A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma


Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishning chora-tadbirlari



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishning chora-tadbirlari.  
 Atmosfera havosini toza saqlashda sanoat ob`yektlarini geografik sharoitiga qarab 
joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda sanoat ob`yektlari va yirik kommunal korxonalari 
alohida sanoat zonasida uy-joy massivlaridan tashqarida bo`lishn kerak. SHuningdek, 
shamolning yo`nalishi uy-joy zonasidan sanoat zonasi tomon esadigan bo`lishiga rioya qilish 


lozim. Aks holda sanoatdan chiqqan chang, qurum va gazlar uy-joy zonasi tomon shamol orqali 
kelib, havoni ifloslaydi. Uy-joy zonasi bilan sanoat zonasi orasida kengligi 100 m dan bir necha 
kilometr keladigan yashil o`simliklardan iborat sanitariya-himoya zonasi bo`lishi yaxshi natija 
beradi. 
Atmosfera havosini toza saqlashda transport chiqindi gazlarini, dudlarini kamaytirnsh juda 
muhimdir. Havoni ifloslantirishda transport turlari ichida benzin bilan ishlaydigan avtomobillar 
(AQSHda 75%ni tashkil etadi), keyin havo transporti (5%), dizel dvigatelli avtomashinalar (4%), 
traktor va boshqa qishloq xo`jaligi mashinalari (4%), temir yo`l va suv transporti (2%) turadi. 
O`zbekistonda havoni ifloslantirishda avtomobillar alohida o`rin tutadi, ular zaharli 
moddalarning 60%ni tashkil etib, Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Samarqand kabi yirik 
shaharlarda bu ko`rsatkich 80%ga ko`tariladi. Keyingi yillarda O`zbekistonda avtotransportdan 
havoga iflos moddalarni qo`shilishi ancha kamaydi. Shaharlar havosini toza saqlashda 
avtomobil’ yoqilg’ilari sifatini yaxshilash, xususan, atmosferaga kam gaz chiqaradigan, 
quyuqlashtirilgan gazlardan foydalanishga o`tish yaxshi natija beradi. Bunda gazning to`liq 
yonishi tufayli atmosferaga zaharli moddalar kam chiqadi va bu jarayonni amalga oshirish juda 
arzon tushadi. Masalan, Toshkent shahridagi ba`zi avtomashinalar 1978 yildan beri benzin 
o`rniga  yoppasiga quyuqlashtirilgan propan-butan yoqilg’isi bilan ishlashga o`tgan, 
quyuqlashtirilgan gaz benzinga nisbatan 2-3 marta arzonga tushishidan tashkari atmosferaga juda 
kam zaharli moddalar chiqaradi. Avtomobillarning gaz asosida ishlashi (benzinda ishlashiga 
nisbatan) natijasida tsilindr gil’zalari, porshenlar, porshen xalqalari, vallarning eyilishi 50-70%ga 
kamaydi. Dvigatellarning remontlararo ish qobiliyatini esa 60%ga oshiradi. Ba`zi davlatlarda 
avtomobillar benzin emas, balki spirt bilan yurmoqda. Natijada atrof-muhitga zaharli gazlar juda 
kam chiqarilmoqda va arzonga tushmoqda. 
Avtomobildan chiqadigan zaharli gaz miqdorini kamaytirish uchun yana ularning texnik 
holati va dvigatelga yoqilg’ining bir me`yorda borishiga qat`iy rioya qilish kerak. Avtomobildan 
chiqadigan gazning atmosferadagi miqdori shuningdek. yo`lning kengligiga, ko`cha havosining 
almashinib turishiga, avtomobil oqimining shahar transport arteriyalari bo`ylab to`xtovsiz 
harakat qilishiga ham bog’liq. Agar chorrahalarda avtomobillar to`planib qolsa, o`sha joyda 
zararli gazlar ko`proq to`planpb qoladi. Shuning uchun serqatnov ko`chalarda avtomobil 
tunellari, ko`priklari va yo`lovchilar uchun er osti o`tish joylari qurish avtomobillarning 
to`xtovsiz harakatini ta`minlaydi. Tajribalardan ma`lumki, avtomobil tunellari va ko`priklari 
qurilgandan so`ng mazkur maydonlarda tunnel va ko`prik ishga tushguncha bo`lgan davrga 
nisbatan ugrerod oksidinpng kontsentratsiyasi 4 marta kamaygan. 
Shaharlar havosi toza saqlashda tranzit transportlarni shahar ko`chalariga qo`ymaslik, 
ularni shahar atrofidagn aylanma yo`l xalqasini tashkil etib o`tkaznb yuborish yaxshi natija 
beradi. Shuningdek, avtotransport serqatnov ko`chalar atrofida o`simlik zonalari tashkil etish 
kerak. Chunki, bu o`simlik to`siqlari avtomobillardan chiqqan zaharli gazlarni yutib turishdan 
tashqari shovqin-suronni keskin kamaytiradi. Nihoyat, shaharlar havosini toza saqlash uchun 
jamoat transportining elektrenergiya asosida ishlab, atmosferani ifloslanmaydigan turlaridan - 
metro, trolleybus, tramvaydan foydalanishga o`tish zarur. 
Shaharlarda atmosfera havosini toza saqlashda elektrlashtirilgan transport (er osti va er 
yuzasi)ini ahamiyati katta. elektrlashtirilgan transport aholini iflos gazlardan va shovqindan 
saqlaydi. Tramvay va tralleybuslarni shahar transportida mavqeinn ko`tarish kerak, chunki bu 
transport turlari hozirgi zamon qulay va foydali transport. Tramvay tezligini 16-20 km/soat 
o`rniga 30-32 km/soatga ko`tarish kerak. 1 km tramvay yo`lini qurilishi, 1 km metro yo`li 
qurilishiga qaraganda 8-12 marotaba arzon tushadi. Hozirgi kunda yirik shaharlarda atmosfera 
havosini toza saqlash maqsadida, neft’ va benzinni tanqisligini hisobga olinib, al’ternativ 
yoqilg’ilar izlanmoqda. Bu sohada elektromobillarni kelajagi porloq. elektromobillar - oddiy 
avtomobillar bilan bir vaqtda kashf etilgan bo`lib, akkumulyativ batareyalar kuchsiz va benzinli 
motordan zaif bo`lganligi sababli hayotda o`z o`rnini tezlikda topa olmadi. Lekin keyingi 
vaqtlarda ba`zi davlatlarda elektromobillar xalq xo`jaligida keng foydalanilmoqda. Masalan, 
Angliyada 45 ming tashuvchi, 100 mingdan ortiq elektromobillar zavod, shaxta, kasalxona va 


bog’larda mashinalar energiyani akkumulyativ batareyaladan olib ishlamoqda (ularning tezligi 
soatiga 32 km dan oshmaydi). "Klorid" kompaniyaei yaratgan avtobuslar elektrobatareyalar 
kuchida harakatga kelib, ularning tezligi soatiga 64 km ga etib, 64 km gacha yo`lni batareyani 
qayta zaryadlamasdan yurishi mumkin. 
Shaharlar havosini toza saqlashda shaharlar va sanoat markazlarida havoning tozaligini 
muntazam nazorat qilib turish katta ahamiyatga ega. Shu sababli ko`pchilik shaharlarda 
havoning holati muntazam ravpshda kuzatib turiladi. Katta shaharlar havosining holatini sutkada 
3-4 marta kuzatib, o`lchab turuvchi bir necha punktlar bor. Masalan, Sankt-Peterburg 
territoriyasida 40 ta, Moskvada 30 dan ortiq, Toshkent shahrida 10 ga yaqin kuzatish punktlari 
bo`lib, ulardan havodan namuna olib, uning tarkibida gaz va bug’larning miqdori, zaharli 
moddalarning kontsentratsiyasi tekshirib turiladi. Toshkent shahri havosining tozaligini 1966 
yildan boshlab nazorat qilish amalga oshirilgan. Bir yilda Toshkentda havo tarkibi 45 ming 
martagacha, bir kunda esa 124 martadan ortiq analiz qilinadi, agar havo tarkibi ifloslanib 
me`yordan oshib ketsa, darhol uning oldini olish choralari ko`riladi. SHahardagi havoning 
holatini kuzatish punktlaridan olingan ma`lumotlar umumlashtirilib, shahar ijroiya qo`mitasi 
qoshidagi shtabga berib turiladi. SHaharlar havosini tozaligini muntazam tekshirish bilan birga, 
maxsus jihozlangan va avtomat-kontrol-o`lchov sistemasi bilan qurollangan avtomashinalar 
yordamida ham (avtomashinalar shahar ko`chalarini, sanoat korxonalarining atroflarini) 
o`lchaniladi. 
Hozirgi kunda O`zbekistonning 26 shahrida atmosfera havosini ifloslanishi 65 statsionar 
postlarda kuzatish ishlari olib boradi. O`zbekiston havosini ifloslanishini kuzatishga O`zbekiston 
Gidrometerologiya boshqarmasi raxbarlik qiladi va uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
O`zbekiston Respublikasi atrof-muhit ifloslanishini kuzatish markazi, Farg’ona va Navoiy 
shaharlaridagi ikki kompleks laboratoriya, atmosfera havosini ifloslanishini kuzatuvchi 7 
laboratoriya (Olmaliq, Andijon, Samarqand, Angren, Bekobod shaharlari), havo ifloslanishini 
kuzatuvchi 4 guruh (Buxoro, Guliston, Nukus va Namangan shaharlarida), atrof-muhitni 
ifloslanishini kuzatuvchi Sariosiyo idoralraro laboratoriyasi va ikki monitoring (Chotqol 
qo`riqxonasi, Abramov muzligi) stantsiyaldari kiradi. Yirik shaharlarimizdan qarshi, Termiz, 
Kogon, Sirg’ali, Do`stlik shaharlarida va boshqa hududlarda maxsus dasturlar bo`yicha 
ishlaydigan ekspeditsion havoni ifloslanishini kuzatish ishlari olib boriladi. 
 Umumman atmosferani  ifloslanishdan  saqlashda  shahar  va  qishloqlar  havosining 
sog’lomlashtirishda eng ishonchli usul yashil o`simliklar maydonini kengaytirishdir. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish