J.Detri atmosferaning ifloslanish sabablarini 4 guruhga bo`lishni taklif etadi:
1. Tabiiy yo`l bilan ifloslanish (mineral, o`simlik, hayvon va mikroorganizmlar ta`sirida).
2. Sanoat tarmoqlari, transport va turar joylarni isitishda foydalaniladigan yoqilg’ilar orqali
ifloslanish.
3. Sanoat chiqindilari orkali ifloslanish.
4. Sanoat chiqindilari va maishiy-xo`jalik chiqindilarini yoqish orkali ifloslanish.
Tabiiy yul bilan ifloslanish atmosfera tarkibida me`yordan ortiq bo`lsa, katta halokat ro`y
berishi mumkin. Ammo transport, sanoat va boshqalarning chiqindilari tabiiy yo`l bilan
ifloslanishga qaraganda anchagina xavflidir. Texnik taraqqiyot natijasida yonilg’i resurslari Er va
okeanni sayoz erlaridan ko`plab olinmoqda va ishlatilmoqda. Oqibatda turli yoqilg’i
mahsulotlarining qoldiqlari havoga qo`shilib uni buzmoqda (1 tonna benzin yonishi natijasida 60
kg is gazi (SO) havoga ko`tariladi va aralashadi).
Sanoat ob`yektlari va issiqlik elektr stantsiyalarida yoqilg’ining to`liq yonmasligi oqibatida
turli miqdorda zaharli gazlar havoga chikib, ba`zilari esa er yuzasiga tushganda, boshqalari
atmosfera qatlamlarida uzoq vaqtgacha saqlanishi mumkin. Masalan, "Elektrositi de Frans"
issiqlik elektr stantsiya kompaniyasi har oyda 51 ming tonna ko`mir yoqadi; oqibatda har kuni
havoga 33 tonna sul’fat angidrid gazi va 250 tonna kul chiqadi.
Neft bilan ishlaydigan issiklik elektr stantsiyalari havoga kul chiqarmaydi. Ammo ko`mir
ishlatadigan stantsiyaga qaraganda 3 barobar ko`p sul’fat angidrid gazi ajratib chiqaradi. Sanoat
tarmoqlari havoga turli zaharli modda va gazlar chiqarishi bilan bir qatorda atmosferadan juda
katta miqdorda kislorod yutadi. Masalan, 1 tonna cho`yanni rudadan ajratib olish uchun 150 m
3
,
1 tonna po`lat olish uchun 35-70 m
3
, 1 tonna ammiak olish uchun 500 m
3
va 1 tonna atsetelin
olish uchun 3600 m
3
kislorod ketadi. Po`lat eritib olish uchun kislorodga bo`lgan talab keyingn
yillarda 2,6 marta, domna pechlarida 4,2 marta oshdi.
Kishi sog’ligi uchun chang, qurum, kul va boshqalar zararlidir. YOqilg’i to`la yonmasligi,
sifatining pastligi va tutunni tutib qoladigan uskunalarning sust ishlashi natijasida havodagi turli
birikmalar sekin-asta yer yuziga tushadi. 1952 yili Londonda 1 hafta davom etgan iflos tuman
natijasida 4000 kishi, keyinchalik (3 oy mobaynida) yana bir necha ming kishi nobud bo`lgan.
1962 yil dekabr oyida bu shaharda qurumdan 750 kishi o`lgan. Tsement zavodlari atmosferani
ko`plab ifloslaydi. Tsement changlari uzoq-uzoq joylargacha tarqalishi mumkin. Hozirgi vaqtda
zavodlarga chang zarrachalarini tutib qoladigan uskunalar o`rnatilib, millionlab tonna qurilish
materiallarini tejab qolinmoqda. Keyingi vaqtlarda kimyo sanoatining qoldiqlari atmosfera
havosini ko`plab ifloslamoqda. Kimyo sanoat tarmoqlaridan chiqqan zaharli gaz va birikmalar
havoga aralashib, zaharli gazlar miqdorini oshirib yubormoqda. Oqibatda kimyo zavodlari va
kombinatlariga yaqin bo`lgan erlarda fauna, floralar zarar ko`rmoqda va ba`zi o`simliklar
butunlay nobud bo`lmoqda. Natijada bunday joylarda tabiiy landshaft o`z xususiyatini yo`kotib,
o`zgacha tus olmoqda. Havo tarkibidagi karbonat angidrid, is gazi, azot, xlor. fosfor, fenol, ftor
va boshqalarning ko`p miqdorda bo`lishi inson salomatligiga ta`sir etmay qolmaydi. Natijada,
ko`pgina kishilar astma, rak kabi kasalliklarga duchor bo`lishadi.
Bioximik olim eyri Geygan-Smit 1950 yili atmosferada ozonning turli azotli birikmasi
nihoyatda xavfli ekanligini aniqladi. Ozon kimyoviy reaktsiyaga juda tez kirishib o`simlik
barglaridagi xlorofil turlarini buzadi, rezina va ip gazlamalarini emiradi. Azotli birikmalar esa
ko`z, o`pka kasalliklariga olib keladi va havoda ko`lansa hid tarqatadi. Kimyoviy birikma va
qurumlar tarixiy va arxitektura yodgorliklarini ham buzmoqda. Venetsiya, Sankt-Peterburg,
Kyol’n, Milan, London va boshqalar kabi qadimiy shaharlar ko`chalaridagi nodir yodgorliklar va
haykallar emirilmoqda yoki korroziyaga uchramoqda.
Atmosferaning ifloslanishida transport vositalarining roli katta, avtomashina, samolyot va
boshqalar katta miqdorda kislorod ishlatadi. Masalan, Amerika-Yevropa orasida uchadigan
birgina super reaktiv layner 8 soat ichida 50 tonna kislorod sarf qiladi. SHuncha miqdordagi
kislorodni 25-50 ming gektar erdagi o`rmon 8 soatda etkazib beradi. Transport turlari inson
salomatligi uchun zararli bo`lgan karbonat angidrid, is gazidan tashkari turli birikmalar ham
chiqaradi. Avtotransportdan chiqadigan mayda zarralar, jumladan, avtomobil’ pokrishkasidan
chiqadigan rezina zarralari nafas olish uchun, umuman hayot uchun xavflidir (birgina avtomobil’
pokrishkasi emirilishi natijasida 1 yilda 10 kg changsimon rezina zarrasini havoga aralashtiradi).
Atmosfera va tabiiy muhitning ifloslanishida radioaktiv moddalarning ta`siri juda xavflidir.
Radioaktiv moddalarni sun`iy ravishda er yuzasida tarqalishi asosan ikkinchi jahon urushidan
keyin boshlandi. Atmosferada, suv osti va quruqlikda turli kuchga ega bo`lgan ko`plab atom,
vodorod, neytron bombalari portlatib sinab ko`rildi. Oqibatda atmosferaga radioaktiv moddalar
tarkaldi. Birgina atom bombasini portlatish natijasida 200 dan ortiq turli radioativ moddalar
paydo bo`ladi, ba`zilari esa radioaktiv zanjirlarni hosil etib, bir elementdan ikkinchisiga o`tadi.
Portlatish natijasida atmosferaga ko`tarilgan radioaktiv moddalarning yirik zarralari quruq chang
holatida yoki yog’in sochinga qo`shilib bir necha soat mobaynida erga qaytib tushishi mumkin.
Ularning radioaktiv ta`siri juda kuchli. Juda mayda radioaktiv moddalar esa atmosferaning
yuqori qatlamlarigacha ko`tarilib, bir necha minglab kilometr masofann ifloslashi mumkin.
Hozirgi vaqtda bunday zaharli moddalarni baland tog’larda, Antarktida muzliklarida ham
uchratish mumkin. SHunday qilib, Atmosferaning ifloslanishi xalq xo`jaligiga katta iqtisodiy
zarar etkazadi.
A) Atmosferaning ifloslanishi tufayli materiallar emiriladi va korroziyaga uchraydi.
B) SHaharlarda, ayniqsa sanoatlashgan joylardagi iflos havo korxona asbob-uskunalarining
foydalanish muddatining 1,5 barobar kamaytiradi.
V) Atmosferaning ifloslanishi natijasida ko`pgina kasalliklar vujudga kelmoqda (kishilar
jismoniy va ruhiy kasalliklarga uchramoqda).
G) Havo ifloslanishi qishloq xo`jalik madaniylariga katta zarar ko`rsatmoqda.
D) Havo ifloslanishidan achchiq tutundan transportlarnpng harakati qiyinlashib, ko`p
xalokatlar (samolyot) ro`y bermoqda.
E) Atmosferaning ifloslanishi yarim o`tkazgichlar, aniq asboblar, vaktsina va
antibiotiklarni ishlab chiqarishni qiyinlashtirib yubormoqda.
J) Zavod va fabrikalardan qimmatbaho moddalar bekorga atmosferaga chiqib ketmoqda.
Z) Atmosferanpng ifloslanishi natijasida geografik qobiqning tabiiy holatida o`zgarish yuz
bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi ma`lumoti bo`yicha
(2004 yil) Respublika havosiga qo`shilayotgan turli iflos moddalarning ko`p qismi quyidagi
korxonalar zimmasiga tushmoqda: "O`zneftgaz" (318185 tonna), O`zR energetika vazirligi
(256145 tonna), Olmaliq tog’ metallurgiya kombinati (107409 tonna), O`zR qurilish materiallar
davlat kontserni (34797 tonna), Kommunal xizmat vazirligi (26159 tonna), O`zkimyosanoat
Assosiatsiyasi (24293 tonna) va Qizilqumoltin kontserni (20901 tonna).
1996 yilda Respublika sanoat korxonalaridan chiqqan va havoga qo`shilgan chiqindilar
viloyatlar bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi.
Toshkent viloyati
300 ming tonna
qashqadaryo viloyati
214000 tonna
Farg’ona viloyati
99000 tonna
Buxoro viloyati
57000 tonna
Navoiy viloyati
47000 tonna
Havoni eng ko`p ifloslovchi shaharlarga: Angren (111000 tonna), Olmaliq (105000 tonna),
qarshi, Fargona, Navoiylar kiradi. Havoga qo`shilgan zararli moddalarning yarmisi uglerod
oksidiga, 13% - karbonat angidrid, 14% - oltingugurt II- oksidi, 9% - azot oksidlari, 8% - qattiq
moddalar, faqatgina 4% - o`ziga xos zaharli murakkab birikmalarga to`g’ri keladi. Havoga
ko`tarilgan oltingugurt oksidi turli jarayonlar ta`sirida sul’fat kislotasiga aylanib yog’in bilan er
yuzasiga tushadi. Bunday jarayonni Olmaliqdan 50 km uzoqda joylashgan Chotqol biosfera
qo`riqxonasida kuzatilgan. Tarkibida turli metallar to`plami, oyna-shisha qoldiqlari bo`lgan
qishloq xo`jaligida foydalanilmay, zavod atrofida to`planib qolgan chiqindilar kundan kunga
ko`payib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |