Bo'g'ziyon ota ziyoratgohi. Piskent-Olmaliq yo'lidagi qabriston ichida joylashgan ziyoratxona. Ziyoratchilar uchun maxsus bino qurilgan. Qabriston Muhammad (s.a.v) xizmatida bo'lgan Bobo G'oziy Turk To'g'on nomiga qo'yilgan. Qabristonnnig qizil tuprog'i Bobo G'oziyning dushmanlar bilan olishuvda to'kilgan qoniga qorishivudin hosil bo'lgan degan rivoyatlar bor.
Qirqqiz ziyoratgohi. Rivoyatlarga ko'ra qirqta go'zal pari bo'lgan. Yurtni yov bosib, qizlarning ta'rifini eshitgach ular tomon bostirib boradi. Shunda pari qizlar dushman qo'lida asir bo'lgandan ko'ra toshga aylanib qolishlarini parvardigordan iltijo qiladilar va o'sha zahoti toshga aylanib qoladilar. Bu erdan chiqqan buloq esa go'yo pari qizlarning ko'z yoshlari emish.
Do'stlaringiz bilan baham: |