A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Jizzax vohasidagi ziyoratgohlar tavsifi



Download 1,83 Mb.
bet119/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

4.Jizzax vohasidagi ziyoratgohlar tavsifi.

Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini hozirgi kunda butun jahon tan olmoqda. Bu tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, bilimdon siyosatchilar, mashhur sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko‘hna fayzini, mahoratini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi.

Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ziyod qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimizning asosi – iftixorimiz deb ta’kidlaydi yurtboshimiz.

Bugun o‘zbek xalqi shu zaminda yashab o‘tgan ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy meros bilan har qancha faxrlansa arziydi. Jizzax vohasi ham O‘zbekistonning ajralmas bir qismi sifatida o‘zining tarixiy va madaniy manzilgohlari bilan yurtimiz tarixidan munosib o‘rin tutadi. Jizzax vohasi o‘zining tabiiy-geografik sharoiti, iqlimi, hayvonot va o‘simliklar dunyosi bilan eng qadimgi odamlarning yashashlari uchun qulay sharoit yaratib bera olgan. Bunga 4,5 ming yillik tarixga ega “Sayhonsoy qoyatoshlari”dagi suratlar, eng qadimgi odamlar yashaganligi to‘g‘risida olimlar tomonidan taxmin qilinayotgan “Peshog‘or g‘ori”, “Mozorsoy yodgorliklari”, qadimgi Xitoy solnomalarida tilga olingan “Yecha shahri” qoldiqlari, qadimgi bir nechta arab va fors manbalarida tilga olingan Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq va Marsmanda kabi qal’a va shaxarlarning mavjud bo‘lganligi bu boradagi kuzatishlarimizni tasdiqlay oladi.

Movarounnahrning qadimgi Xorazm, Sug‘d, Farg‘ona, SHosh vohalari qatorida Ustrushana mintaqasi qadimda g‘arb va sharqni bir-biriga bog‘lovchi buyuk ipak yo‘lida joylashgani vohada ilm-fan rivoji va madaniyat yuksalishiga zamin yaratgan. CHunki Ibn Hauqal, al-Istaxriy, al-Maqdisiy, Ibn Xurdazbih, Ibn al-Faqih singari o‘rta asrning qator geograf olimlari ilmiy izlanishlarida Ustrushana qadimdan ilm-fan va madaniyat rivojida muhim o‘rin tutgani haqidagi ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Qolaversa, Beyshi va Suyshi kabi Xitoy yilnomalarida ham Ustrushana xususidagi ba’zi yozma ma’lumotlar qayd etilgani ham uning o‘z davrida katta mavqega ega bo‘lganligidan dalolat beradi.

Muslim Ataev o‘zining “Ustrushana olimlari” nomli ilmiy risolasida Ustrushana islom dini rivojiga ulkan hissalarini qo‘shgan allomalar yurti ekanligi, bu erdan etishib chiqqan ulamo va fuqaholar o‘zlariga al-Ustrushaniy, al-Bunjikasiy yoki al-Bunjikatiy, az-Zominiy yoki az-Zominjiy, ad-Dizakiy, al-Xovosiy, ash-SHibliy, as-Sobotiy nisbasini olib juda katta ma’naviy me’ros qoldirganliklarini ta’kidlaydi. Mazkur manbaga ko‘ra Ustrushanada juda ko‘plab diniy ulamolar etishib chiqqanligi ular o‘z davrining etuk bilimdon kishilari qatoriga ko‘tarilganliklari, o‘z zamonasining sohib karomatlaridan ta’lim-tarbiya olganliklari, avliyo darajasiga ko‘tarilganliklari haqida ma’lumotlar tarixiy manbalarga asoslangan holda bayon etilgan.

Vatanimiz hududidagi ko‘plab muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar bevosita o‘lkada islom dinini yoyish uchun kelgan sahobalar va tobe’inlar, payg‘ambarimiz va xalifalar avlodlari bilan bog‘liq yoki islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan avliyolar nomi bilan bog‘lanadi.

Islom diniga e’tiqod qiladigan xalqlarda avliyolar va ularning mozorlarini muqaddas ziyoratggoh sifatida ziyorat qilish odatining naqadar keng tus olganligi Abdurahmon Jomiyning «Nafohatul - uns» kitobida 660 nafar avliyoning nomi orqali keltirilgan. «Rashahot», «Tazkirot ul avliyo», «Xazinat ul-asfiyo», «Mashoyixi-mutaaxxiriyn Buxoro», «Mozoroti Samarqand», «Qandiya», «Samariya» va boshqa shuning kabi kitoblarda ham o‘nlab avliyolar haqida afsonaviy diniy rivoyatlar keltirilganligida ham kuzatish mumkin.

Jizzax vohasida yashagan kishilar tomonidan qariyib ming yillardan buyon aziz tutib kelingan “Temir darboza”, “Sa’d ibn Abu Vaqqos”, “Parpi ota”, “Xo‘jamushkent ota”, “Novqa ota”, “O‘smat ota”, “Said Mir Xalililloh ota”, “Xo‘ja bog‘bon ota” kabi ko‘plab muqaddas ziyoratgohlar va qadamjolarning borligi ham bu yurtning qanchadan qancha ulug‘ insonlarga boshpana bo‘lganligi va asrlar davomida o‘z e’tiqodlariga sodiq qolib bu ulug‘ azizu-avliyo zotlar qo‘nim topganligi yoki ular nomi bilan bog‘liq bo‘lgan joylarni aziz bilib ularning qabrlari ustida xonaqohlar barpo etganligi va eng muhimi, ularni ixlos bilan ziyorat qilib kelishganligidan dalolat beradi.



Nodirbek Abdulahatov va O‘ktamjon Eshonboboevlarning “Ko‘hna Marg‘ilon ziyoratgohlari” risolasida Marg‘ilon mintaqasidagi ziyoratgohlarini paydo bo‘lishga ko‘ra quyidagicha ajratadi: Qur’onda zikr etilgan payg‘ambarlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar; Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning muborak mo‘ylari bilan bog‘liq ziyoratgohlar; Hazrat Ali avlodlari bilan bog‘liq ziyoratgohlar; Sahobalar, tobe’inlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar; Avliyolar bilan bog‘liq ziyoratgohlar; Din ulamolari bilan bog‘liq ziyoratgohlar; Ayollar nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar; SHahidlar nomi bilan bog‘liq ziyoratgohlar.

Xalq deputatlari Jizzax viloyat va Jizzax shahar Kengashining qo‘shma majlisida tasdiqlangan 2013-yil 11-dekabrdagi 146/27-sonli qaroriga asosan Jizzax viloyatida “Tarixiy obida va muqaddas ziyoratgoh va yodgorliklar” soni 42 ta, “arxeologiya yodgorliklari” soni 267 ta va “monumental yodgorliklar” soni 63 tani tashkil etadi. Jizzax vohasidagi mavjud muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar ichida islom dinidan oldingi diniy tasavvurlar bilan bog‘liq bo‘lganlari ham bor (Peshog‘or g‘ori, G‘o‘bdin ota ziyoratgohi) lekin ularning aksariyati islom dini va ulamolar, avliyolar (Xo‘ja Qahhor Vali, Qulfisar ota xonaqosi, Parpi ota, Novqa ota, Said Mirxalilloh xonaqosi, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Qum ota va Narvon ota ziyoratgohlari) nomlari bilan bog‘liq ekanligi e’tiborga molikdir.

Qo‘limizdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Jizzax viloyatidagi ziyoratgohlar ro‘yxatini tumanlar kesimida quyidagicha berish mumkin:

1. Jizzax shaxrida: Qulfisar ota xonaqosi, Xo‘jamozor madaniy meros ob’ekti, Boboyakka ziyoratgohi.

2. Jizzax tumanida; Parpi ota(Abdulhammad G‘azzoliy), Poyimard ota va Qirqchilton ziyoratgohlari.

3. G‘allaorol tumanida; Sulton Xalil maqbarasi, Sa’d ibn Abu Vaqqos, G‘ubdin ota, Savruk ota va Sayfin ota ziyoratgohlari.

4. Baxmal tumanida; Novqa ota, Usmat ota, Terakli ota, Xoja ko‘ndalang (SHahid buva) va Malik ajdar ziyoratgohlari, Said Mirxalilloh xonaqosi (Bog‘i Mozor).

5. Forish tumanida; Muxammad SHarif (Harishoh, Grekushoh) xonaqosi, Xo‘jabog‘bon ota, va Narvon ota ziyoratgohlari.

6. Zomin tumanida; Xoja Qaxxor Vali majmuasi, G‘oyib ota, Toshkesgan ota, Xo‘jai Sarob ota, Ko‘k to‘nli ota, Xoja SHohimardon SHerdor, Sayyid Burxoniddin Qilich, Beshbuloq ota, Parpi oyim va Archamozor ota ziyoratgohlari,

7. YAngiobod tumanida; Xo‘jamushkent ota, CHo‘qmozor ota, CHangovul bobo ziyoratgohlari.



Nomlari keltirilgan bunday ziyoratgohlar aholi o‘rtasidagi nufuziga qarab respublika, viloyat, tuman (shahar) yoki qishloq (mahalla) miqyosidagi ziyoratgohlarga bo‘linadi. Ammo, viloyatdagi mavjud ziyoratgohlar qanday mavqeega ega bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning hammasi tub aholi qalbiga asrlar davomida ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy taskin berib, bir g‘oya atrofida birlashtirib, turli xil marosimlar o‘tkazadigan muqaddas manzilgohlarga aylanganligini hozirgi kunlarda ham kuzatamiz. Aslida ham muqaddas joylarni ziyorat qilish odamlarni yomon yo‘llardan uzoqroq yurishga, hamma vaqt ham insofli-diyonatli bo‘lishga, o‘zidan faqat yaxshiliklar qoldirish singari hayrli ishlarga undab kelganligini tarixiy-kundalik hayot yana bir bor tasdiqlaydi. Zero payg‘ambarimizdan rivoyat qilingan hadislarning birida aytilishicha, «Men sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytarar edim, keyin fikrimga keldi, ogoh bo‘linglar va qabrlarni ziyorat qilinglar, chunki ziyorat qilmoq qalblarni yumshatadi, ko‘zlarni yoshartiradi, oxiratni eslatadi», deyilgan fikrlar asl qadriyatlarimizning tub asoslarini tashkil etadi.

9-MAVZU. SAMARQAND VILOYATIDAGI MUQADDAS QADAMJO VA ZIYORATGOHLAR TARIXI




Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish