A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma


Atmosfera havosini ifloslovchi asosiy manbalar



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

Atmosfera havosini ifloslovchi asosiy manbalar.  Turli  mamlakatlar  hududida 
atmosferaning tabiiy va sun`iy yo`l bilan ifloslanib turishini hisobga olsak, bunday ifloslanish 
ko`rsatkichlari turli mamlakatlarda turlichadir. Hozir Er sharida 400 milliondan ortiq avtomobil’ 
atmosferaga yiliga 300 million tonna har xil zaharli gazlar, chang va boshqalarni chiqarib 
ifloslamoqda. SHundan 200 million tonnasi uglerod oksidiga, 50 million tonnasi uglevodorodga, 
million tonnasi azot oksidiga to`g’ri keladi. Faqat Toshkent shahrida har kuni 200 mingdan ortiq 
avtomobil’ harakatda bo`lib atmosferani zaharlaydi. Bir yilda ular atmosferaga 400 ming 
tonnadan ortiq zaharli gaz chiqaradi. O`zbekiston bo`yicha bu ko`rsatkich yiliga 1.337 ming 
tonnadan oshadi. Ayniqsa, Toshkent, Andijon, Qo`qon, Farg’ona va boshqa shaharlarning havosi 
o`ta kuchli zaharlangandir. Ba`zi korxonalarda tozalovchi inshootlarning yo`qligi tufayli 
atmosferaga chang, qurum va zaharli gazlar chiqarib yuboriladi. Masalan, Toshkent GRESi 60% 
tabiiy gaz va 40% quyuq yoqilg’i bilan ishlab, sutkasiga 154 ming m
3
 azot oksidini havoga 
chiqarib yubormoqda, Toshkent «Kompressor» zavodi soatiga 400 ming m
3
 har xil gazlarni 
havoga chiqarmoqda. Atmosfera havosining ifloslanishi tabiiy holda o`suvchi o`simliklar va 
qishloq xo`jalik ekinlari hayotiga salbiy ta`sir etmoqda. Havoga chiqayotgan chang, qurum, 
tutun va oltingugurt gazi; xlor, uglevodorod birikmalari, mish’yak (margimush), sur’ma, ftor va 
boshqalar yana erga qaytib tushgach o`simlik barglariga, tuproq va suv orqali o`simlik ildiziga 
o`tmoqda. Natijada modda (fotosintez) almashinuvi buziladi, o`simliklar kasallanadi, ularning 
hosildorligi kamayadi, o`simliklarning havoni kislorodga boyitish qobiliyatini pasaytiradi. Bu 
esa o`z navbatida insonlar salomatligiga katta putur etkazadi.  
Atmosferaning ifloslanishi Erning havo qobig’iga ta`sir etibgina qolmasdan, balki inson 
hayoti va tevarak-atrofidagi muhitni xavf ostiga qo`yadi. Atmosfera havosidagi har xil gazlar, 
suv bug’lari, qattiq va suyuq zarrachalari, radioaktiv changlar havo sifatini buzadi, tabiiy 
muhitga turli salbiy oqibatlar olib keladi. Ilgarilari havo sanoat ob`yektlari ustidagina ifloslangan 
bo`lsa, hozir sanoat, transport, energetika va boshqalardan chiqqan chiqindi katta-katta rayonlar
bir necha minglab kilometr masofalardagi hududlar havosining ifloslanishiga sababchi 
bo`lmoqda. Ba`zi bir ma`lumotlarga ko`ra, Yer yuzida bir yilda havoga chiqarilgan oltingugurt 
gazi, is gazi (SO), kul va karbonat angidridning miqdori taxminan 500 mln. tonnaga etmoqda. 
BMT ma`lumotlariga ko`ra, insoniyat paydo bo`lgandan to shu vaqtgacha 80-85 mlrd. 
tonna turli yoqilg’i yoqilgan, shuning yarmi keyingi 25 yilga to`g’ri keladi. Faqatgina 
ko`mirning o`zi yiliga 2 mlrd. tonna yoqiladi. Albatta, yoqilg’ini yoqish uchun kislorod kerak. 
Hozirgi kunda yoqilg’ilarni yoqishga yiliga 10-15 mlrd. tonna kislorod sarflanmoqda. Yiliga 
metall oksidlanishi uchun 100 mln. tonna kislorod ketadi. YUNESKOning ma`lumoticha turli 
mamlakatlarda ishlab turgan 260 mln.dan ortiq avtomashinalar yiliga 80 mln. kishi iste`miol 
qiladigan kislorodni sarflaydi. 1000 km yurgan engil avtomobil’ bir kishining 1 yillik kislorodini 
yutadi. 
Fan-texnika inqilobining boshlanishidan oldin atmosferadagi karbonad angidrid miqdori 
uzoq vaqtgacha bir me`yorda edi. CHunki issiqlik fotosintez yo`li bilan atmosferadan 110 mlrd. 
tonna yoki 5% karbonat angidridni yutar edi. Buning o`rnini esa moddalarning chirishi, 
yoqilg’ining yonishi va yong’inlardan chiqkan gazlar egallagan edi. Hozirgi vaqtda turli tashki 
kuchlar ta`sirida biosfera sekin-asta o`zgarib bormoqda. Chunki inson faoliyati natijasida 
kundan-kunga ko`payib borayotgan SO
2
 gazini o`simlik va okeandagi fitoplanktonlar yutib 
ulgura olmayotirlar. Atmosfera tarkibidagi kislorod muammosi ham dolzarb bo`lib, kislorod 


miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Shuning uchun, havoning ifloslanishi sabablarini 
aniqlash va uning oldini olish katta amaliy ahamiyatga ega. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish