiriga nima ezgulik

Qildingki, o‘g‘lingdan kutasan sen ham?!

Marhumni ziyorat etib turish asosiy burch bo‘lishi kerak, qaytarli dunyoda hammasi qaytishini ham yodda tutib, dildan ado etish kerak. Qabristonni tavof etmoqning bu an’analari tiriklarga, biz yuqorida zikr qilgan omillar uchun zarur bo‘lsa, marhumlar ruhi - pokiga cheksiz savob tarzida tegadi. Roviylar naql qilib: “O‘liklar doim tirikdirlar” deydilar, chindan - da, marhumlar uydagilari, qon - qarindoshlari, tanish - bilishlari xotiralarida, qalblarida yashaydilar, atrofimizda ruhlari parvonadek uchib yuradi, biz ularni ko‘rmaymiz, ular bizni ko‘radilar, qabrda ilhaq yotadilar. Qadim zamonlardan, qadimgi el - elatlar tomonidan marhumlar xotirlagan, yod etib turilgan, qabrlar tavof etilgan, turli rasm - rusumlar o‘tkazilgan. Bularni bobo - momolarimiz behudaga shunchaki ko‘ngil taskin topishi uchun emas, marhumlar ruhi shod bo‘lsin deb ado etganlar. Qabristonga kirib borish bilan: “Assalomu alaykum, ahli qulublar” deyish marhumlarni eslash, tavof etish, imon - e’tiqod belgisidir, ularga Ollohdan so‘raladigan niyat - tilaklar hamroh, shohid, savob bo‘ladi.

Marhumlarni xotirlab ruhi - poklarini shod qilib, qabrlarini tavof etish, “Olloh rahmat qilgan bo‘lsin”, “Go‘ringiz nurga to‘lsin”, “Tuprog‘ingiz engil bo‘lsin”, “Olloh jannatdan joy ato etgan bo‘lsin”, deb yaxshi niyat tilash, ikki kalima Qur’on tilovat qilish foniy va boqiy dunyoning ziynati, odamiylikning go‘zal fazilatidir. Demak marhumlar ruhi - pokini shod etish ham ziyorat amalini ado qilish kabi yuksak vazifadir.

Bugungi kunda voha ziyoratgohlari va qadamjolariga boruvchi ziyoratchilarning ko‘pchiligini musulmonlar tashkil qiladi. Bizga ma’lumki xristian, yahudiy, katolik dinlarida cherkov, sobor, kastellar maxsus diniy ibodatxonalar sanalsa, musulmon xalqlarida bu vazifani asosan machitlar, qadamjolar. ziyoratgohlar o‘tab kelmoqda. Undan tashqari, har bir xudojo‘y oilada o‘tmishda maxsus mehrobli uy bo‘lib, uning to‘rida Qur’oni karim osib qo‘yilgan. Uy egalari, mehmonlar namozni odatda mana shu xonada o‘qishgan. Musulmonchilikda ro‘za tutish, xayr - sadaqa berishdan tashqari ibodatning asosiy shakli namoz o‘qish misolida ijro etilgan. islom dinida besh vaqt namoz joriy qilingan bo‘lib, bu ertalabki bomdod namozi, tushda peshin namozi, kun qaytgach asr namozi, so‘ng shom, xufton namoz ibodatlaridan iboratdir. Namozlar har kuni belgilangan soatlarda o‘qilib. ijro qilingan.

O‘tgan ajdodlar arvohiga sajda qilish, ularni xotirlash, tabiat kuchlariga sig‘inish natijasida juda ko‘p muqaddas joylar va avliyolar vujudga kelgan. Asli animistik tasavvurlar bilan uzviy bog‘langan avliyo - anbiyo, “muqaddas” joylar, tabiat va ajdodlarga sig‘inish kabi ibtidoiy - diniy tasavvurlar keyinchalik jahon dinlarining tarkibiy qismiga aylangan. O‘zbek elida uchraydigan, odatda “mozor” yoki “avliyo” nomi bilan dong‘i chiqqan muqaddas joylar turli zamonlarga taalluqli bo‘lib, har xil diniy tasavvurlarni o‘zida mujassamlashtirgan sinkretik (aralash, qarama) xarakterdagi diniy e’tiqodlardir. Eng qadimiy davrlarga oid tabiat kuchlariga sig‘inish bilan bog‘liq muqaddas hisoblangan uyulma yoki g‘alati shakldagi toshlar, erga qadalgan tayoq yoki hamma yog‘iga latta - puttalar osilgan yakka daraxtlar hozirgacha ko‘p joylarda uchraydi. SHu jumladan Hazrati Bashir ota ziyoratgohida, xo‘ja ilm koni hamda Xo‘jaisparozda joylashgan ziyoratgohlarda ham ana shunday daraxtlar borligiga shaxsan o‘zimiz guvoh bo‘ldik.
3. Surxon vohasidagi eng mashhur ziyoratgohlar.

Islom dini kirib kelishidan avval VIII asrgacha ham yurtimizda boy me’morchilik va hunarmandchilik an’analari taraqqiy etib, moddiy madaniyat har tomonlama rivoj topgan. Mintaqaga islom dini kirib kelgach, mahalliy an’analar islomiy madaniyat bilan uyg‘unlashgan holda yuksaldi. Ayniqsa, IX–X asrlarda me’morchilikning ajoyib yutuqlari masjid-madrasalar qurilishida ko‘proq namoyon bo‘ldi. Masjid binolari yonida hashamatli minora va xonaqoh, ulamo-yu avliyolarning mazorlari ustiga maqbaralar qurildi. Surxon vohasida ham bunday joylarda ziyorat etuvchilarning soni ko‘p bo‘lganidan maxsus binolar, xonaqohlar ham barpo etilgani tarixiy manbalarda aks etgan.

Surxondaryodagi muqaddas ziyoratgohlarning shakllanishi ilk davrlardan boshlanib, o‘rta asrlargacha davom etib turgan. Amaliyot va tasavvurlar eng qadimgi qatlamni hosil qilishi aniqlandi. Ziyoratgohlar an’analari vaqt o‘tishi bilan transformatsiyaga uchrab turgan.

Muqaddas ziyoratgohlarning shakllanishiga mahalliy xalqning mifologiya olami, dunyoqarashi va an’analari, odatlarining tarixiy jarayonlari hamda ziyoratgohlarning geografik muhiti o‘z ta’sirini o‘tkazib turgan.

Surxon vohasida joylashgan muqaddas ziyoratgohlar ularda dafn etilgan ma’naviyat qahramonlari o‘zlarining insonparvarligi, vatanparvarligi, ilmu ma’rifatga bag‘ishlagan umrlari jahon ma’naviyati rivojiga munosib qo‘shilgan hissadir. Bu meros yosh avlodni yuksak ma’naviy tarbiyalashda cheksiz imkoniyatlar yaratadi.

Qadimda Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Surxon vohasi buddaviylik, zardushtiylik, xristianlik, monaviylik kabi turli dinlarning shakllanishiga va taraqqiy etishiga asos solgan hudud bo‘lib, Sopollitepa, Jarqo‘ton, Ayritom, Termiz, Dalvarzintepa, Xolchayon, Fayoztepa, Qoratepa kabi miloddan avvalgi va milodning boshlariga oid qadimiy arxeologik yodgorliklarida o‘ziga xos muqaddas diniy obidalar, ziyoratgohlar paydo bo‘lganligi fanda asoslab berilgan.

Termiz O‘zbekiston hududida eng qadimgi shahar bo‘lib, arxitektura komplekslari shakllangan, buyuk alloma va avliyolar dafn etilgan muqaddas ziyoratgohlarni o‘zida mujassam etgan yirik madaniyat o‘chog‘i hisoblangan. Musulmon geograflari, sayyohlari va elchilari ushbu qadamjolar haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirgan.

Islom ilohiyoti, tasavvuf falsafasi, hadis ilmi bo‘yicha buyuk ajdodlarimizdan qolgan merosni izchil o‘rganish va ijodiy o‘zlashtirish naqadar muhim bo‘lsa, bunday tabarruk zotlarning hayoti va vafoti bilan bog‘liq qadamjolar tarixini o‘rganish ham shunchalik muhimdir. Islom madaniyati va tarixini aks ettiruvchi tarixiy obidalar Surxondaryo viloyatida ham asrlar mobaynida asrab-avaylab kelindi. Termiz tumanidagi al-Hakim at-Termiziy, Kokildor ota, Qirq qiz, Sulton Saodat, SHeroboddagi Atoullo Said Vaqqos, Uzun tumanidagi Abu Hurayra, ya’ni Oq Ostona bobo va boshqa ziyoratgohlar shular jumlasidandir. Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan Surxon vohasidagi ziyoratgohlar qaytadan ta’mirlandi va ularni tavof qiluvchilar soni tobora oshib bormoqda. Bu maqbaralar mahalliy aholi doimiy ravishda ziyorat uchun boradigan muqaddas qadamjolar, ruhiy poklanish hamda ma’naviy yuksalish maskanlari bo‘lib hisoblanadi.

Surxondaryodagi musulmon dunyosida alohida hurmatga sazovor bo‘lgan al-Hakim at-Termiziy (vaf. IX a. oxiri), al-Varroq at-Termiziy, YUsuf Hayot at-Termiziy, Imom at-Termiziy (824/825–892), Abul Muzaffar at-Termiziy, Sayyid Burhoniddin Husayn at-Termiziy (vaf. 1240 yoki 1275/76) va boshqalar allomalar maqomiga mansub tariqat sohiblaridir.

Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi X–XIV asrlarga tegishli me’moriy yodgorlik bo‘lib, Termiz tumanida joylashgan. IX asrda yashab faoliyat olib borgan, so‘fiylik, hakimiylik jamoasining tashkilotchisi, mashhur termizlik olim, qator diniy-falsafiy asarlar muallifi, yirik zohid – Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Husayn al-Hakim at-Termiziy nomi bilan bog‘liq. Ushbu qadamjo nafaqat viloyatda, balki islom olamidagi eng yirik ziyoratgohlardan biri hisoblanadi.

Zu-l-Kifl ziyoratgohi XI–XII asrlarga tegishli bo‘lib, Termiz shahri yaqinidagi Payg‘ambar orolining janubiy qismida joylashgan. Qur’oni karimda nomi zikr etilgan Payg‘ambar Zu-l-Kifl nomi bilan bog‘liq ushbu qadamjo ko‘pgina me’moriy yodgorliklar qatorida ziyorat qilinadi.

Qirq qiz majmui Termiz tumani Namuna jamoa xo‘jaligida joylashgan. IX–XIV asrlarga oid bu yodgorlik al-Hakim at-Termiziyning qizi – Termiz tumani Qirq qiz qal’asi malikasi Hurayda bint Muhammad al-Hakim va al-Varroq at-Termiziyning qizi – qal’a boshlig‘i Ruhayda bint al-Varroqlarning maqbaralari hisoblanadi.

Kokildor ota ziyoratgohi Termiz tumani Namuna jamoa xo‘jaligida joylashgan bo‘lib, XII asrga oid bu qadamjo al-Hakim at-Termiziyga aloqador hisoblanadi. Kokildor ota – al-Hakim at-Termiziyning kuyovi, ya’ni uning qizi Hurayda bint Muhammadning umr yo‘ldoshidir. Asl ismi Somon Ashur (370/980–81) bo‘lgan, ushbu mashhur xattot olim va ko‘plab bebaho asarlar muallifi o‘zi uchun qurilgan «Ko‘shki Kokildor»ga qo‘yilgan.

Manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, SHayboniylardan bo‘lgan Abdullohxon 1573 yil Balxni qamal qilishda Sayyid Abdulloh at-Termiziyning o‘g‘li Mir Arabning uyida qo‘nim topgan. Abdullohxon Termizda bo‘lganida al-Hakim at-Termiziy va Abu Bakr al-Varroq at-Termiziyning mazorlarini ziyorat qilgan.

Ma’lumki, o‘lkaga islom dini kirib kelgandan so‘ng mahalliy an’analar islomiy madaniyat bilan uyg‘unlashib, IX-X asrlarda Surxon vohasida me’morchilikning yanada rivojlanishi tufayli muqaddas qadamjolar, masjid, madrasalar qurilishi amalga oshirilgan. Termiz va CHag‘aniyonda o‘ziga xos me’morchilik namunalari ulamo-yu avliyolarning mazorlari ustiga maqbaralar qurilgani bundan dalolat beradi.

SHuningdek, viloyatda tog‘li hududlarda, buloqlarning chiqish joylarida, muqaddas daraxtlar, hovuzlar, baliqlar, soylar bilan bog‘liq, ammo arxeologik jihatdan tadqiq etilishi murakkab bo‘lgan, ziyoratchilar bilan gavjum Xo‘jai Piryax (Qari muz xo‘jasi), CHashmi divonaho (Devonalar bulog‘i), CHashmi Safidaro, Bog‘i SHayxo (SHayxlar bog‘i), SHahidon mazoroti (SHahidlar mazori), Pista mazoroti, Hovuz mazoroti, Xo‘jamqara mazoroti, Qo‘tirbuloq ziyoratgohi, CHashmai Bibihur – Bibinur mazori, CHashmai Soro, Mazori to‘q, Xo‘jai Murid, Darvozaho, Qirq qiz (CHil duxtaron), Xo‘jai Asmin kabi ziyoratgohlar ham bor.

Muhimi, ziyoratgohlarning daryo, ariq, buloq, kon, hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, daraxt, turli dorivor o‘simliklar o‘sadigan hududlarda shakllanishi asosan geografik holat bilan bog‘liqligini namoyon qiladi. Muqaddas joylarning hududida qadimiy daraxt yoki buloq mavjudligi, ularning tepaliklar, adirliklarda, qadimiy qal’alar atrofida joylashganligi aholi ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish