A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


"Mahdumi A’zam memorial kompleksi"



Download 1,83 Mb.
bet129/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

"Mahdumi A’zam memorial kompleksi". Samarqand shahrining janubiy tomonidagi Miyon­qol orolida joylashgan Dahbed qo‘rg‘onida bir tabarruk ziyoratgoh borkim, bu joy ham bugungi kun­da ko‘pchilik sayyohlar uchun serqatnov manzilga ay­lan­gandir. Bu erda, Naqshbandiya tariqatini rivoj­­­­­­lantirishda va takomillashtirishda katta xizmat­lar qilgan - axloqshunos, faqix, faylasuf va ilohi­yotchi Sayyid Ahmad ibn Mavlono Jaloliddin Kosoniy abadiy uyquda yotibdilar. Bu ulug‘ zot 1461 yili Ax­si­­kent viloyatining Koson kentida tavallud top­gan­dir. YOshligidanoq ilmga chanqoq Kosoniy dastlabki bi­limni o‘z yurtida olgach, so‘ngra, Samarqandga ke­lib o‘qishni davom ettiradi va mavlono Muhammad Qozi­­­­dan ilm - ma’rifat sirlarini o‘rganadi. Say­y­id Ahmad Kosoniyning kelib chiqishi payg‘am­bari­miz avlodlaridan bo‘lganligi uchun uning va sulo­la­si­­ning xalq o‘rtasida mavqeyi baland edi. Kosoniy Sa­mar­qand va Toshkentda o‘z bilimini oshirgach o‘z yurtiga qaytib boradi va ilm-e’tiqod bilan mashg‘ul bo‘ladi.

SHayboniy Jonibek Sulton Kosoniyga elchi yubo­­­­rib katta hurmat bilan o‘z saroyiga chorlaydi. Ko­­soniy Sultonning taklifiga rozi bo‘lib, dastlab, Samarqandga keladi va so‘ngra Karmanada yashay boshlaydi. So‘ngra Jonibek Sulton Miyonqoldagi hozir­gi Dahbed qishlog‘idagi er-suvlarni unga mulk qilib be­radi. SHundan so‘ng Sayyid Ahmad Kosoniy to umri­­­­ning oxirigacha bu erda yashaydi va 1542 vafot etadi.

Kosoniy tariqat ilmiga qo‘shgan katta hissasi va favqulodda jasorati uchun islom olamidagi eng ulug‘ unvonlardan biri, Mahdumi A’zam unvoniga sa­zo­vor bo‘ladi. Bu ulug‘ zot tinmay ijod qildi va shariat - tariqatga, axloq va ilohiet masalalariga oid 30 dan ortiq risolalar yozdi.

Mahdumi A’zam "inson din uchun emas, balki, din inson uchun yaratilgandir» degan g‘oyani o‘rtaga tash­ladi, bu g‘oya o‘sha davr uchun ham eng jasoratli g‘oya edi. SHuningdek, Mahdumi A’zam toat-ibodatda kamtarlikni afzal bilganlar, zikr va namozning xufiya shakli, ya’ni, ortiqcha dabdabasiz va namoyishkorona bo‘lmagan shaklini ma’qul ko‘rganlar.

Bu ulug‘ zot bag‘oyat kamtarona yashaganlar, to um­r­la­rini oxirigacha o‘z mehnatlari bilan kun kechir­ganlar. Ammo, o‘z davrining juda ko‘plab etuk olim­lari, shoirlari va davlat arboblari Mahdumi A’­zam­ga «qo‘l berishib» murid bo‘lganlar. Jumladan, Zahriddin Muhammad Bobur, Jo‘yboriy xojalardan Muhammad Islom, SHayboniy hukmdorlardan Ubaydul­laxon, Abdulazizxon va Jonibek Sultonlar unga murid bo‘lganlar. Maxdumi A’zamning obru-e’ti­bori nafaqat Movarounnaxr, balki, Xuroson va Hindi­­stonda ham juda baland edi. SHu sababli bu mamlakatlarda ming-minglab musulmonlar Maxdumi A’zamni o‘zlariga pir deb bilardilar. SHu o‘rinda Maxdumi A’zam yashagan Dahbed qo‘rg‘oni haqida ham gapirib o‘tmoq lozimdir. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Dahbedning tuprog‘i serunum, havosi toza va suvi mo‘l bo‘lgandir. Dastlabki SHayboniy hukm­dorlar davridayoq Dahbedning atrofi baland devor bilan o‘ralib qurg‘on qilingan va bir necha darvozalar o‘rnatilgan edi.

Ashtarxoniylar davrida Dahbedning mavqei oshib bordi va u tuman markaziga aylandi. Samar­qand hukmdori YAlanto‘shbiy Bahodir Dahbedning obo­don­chiligi borasida katta xizmatlar qilganligi ma’lumdir. YAlangto‘shbiy Boyxo‘jabiyning o‘g‘li bo‘­lib, o‘zbeklarning olchin urug‘idan chiqqan va Maxdu­mi A’zamning nabirasi Xoja Hoshim Dahbediyga qo‘l berib uning muridi bo‘ladi. YAlangto‘shbiy o‘z pi­ri­ning bobosi Maxdumi A’zamning qabri ustida dahma qurdirdi va yirik masjid barpo qildi. Bu masjid, olti ustunli va o‘n ikki qubbali xonaqoh, tahoratxona hamda qo‘shimcha xonalardan iborat yirik inshoot edi. SHuningdek, YAlangto‘shbiy bu erda hashamatli madrasa ham bino qildirdi. Topgan xazinasini xayrli maqsadlar va ilm ma’rifatga sarflagan YAlangto‘shbiy milodiy 1656 yili Samar­qand­da vafot etdi va o‘z vasiyatiga ko‘ra Dah­bedda, piri-ustozi Hoja Hoshimning oyoq tomonlariga dafn etiladi. SHuningdek, bu erda YAlangtushbiyning qizi Oybibi xonimning ham qabri bordir. Dahbeddagi Mahdumi A’zam ziyoratgohida hozirgi kunda jami 47ta qabrtosh saqlangan bo‘lib ularning ko‘p­chili­gini shaxsiyatlari aniqlangandir.

Hozirgi kunda Mahdumi A’zam memorial komplek­siga kiruvchi dahma, masjid va xonaqohlar ta’mirlangan, atroflari obodonlashtirilgandir. Mahdumi A’zam qoldirgan boy ma’naviy meros bugungi kunda keng miqyosda o‘rganilmoqda bu ulug‘ zotning ayrim asarlari katta nusxada chop etilmoqda.


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish