Qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnalogiyalar fanidan 5-mavzu: DEVORBOP MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISHDAGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR. UMUMIY MA’LUMOTLAR.
Reja
Umumiy ma’lumotlar.
Devorbop tosh materiallari, devorbop panellar.
Devorbop materiallar -bu devorlarni barpo etish uchun foydalaniladigan material va buyumlardir. Har qanday qurilishda devorbop materiallar asosiy mateiallardan biri bo‘lib hisoblanadilar. Shuning uchun har qanday binoning mustahkam va ishonchli devori bino yoki inshootning asosidir. Shuning uchun devorni barpo etish uchun material tanlash butun loyihani hal etuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. - Devorbop materiallar -bu devorlarni barpo etish uchun foydalaniladigan material va buyumlardir. Har qanday qurilishda devorbop materiallar asosiy mateiallardan biri bo‘lib hisoblanadilar. Shuning uchun har qanday binoning mustahkam va ishonchli devori bino yoki inshootning asosidir. Shuning uchun devorni barpo etish uchun material tanlash butun loyihani hal etuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
G'ishtlar va toshlar - yarim quruq presslash yoki loysimon va kremniyli (trepel, diatomit) qoldiq jinslarni va sanoat chiqindilarini (ko'mir qazib chiqarish va ko'mir kullarni to‘yintirish) orqali ularni pechlarda yondirish orqali ishlab chiqariladi. Bino va inshootlarning toshli va armotoshli tashqi va ichki devorlari va butun g'ishtdan fundamentlarni barpo etishda ishlatiladi.
Polistirolli beton - yengil beton turi - portlandsementni, ko'pikli polistrenin, suv va havo o'tkazadigan qo'shimchani (SDO) granulalarini o'z ichiga olgan kompozitsion materialdir. Polistirolli betonning qattiq zichliklarini olish zarur bo'lsa, u mineral qumni o'z ichiga olishi mumkin.Polistirolli granulalar va beton bo'lgan issiqlik izolyatsiyalovchi qurilish materiallari uchun chidamlilik qarshiligi, gidrofobiklik xususiyatlarining eng yuqori ko'rsatkichi, yong'indan himoya qilish, ovozni yutish, sovuqqa chidamliligi va muzlatish / eritish davri (xizmat muddati) talabga javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori , 19.06.2009 yildagi PQ-1134-son
DEVORBOP MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISHNI KO‘PAYTIRISHNI RAG‘BATLANTIRISH VA SIFATINI YAXSHILASH BORASIDAGI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
devorbop materiallarning muqobil turlarini qo‘llanish, shu jumladan yig‘ma, kompozitsion va kichik blokli konstruksiyalardan foydalanish asosida obyektlar qurilishining yangi zamonaviy industrial texnologiyalari keng joriy etilishini ta’minlaydi.
Zamonaviy devorbop materiallari bevosita devorlarni barpo etishda foydalaniladigan konstruksion materiallar va devorbop pardoz materiallariga bo‘linadi. Binodagi vazifasiga ko‘ra devorlar quyidagilarga bo‘linadi: - Yuk ko‘taruvchi – binoning boshqa qismlaridan yukni qabul qilib olib, o‘z og‘irligi bilan birga bino poydevoriga uzatadi;
- O‘z-o‘zini ko‘taruvchi – poydevorga tayanadi va faqat o‘z og‘irligini ko‘taradi;
- Yuk ko‘tarmaydigan – ma’lum bir qavat chegarasida yuk ko‘taruvchi konstruksiyaga tayanib, faqatgina o‘z og‘irligini ko‘tarib turuvchi (asosan to‘suvchi vazifasini bajaruvchi - pardevorlar).
Toshli devorbop materiallar quyidagilar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi:
Vazifasi
Foydalaniladigan xom ashyosi
mahsulot tayyorlash usuli
Zichligi
Buyum turi
Issiqlik o‘tkazuvchanligi
Siqilishdagi mustahkamligi
Turi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
Sopol va silikat g‘isht va toshlar
Massasi 4,4 kgdan ko‘p bo‘lmagan to‘liq va ichi kovak g‘isht
Massasi 40 kgdan ko‘p bo‘lmagan tog‘ jinsidan ichi kovak va to‘liq bloklar, sopol, silikat va beton bloklar
Massasi 16 kgdan ko‘p bo‘lmagan ichi kovak beton va tabiiy toshdan to‘liq toshlar
Foydalanishiga ko‘ra tosh materiallari quyidagilarga bo‘linadi
Tashqi va ichki devorlarni qurish uchun oddiy
Bino va inshoatlarning devorlarini pardozlashda foydalaniladigan – yuza uchun
Foydalaniladigan xom ashyosi va tayyorlash usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi
Giltuproq, trepel, diatomit va boshqa xom ashyodan plastik yoki nimquruq usulda presslab tayyorlanadigan va qizdirib pishirilganda sopolga aylanadigan
Ohak va qumni yoki boshqa kremnezetarkibli va ohaktarkibli komponentlarni presslab tayyorlangan va avtoklavda qotadigan
Mineral bog‘lovchi (sement, ohak, gips bog‘lovchisi, shlak va boshq.) g‘ovak yoki zich to‘ldiruvchilardan tashkil topgan qorishmani tabiiy yoki issiqlik ishlovi berish natijasida qotuvchi
Tabiiy tog‘ jinslarini kesib tayyorlangan buyumlar
Yengil betonlar o‘rtacha zichligiga qarab Germaniyada quyidagi turlarga bo‘linadi:
2100-2000 kg/m³ - oddiy yengil beton
2000-1300 kg/m³ - yengil konstruktiv beton, siqilishga mustahkamligi 5 MPa dan yuqori
1300-800 kg/m³ - yengil issiqlikdan izolyasiyalangan konstruktiv beton, siqilishga mustahkamligi 3,5 MPa dan yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,75 Vt/mK dan past
800-250 kg/m³ - juda yengil beton, siqilishga mustahkamligi 0,5 MPa va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,30 Vt/mK dan past
Dyurizol firmasining qurilish bloklari Chexiyaning MFC MORFICO s.r.o, firmasining Izoblok mahsulotlarini ishlab chiqarish Qurilish materiallari sanoatida innovatsion loyihalar Nazorat savollari: 1.Devorbop materiallar deb nimaga aytiladi? 2.Devorlar vazifasiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
Etiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |