A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Xo‘jamushkent ota, Sa’d ibn Abulvaqqos, Parpi ota ziyoratgohlari va ular bilan bog‘liq qarashlar



Download 1,83 Mb.
bet118/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

3. Xo‘jamushkent ota, Sa’d ibn Abulvaqqos, Parpi ota ziyoratgohlari va ular bilan bog‘liq qarashlar.

Xo‘jamushkent ota - Mustaqillik o‘zbek xalqiga o‘zining haqiqiy tarixidan voqif bo‘lish, dunyoda hech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi. Istiqloldan keyingi davr ichida xalqimizning azaliy milliy qadriyatlari tiklanib, ma’naviy yuksalish sari yuz tutdi, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob moddiy va nomoddiy madaniyat namunalariga bo‘lgan munosabat tubdan ijobiy tomonga o‘zgardi. Prezident I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi”. Albatta, yurtimiz tarixi va etnografiyasini o‘rganishda moddiy va nomoddiy madaniy merosni o‘zida ming yilliklardan beri saqlab kelayotgan muqaddas sanalgan qadamjoy va ziyoratgohlarning o‘rni ahamiyatlidir. SHu boisdan ham muqaddas ziyoratgohlar tarixini o‘rganish, mazkur qadamjolarning tarbiyaviy-ma’naviy salohiyatini oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. YUrtimizning boshqa hududlar singari Jizzax vohasi ham o‘zining qadimiy tarixi, ajoyib asori atiqalari, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlari bilan o‘zining munosib o‘rniga ega. Hududdagi ana shunday muqaddas qadamjolardan biri YAngiobod tumanida joylashgan “Xo‘jamushkent ota” ziyoratgohidir.

Ushbu ziyoratgoh tumanning Xo‘jamushkent qishlog‘i hududida bo‘lib, mahalliy aholi mazkur ziyoratgohni Xo‘ja ibn Isoq – ismli avliyo nomi bilan bog‘laydi. Ziyoratgoh hududida Xo‘ja ibn Isoqning ramziy qabri ustiga o‘rnatilgan xonaqoh, hududi taxminan 0.2 gektarni tashkil etuvchi tor yo‘laklar orqali biridan-biriga o‘tuvchi har xil kattalikdagi g‘or va bir nechta buloqlar joylashgan. Mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy ko‘rinishdagi bir qancha inshoatlar darvozaxona , masjid , dam olish joylari, choyxona va mehmonxona ziyoratgohga kiraverishda joylashgan bo‘lib uning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.



Mahalliy aholi o‘rtasida shu vaqtgacha ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan, ziyoratgohni paydo bo‘lishi va muqaddas qadamjoga nomi berilgan Xo‘ja ibn Isoq shaxsi bilan bog‘liq bir qancha qarash va rivoyatlar mavjud. Rivoyat qilishlaricha “Xo‘ja ibn Isoq ismli, islom olamida o‘zining nufuziga ega bo‘lgan ko‘p karomatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan kishi o‘z inisi bilan quvg‘inda yurgan vaqtlarida Xo‘jamushkent qishlog‘ining kun botar tomonida hozir ham mavjud bo‘lgan “Buqabuloq ota” ziyoratgohi o‘rnida joylashgan qishloqqa keladilar va shu erda istiqomat qiladigan bir yolg‘iz kampirdan tunash uchun joy so‘raydilar. Kampir o‘z uyida tunash uchun ruxsat beradi va ularni qo‘lidan kelguncha mehmon qiladi. Ertangi kuni kampirni qilgan yaxshiliklaridan xursand bo‘lgan aka-ukalar unga bir yaxshilik qilib ketishlari kerakligini aytadi. Ma’lum bo‘lishicha kampirni bisotida bitta echkisi bo‘lib, undan olgan bir kosa sutini boy xonadoniga topshirib kun ko‘rar ekan. SHunda Xo‘ja ibn Isoq tol daraxtining novdalaridan “chovli” (novda yoki simdan to‘qilgan, ugra, shilpildoq va shu kabi xamir ovqatlarni suzib olish uchun ishlatiladigan cho‘michsimon ro‘zg‘or asbobi) to‘qib har kuni sutni boyni xonadoniga olib borishdan avval shu chovlidan o‘tkazishi kerakligini ta’kidlab yo‘lga tushadilar. Kampir avliyolar aytganini qilib sutni chovlidan o‘tkazishi bilan paqir to‘larmish-u ammo, kosadagi sut tugamas ekan. SHu tariqa kampirning uyida bo‘lib o‘tgan bu sir-sinoatdan xabardor bo‘lgan boy odamlari kampirni siquvga oladi va u bo‘lib o‘tgan voqealarni batafsil aytib berishga majbur bo‘ladi. Natijada boyning odamlari aka-ukalarni qo‘lga oladi va ularga xizmat qilishga ko‘ndiradi. Aka-uka avliyolarning xizmati bilan o‘tgan yillar davomida boyning molu-dunyosi ortib atrofidagi hududlarga dong‘i ketadi. Kunlardan bir kun aka-uka avliyolar boydan bu joylardan ketish vaqti kelganini va ularga ruxsat berishini so‘raydi. Boy ularning qilgan xizmatlaridan xursand bo‘lib ularga molu-davlatidan nimaiki so‘rashsa berishi mumkinligin aytadi. SHunda ular boyga javoban hech narsaga muhtoj emasliklarini bildiradi. Vaziyat shuni taqozo etadiki agar biror narsa olishmasa boy xafa bo‘lishini va ularni rozi qilmaguncha qo‘yib yubormasliklarini ta’kidlaydi. Natijada majbur bo‘lgan aka-uka avliyolar boyning podasi ichida bir ko‘k rangdagi buqa borligini, uni olib chiqib so‘yib go‘shtini aholiga tarqatishi va terisini o‘rnichalik ularga er bersa shuning o‘zi etarli ekanligini bildiradi. Xizmatchilar ularning aytganini bajaradi va bir buqaning terisichalik joydan qanday kun ko‘rish mumkinligiga hech aqllari etmasdan ularning ustidan kulishadi. SHunda avliyolar yana bir karomat ko‘rsatishadi, aka-uka ikkalasi terining ikki chekkasidan tortgan vaqtlarida teri shunchalik cho‘ziladiki boy hududini yarmisini egallaydi, ikkinchi tomonidan tortishganda ham xuddi shunday hudud egallanadi. Buni ko‘rgan boyning odamlari unga bu aka-ukalar avliyolar emas balki jodugarlar ekanligini, sehrgarlik bilan uning hududini yarmidan ko‘pini egallab olganliklarini etkazishadi. Bu gaplardan so‘ng boy o‘ylab ham o‘tirmasdan ularni tutib o‘ldirish haqida buyruq beradi. Natijada xavfdan ogoh bo‘lgan aka-ukalar ikki tomonga qarab yo‘l olishadi va ta’qib qiluvchilar Xo‘ja ibn Isoq ortidan quvishadi. SHunda u ziyoratgoh hududidagi buloqlar joylashgan hududga kelib yashirinadi. Avliyoni karomati bilan uni ta’qibchilardan yashirish maqsadida suv parda hosil bo‘ladi. Ammo, buni sezgan dushman askarlari unga qarada o‘q va nayzalar bilan hujum qilishadi. SHu voqeadan so‘ng bu joyda bir qancha buloqlar paydo bo‘lgan va hozirgacha saqlanib qolgan Xo‘ja ibn Isoqning elkasining o‘rni deb taxmin qilinadigan iz qolgan. SHundan keyin u tepalikka, ya’ni g‘or joylashgan hududga qarab qochadi va orqasidan ta’qib qilib kelayotgan dushmandan qutilish maqsadida “E Alloh o‘zing meni dushmanlardan yashirinishga yordam ber” deb iltijo qiladi va mushti bilan bir urganda g‘or paydo bo‘ladi natijada u ushbu g‘orga kirib g‘oyib bo‘ladi va makkadan chiqadi.”

G‘orlardan Makkaga yo‘l borligi to‘g‘risida xalqimizda turli rivoyatlar bor. Bu afsonalarni yurtimizdagi muqaddas sanalgan, ziyoratgohlarga aylangan barcha g‘orlar bilan bog‘liq qarashlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi Imom ota g‘ori to‘g‘risida ham shunday qarashlar mavjud. Aytishlaricha, Imom ota har payshanba kuni g‘or orqali Makkaga borib, juma kuni qaytib kelar ekan. Barcha turkiy xalqlarning an’anaviy dunyoqarashlarida er osti dunyosi tog‘ va g‘orlar bilan bog‘lanadiki, bu qadim turklarda ushbu joylar ilohiy va muqaddas sanalganidan dalolat beradi. Xo‘jamushkent ota ziyoratgohi hududida joylashgan ushbu g‘orga ham ziyoratchilar farzand ko‘rish, baxti ochilmagan yigit va qizlar oila qurish niyatida kirib, g‘ordagi chillaxonada niyat qilib nafl namozi o‘qib va mato bog‘lashar ekan.

Ziyoratgohdagi yana bir muqaddas sanalgan, shifobaxsh buloqlardir. Bu joydagi buloqlarning har birini o‘z nomi bor. Niyatbuloq, Isitmabuloq, Qo‘tirbuloq, ziyoratchilar o‘z dardlariga shifo istab, farzandli bo‘lish maqsadida ushbu buloqlarni suvidan niyat qilib ichishadi va olib ketadilar.

Buloqlar va ularni turli kasaliklardan xolos etish xususiyati to‘g‘risida ham xalqimiz orasida turli rivoyat va afsonalar bor. Azal-azaldan buloqlarni paydo bo‘lishini ushbu ziyoratgohdagi afsona singari ko‘p hollarda aziz avliyolarga bog‘liq deb qarashgan. Ushbu buloqlar bilan bog‘liq rivoyatlardagi xalqning suvga bo‘lgan ehtiyoji va avliyolar tomonidan bu ehtiyoj qondirilishini yana shu jihatlari borki, mahalliy aholi qadimdan dehqonchilikda suv masalasining turli qiyinchiliklarini boshidan kechirib kelgan. Bu esa o‘z navbatida islomdan oldin va islom davrida ham suv bilan bog‘liq turli afsona va rivoyatlarni paydo bo‘lishiga olib kelgan. Suvni muqaddas ekanligi ham ana shu rivoyatlar orqali kishilar ongiga singdirib borilgan.



Buloqlar haqida turli qarashlar hozirga qadar saqlanib qolgan bo‘lib, aytishlaricha, ulug‘ avliyolar qabri joylashgan buloqlarga ezgu niyatda kelib, duo qilsa murodi hosil bo‘lar ekan. SHu bois befarzand ayollar ziyoratgohlardagi buloqlarga kelib duolar aytishar ekan. Qizig‘i shundaki, bunday qiziq hodisani bizga mana shu buloqlar yordamida nabirali bo‘lgan ayoldan eshitdik. Uning aytishicha, ancha yil farzand ko‘rmagan qizini ushbu ziyoratgohga olib kelib kel­gach, oradan to‘qqiz oy o‘tib qizi o‘g‘il ko‘rgan. SHu sababdan u bu ziyoratgohga har yili tashrif buyurib, oilasi bilan ziyorat qilib ketar ekan.

Ziyoratgohning tarixi eramizning boshlariga borib taqaladi chunki, mazkur manzilga tutash arxeologik tepalikda eramizning boshlariga oid sak va so‘g‘diy qabrlar ko‘rinishidagi qo‘rg‘onlar mavjud. Qolaversa, mazkur hududda uchraydigan sopol siniqlari eramizning I-II asrlarida ham bu atroflarda ajdodlarimiz yashaganligidan darak beradi.

VII asrning oxiri va VIII asrining birinchi yarmida, butun islom xalifaligida Marvoniylar hukmronligi hukm surayotgan paytlarda Hazrati Alining tarafdorlari, yaqinlari ayovsiz quvg‘in ostiga olinadilar. O‘rta Osiyoga ham ana shu quvg‘in paytida juda ko‘p eshonzodalar, xo‘jalar ajdodlari kelib qolgani tarixdan ma’lum. Abu Muslimning Hazrat Ali tarafini olib qilgan yurishlari uni butun islom olamiga mashhur qilib yuboradi, bu haqda oddiy xalq tilidan hikoyatlar, dostonlar to‘qiladi. Abu Isoq, Ibrohim, Abu Muslim nomlari bilan tarixda ma’lum bo‘lgan shaxslarning dovrug‘i ham 14-asrdan beri O‘rta Osiyo hududida tildan tilga ko‘chib yuradi, Xo‘jamushkent qishlog‘idagi ziyoratgohdagi g‘orga yashiringan avliyo Xo‘ja ibn Isoq qiyofasiga kirgan bo‘lishi mumkin.

SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki ushbu ziyoratgoh joylashgan qishloqning nomi ham Xo‘jamushkentdir. Xalq etemologiyasida “Xo‘ja ibn Isoq g‘orni mushti bilan urgan va g‘or paydo bo‘lgan” shu boisdan qishloq va ziyoratgohning nomi “Xo‘jamushkent”dir. Bizningcha, bu so‘z uchta so‘zning birikuvidan hosil bo‘lgan bo‘lib quyidagicha ifodalanadi: “Xo‘ja”- hurmatli, obro‘-e’tiborli kishi, biror kimsaning yoki narsaning egasi, xo‘jayin. 2 tarif-O‘zlarining choryorlarning avlodlari deb hisoblovchi musulmonlarning faxriy nomi, unga qo‘shilgan “mush” so‘zi mushkulkushod so‘zining qisqartmasi deb hisoblasak, Mushkulkushod- qiyinchiliklarni hal qilish, bartaraf etish. Kishining mushkulini oson qilish, ishini yurgizish maqsadida qilinadigan duo va irim-sirimlar va uni o‘tkazish yig‘ini bo‘lib “kent” so‘zi esa (so‘g‘dcha-uy, xonadon) ma’lum xususiyati bilan shahar va qishloqdan farqlanib turuvchi, aholi yashaydigan joy, shaharcha degan ma’nolarni bildirib, “Xo‘jamushkent”- mushkullarni oson qiluvchi joy, makon degan xulosa chiqarishga olib keladi (ta’kid bizniki - F.A.).

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, tadqiqot davomida imkoni boricha tarixiy manbalar va mahalliy aholi orasidagi so‘rovlar orqali ziyoratgohda nomi zikr etilgan avliyoning tarjimai holi va u haqidagi rivoyatlar atroflicha o‘rganildi. Ammo qadamjodagi avliyo Xo‘ja ibn Isoq faoliyatiga doir tarixiy manbalarga duch kelinmadi, faqatgina xalq orasida u haqida rivoyatlar, afsonalargina borligi aniqlandi. YUqoridagilarni inobatga olib tarixiy obidalar, osori atiqalar, maqbara va qadamjolar bilan aloqador manbalarni va xalq og‘zaki ijodini tahliliy o‘rganish ziyoratgohlar bilan bog‘liq tarixiy voqelikni chuqur anglashga, o‘tmish to‘g‘risidagi ilmiy qarashlarni yanada kengaytirishga asos bo‘ladi. Asrlar davomida avaylab-asrab kelinayotgan bunday ziyoratgohlarning milliy ma’naviyatimiz tarixida tutgan o‘rnini ilmiy tadqiq etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Umuman olganda muqaddas qadamjolarning kelib chiqishi, ziyorat ob’ektiga aylanishi, keyingi davrlardagi rivoji, o‘sha davr tarixiy jarayonlari, aholining mentaliteti, xalqning ruhiyati va kayfiyati aks etishini hisobga olgan holda tadqiq etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sa’d ibn Abu Vaqqos” ziyoratgohi. Mazkur ziyoratgoh G‘allaorol tumanining Avliyo qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, ikki bo‘lakka bo‘lingan. YUqori qism – ko‘lbo‘yi hududi – shifobaxsh va muqaddas buloqlari, go‘zal va so‘lim go‘shalari, ajoyib tabiati, betakror manzaralari bilan kishi dilini nurafshon aylasa, pastki bo‘lagi ko‘hna masjidi, xilxonasi bilan diqqatga sazovordir.

Masjid binosining XIX asrda sharqona uslublarda bunyod etilganligi manbalardan ma’lum. Ganchkorlik va masjid shiftidagi rango-rang chiroyli naqsh ishlari esa o‘sha zamonlarda ustalar Mirzo Zoid va usta Bobojonlar tomonidan mahorat bilan ishlangan.

“…Sa’d ibn Abu Vaqqos Makka ashroflaridan birining o‘g‘li, Muhammad alayhissalomga vahiy kelgan paytda navqiron bir yigit bo‘lib islom diniga kiradi va sarkardalik xislatlarini namoyon qiladi. U hijratning 16-yili Xalifa Umar ibn Xattobning eron va Mavoraunnahrga yuborgan qo‘shiniga boshchi etib tayinlanadi.

Hozirgi Avliyo qishlog‘i yaqinida o‘tgan bir jangda yaralanib, sinchalog‘i uzulib tushadi, xonaqoh o‘rniga qoni to‘kiladi. Sarkardaning sinchalog‘ini qishloqning shimol tomonidagi qabristonga ko‘mishadi (bu erda chofroq xonaqoh bor), tabarruk zotning qoni tomgan ko‘l bo‘yiga yaqin joyda ham xonaqoh bunyod etiladi.

Voqea Sa’d ibn Abu Vaqqos(roziyallohu anhu) sog‘lig‘iga ko‘p ta’sir etmaydi, keyinchalik Arabistonga qaytib ketib, uzoq umr ko‘radilar. Uning keksaligi davlatmandlik soyasida o‘tadi. Biroq, vafoti yaqinlashgan chog‘da eski, jundan to‘qilgan chakmonini so‘raydi. Keltirib berganlarida: “Meni shu bilan kafanlanglar, chunki men bu chakmon bilan Badr jangida mushriklarga qarshi jang qilgan edim. Janobi Har huzuriga ham men shu chakmonimda borishni istayman…” (“Munjid” va “Sahobalar hayoti” kitoblaridan).

Buloqni ham “Sa’d ibn Abu Vaqqos bulog‘i” deb ataydilar. Bugun bu manzil juda go‘zal manzara kasb etgan, viloyat okimligining e’tibori bilan, saxovatpesha, qalbi tarixiy qadriyatlarga hurmat bilan limmo-lim kishilarning ehsonlari evaziga ziyoratgoh binolari ta’mirlangan, ko‘l tatibga keltirilib, ziyorat joylari obod etilganligini ko‘rish mumkin. Ko‘lda “muqaddas baliqlar”ni – O‘zbekiston “qizil kitobi”ga kiritilgan relikt qorabaliqlarni ko‘rish mumkin. Ziyoratgoh hududi 14.2 gektarni tashkil etadi.

Parpi ota” ziyoratgohi Morguzar tog‘ining yonbag‘rida, Parpi ota va YAlpoqbosh qishloqlari hududi tutashgan maskanda joylashgan bo‘lib mahalliy aholi tomonidan minglab yillardan buyon aziz maskan sifatida e’zozlab kelinadi. Ziyoratgohga asosan farzand ko‘rish va qutirgan it qopgan kishilar shifo topish maqsadida tashrif qiladilar. Ziyoratgohda sirli-sinoatli deb topilgan teshiktosh bo‘lib, axborotchilarni ta’kidlashicha "gunohi borlarni poklar emish..." Teshiktoshga tutashtirib xonaqoh, ayvon, alohida masjid binosi qurilgan. Ba’zi manbalarda ziyoratgohga XII asrda yashab o‘tgan mashhur sharq muhaddislik ilmining buyuk bilimdoni, so‘fiylik tariqati sardorlaridan biri Al-Ahmad ibn Abduhamid G‘azzoliyning (vafoti tax.1122 yil) qadami etgan deb taxmin qilinadi. Ziyoratgoh juda ko‘p asrlardan beri ma’lum bo‘lib uning joylashgan o‘rni ko‘hna karvon yo‘llarining ustida joylashganligi bilan xarakterlidir. O‘rta asrlar arab tarixchilari yozib qoldirgan ma’lumotlarga tayaniladigan bo‘lsa bu joy Ustrushonadagi “tog‘ yo‘li” ustidagi ziyorat manzilidir. Bu maskandan Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘tganligi aniq, chunki “Boburnoma”da “CHo‘bar oshuvi” haqida so‘z yuritilgan bo‘lib ushbu nom bilan ataluvchi qishloqga ham shu joydan yo‘l bor.

Mazkur ziyoratgohga yaqin joyda qadimgi qabriston bo‘lib u joydan arxeologlar tomonidan eramizning II-III asrlariga oid sopol ko‘zalar siniqlari chiqqan va ossuariy-ostadonlar qoldiqlari topilgan. “Parpi ota” - "oq ota" degan ma’noni berib, arabchada “parfi” - "oq" deganidir. “Parpi ota” nomi bizga “oq kiyimli ota". “oq niyatli ota”, yoki oq rangli teshiktoshga nisbat berilib "oq tosh ota" kabi ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin. Ziyoratgohdagi mazkur oq rangli teshiktosh, hududidan topilgan arxeologik topilmalar va mahalliy aholining u bilan bog‘liq har xil qarashlari shundan dalolat beradiki, ushbu muqaddas sanalgan makon islom dini kirib kelmasdan oldin ham mavjud bo‘lib kishilar uni ziyoratgoh sifatida bilganlar, marosimlar va milliy xalq bayramlarini shu joyda o‘tkazishgan.

Albatta, ushbu ziyoratgoh ham yurtimizdagi boshqa ziyoratgohlar singari o‘zida qadimgi rivoyat va afsonalarni mujassam etgan bo‘lib, ular ziyoratchilarning diniy hisiyotlarini uyg‘otishda va shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi. SHu bois ziyortchilarning ruhiyati va shaxsiy kechinmalarini ziyoratgohlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, islom dini kirib kelgunga qadar Markaziy Osiyoda ko‘plab qadimiy dinlar va diniy qarashlar bo‘lgan. Bu mintaqa dinlari qatorida totemizm, animizm kabi ibtidoiy din ko‘rinishlari, keyingi davrda zardushtiylik, buddizm, mazdakizm kabi e’tiqodlar bo‘lganligi arxeologik manbalar asosida isbotlanganligi ham yuqoridagi holatlarni keltirib chiqarganligi tabiiy.

Ajdodlar e’tiqodi bilan bog‘liq ziyoratgohlar ichida mashhur tarixiy shaxslar va yirik din arboblari nomi bilan ataladigan, shuhrat qozongan mazorlar bilan bir qatorda ayrim mahalliy qishloq aholisining ziyoratgohi sanalgan kichik avliyolar va noma’lum mazorlar ham mavjud. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, avliyolarni ziyorat qiluvchilarning butun hatti –harakati (qurbonlik qilish, yog‘och yoki daraxtlarga latta bog‘lash, duo o‘qitish kabilarda islomgacha mavjud bo‘lgan ibtidoiy fetishistik, animistik, magik (sehrgarlik) hatto tabiat va ajdodlarga sig‘inish kabi diniy e’tiqodlarning elementlari) muhim o‘rinni egallaydi.

Parpi ota ziyoratgohiga boshqa ziyoratgohlardagi singari aholi tomonidan ziyoratga kelish holatlari quyidagicha uch ko‘rinishda amalga oshiriladi. Oilaning an’anaviy yillik ziyorati, ma’lum bir jiddiy sabab tufayli ziyorat va jamoa tomonidan uyushtirilgan sayrlar tufayli ziyorat.

YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni ta’kidlash kerakki har bir oilaning o‘ziga xos homiy mazorlari bo‘lib oiladagi har bir kishining taqdiri shu mazor bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Birinchi guruhga masalan shu mazor ziyoratidan so‘ng tug‘ilgan. YOki shu mazor sababli kasalikdan forig‘ bo‘lgan. Ishlari yurishib baroridan kelgan. Qisqasi shu mazor tufayli oiladagi muammolar echimini topgan. Ikkinchi guruhga uzoq muolajalar natija bermay qo‘ygach, mazorni ziyorati foyda beradi degan umid bilan kelganlar. Bu befarzandik, turli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar ziyorati. Uchinchi guruhga mahala yoki mehnat jamoasi bilan dam olish maqsadida uyushtirilgan sayohat chog‘idagi ziyorat bo‘lib bunday ziyoratchilar jumlasiga sayilgohda o‘tkazilgan tadbir tufayli kelgan ziyoratchilarni kiritish mumkin. SHunday ekan bu guruhlarning muqaddas joylardagi o‘tkaziladigan marosimlari ham bir-biridan farq qiladi.

Kishilar masjidlarda ibodat orqali o‘z mushkullarini echimini xudodan so‘rasalar ziyoratgohlardagi har bir odat orqali xudodan tilaklar so‘rab ko‘riladi, bu boshqa joylarda bo‘lgani kabi Parpi ota ziyoratgohida ham o‘z ifodasini topadi.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki hozirga qadar muqaddas joylarda chiroq yoqish odatlari saqlanib qolingan bo‘lib, axborotchilardan nima uchun muqaddas mazorlarga paxta o‘rab yoqqa botirilgan cho‘plarni yoqish urf bo‘lganligi so‘ralganda, ular pilikdagi yog‘ yongan sari ko‘proq is chiqaradi mazordagi ulug‘ ajdodlar ruhiga uning isi tezroq etib borib duolarimiz ijobat bo‘ladi» deya javob beradilar. Ma’lumki ziyorat to‘g‘risidagi kitoblarda mazorlarda chiroq yoki sham yoqish bid’at deb qarab kelingan. Biroq chiroq yoqish ham qadimdan xuddi daraxtlarga latta bog‘lashdek ziyoratchi tomonidan bajarilgan asosiy odatlardan biri sifatida an’anaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, bunday urf odatlar barcha muqaddas joylarga xos odatlar jumlasiga kiradi.

Muqaddas qadamjoni ziyorat qilish vaqtida undan orqasini o‘girib chiqmaslik, xonaqoh ichiga kirayotganda o‘ng oyoq bilan salom berib kirish va o‘tganlar haqiga bag‘ishlab duoyi fotiha qilish singari axloqliy odatlar tufayli aholini qadimdan muqaddas joylarni ziyorat qilishda ma’lum bir axloq me’yorlarga amal qilishlari va bu bilan bog‘liq afsonalar o‘z navbatida ziyoratgohlar to‘g‘risidagi axloq kodekslarini ishlab chiqishiga zamin yaratdi. Ziyoratgohlardagi odob ahloq etiketlari quyidagi normalaradan iborat bo‘lgan, ziyoratgohga mast holatda kelmaslik, baqirmaslik, birovning diliga ozor bermaslik, muqaddas joyga qarab tupurmaslik, daraxt va o‘simliklarni sindirmaslik va boshqalar.

Ushbu normalarga amal qilmagan kishilarni ziyoratgohning o‘zi jazolashi haqida aholi o‘rtasida qadimiy qarashlar mavjud bo‘lib, bu ta’qiqlarga amal qilmaslik tez orada kishilarning ziyon topishiga ishonishdir.

Ziyoratgohga kelayotgan har bir ziyoratchi dastlab o‘zining ustki kiyim boshiga e’tibor beradi. Avvalo bu bosh kiyimlari bilan bog‘liq bo‘lib bu o‘rinda ayollar uchun ro‘mol, erkaklar uchun asosan do‘ppi bosh kiyimi bo‘lib xizmat qiladi. Muqaddas joylar ziyorat uchun borishga xos bo‘lmagan kiyimlar asosan shariatga mos kelmaydigan kiyimlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan bo‘lib bu kiyimlarni kiyib ziyoratga borish muqaddas joyga nisbatan hurmatsizlik belgisi sifatida qaraladi. Bu qarashlar o‘z navbatida ajdodlarga ehtirom ularni ardog‘lash bilan bog‘liq qarashlar zamirida yuzaga kelgan ko‘rinadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki viloyat aholisi tomonidan Parpi ota ziyoratgohiga ixlos bilan, aziz avliyolar qadami etgan deb taxmin qilinayotgan qadamjoni ziyorat qilish bu joydagi marosimlar orqali xudodan o‘z mushkullarini oson qilish, dardiga davo hamda farzand so‘rab shu tarzda onalik baxtiga muyasar bo‘lishga ishonch asrlar mobaynida shakllanib kelgan. Qolaversa bu muqaddas qadamjoni ziyorat qilish ajdodlar an’anasiga sodiqlik sifatida ko‘rish mahalliy xalq tomonidan asosli tarzda qabul qilingan. Ta’kidlash kerakki hududdagi ziyoratgohlarda o‘tkazilayotgan marosimlar an’anaviy ravishda uzoq davrlardan buyon saqlanib kelinayotganligi ham vohadagi nomoddiy madaniy merosni o‘rganishda muhim asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.



Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish