Kabtar kumush buva ziyoratgohi. Ardaboev qishloq fuqarolar yig'ini hududida joylashgan. Tumanning Piskom qishlog'idan otda 4 soatlik yo'l uzoqligida. Atrofida odam yashamaydi. Ziyoratchilar faqat yozda (qishda borishning iloji yo'q) boradilar va ehson dasturxoni yozadilar. Bu joy ilmiy manbalarda tilga olingan.
Burchmullo qishlog'ining “Qadamchibuva” ziyoratgoxi buloqlari. Burchmullo qishlog'ining kirish qismidagi past tekislikdagi go'zal darada joylashgan “Qadamchibuva” ziyoratgoxiga ko'zingiz tushgani hamon ko'nglingiz yayrab ketadi. Xalq bu joyni Idris (xirstianlarda ENOX) payg'ambar nomi bilan bog'lashadi. Bu afsona haqida shunday rivoyat qilinadi: -juda qadim o'tmishda Idris payg'ambar shu joylardan o'tadi. Bu erdagi hamma narsa – go'zal tog' manzarasi, adl daraxtlar, musaffo havo unga yoqadi. Atrofida turli nav daraxtlar o'sgan mo''jaz qo'rg'onni ko'rib, bu erda suv yo'qligidan ajablanadi va Alloxga murojaat qilib, “Sen hamma narsani yartguvchisan ammo nega bu erda suv yo'q?” allox javob qildi: “Men senga yaratish qudratini ato etdim, Kaftingni erga bos, shunda mo''jizani ko'rasan”. Payg'ambar oyog'i ostida yotgan toshga kaftini bosadi, shu zaxotiyoq tosh ostidan besh barmoq kabi yonma-yon beshta joydan suv otilib chiqadi. Bu ko'p vaqtdan beri orzu-umid bilan Alloxga iltijo va ibodat qilib so'ralgan obi-hayot edi. U erning chuqur qa'ridan favvoradek yuzaga otildi. Musaffo buloqlar kundan kunga kuchayib bordi. Bugun Idris Alayxissalomning besh barmog'i o'rnidan qaynab chiqayotgan zilol suv tinimsiz oqib, odamlar chanqog'ini qondirib, ruxlariga tetiklik, dardlariga shifo bag'ishlayapti. Payg'ambar xassasini suqqan joydan esa chinor o'sib chiqqan. U bugun “Qadamchibuva” muqaddas ziyoratgoxi osmonini qoplab, soya tashlab turibdi. Chinorning tanasini to'rt-besh kishi qo'l ushlashib quchoqlashi mumkin. Bu erga tashrif buyurayotgan sayyox va ziyoratchilar go'yo maslahatlashib olgandek chinor atrofini etti marta aylanib chiqishadi. Bu an'ana qachon tug'ilganini hech kim bilmaydi. Ammo turli yoshdagi mahalliy va ziyoratga kelgan odamlarni ko'rib xursand bo'lasiz. Negaki tabiat va xotira odamlarni – insonlarni birlashtirib go'yo jamiyki insonlar er farzandi ekanligimizniyurakdan xis etas.Bu erda g'oyat ajoyib go'zal bog' bunyodga kelgan. O'zbekiston yozining avji jaziramasida “Qadamchibuva” ziyoratgoxi kechayu-kunduz birdek sokin va salqin. Bu muqaddas dargoxda o'y-fikrlar tiniqlashib, qalb quvonchga to'ladi, ruxingiz tabiatdan kuch oladi, yashashga bo'lgan ishtiyoq va olg'a intilish hissiyotihayolingizni chulg'aydi. O'z o'lkangizni o'zingizga yana va yana kashf etish, zaminni yanada fayzli qilish va unga mexringizni berishga undaydi. Xuddi bir paytlar “Qadamchibuva” ajabtovur nom-Burchmullo deya ataluvchi shu makonga o'z mexrini bergandek.
Do'stlaringiz bilan baham: |