A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

       Agroekosistemalar.  Agroekosistemalar  qishloq  xo`jaligida  foydalaniladigan  ekin 
maydonlari, em-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy   hayvonlarini 
o`z 
ichiga 
oluvchi hududlar majmuidir. Agroekosistemalar tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har doim 
ekologik zanjirni boshqarib iloji boricha ko`p energiyaga ega bo`lgan mahsulot olishga harakat 
qiladi va energetik piramidaning cho`qqisida turadi. Agrofitotsenoz agroekosistemalarning eng 
muhim bir qismi hisoblanib, u ma`lum maydondagi madaniy va begona o`tlar majmuidan iborat. 
Agrofitotsenozning madaniy, begona o`tlar hamda tup-roqdagi suvo`tlari va mikroorganizmlari 
agroekosistemaning mustaqil qismi hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun zarur bo`lgan 
va ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar uning tarkibiga kirmaydi. Agrofitotsenozlar sun`iy 
fitotsenoz deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga o`xshash tomonlari va farqlari bor. 
O`xshashlik tomonlari quyidagilar: 1. Har ikki jamoada ham quyosh energiyasi avtotrof 
organizmlar tomonidan o`zlashtiriladi; 2. Tabiiy va sun`iy jamoalarning turlar o`rtasida o`zaro 
aloqa munosabatlari mavjud; 3. Begona o`tlarning turlar tarkibi, tabiiy jamoalarning turlar tarkibi 
ham tashqi muhit sharoitlari bilan belgilanadi va ular barqaror (almashlab ekishning ba`zi 
bosqichlarida o`zgarsa ham) guruh sifatida ishtirok etadi; 4. ekinlar orasida o`sadigan turlar va 
tabiiy tsenozlardagi turlar uchun ham qonuniy ravishda almashinadigan fenologik fazalar 
xarakterlidir. Farqlari esa quyidagilardan iborat: 1. Miqdoriy ko`rsatkichi bilan; 2. Dominantlar 
agrofitotsenozlarda inson tomonidan kiritiladi va boshqariladi; 3. Tabiiy jamoalarda turlarni turli 
strategik tiplarga ajratish mumkin; 4. Agrofitotsenozlardagi begona o`tlar keng ekologik 
amplitudadagi va kosmopolit organizmlardir; 5. Agrofitotsenozdagi madaniy o`simlik 
populyatsiyasi ma`lum bir navga tegishli bo`lgani uchun yaxshi differentsiallashmagan. 
Madaniy o`simliklar jamoasi (agrofitotsenozlar) ekologik nuqtai nazardan eng yuqori 
foydali mahsulot berishi va tashqi muhitni eng past darajada ifloslantirishi lozim, shuningdek 
tabiiy resurslar saqlab qolinishi kerak. Masalan, paxta dalasi biotsenozini avtomatik boshqarish 
qobiliyatiga ega, bu erda bir turlar ikkinchi tur bilan almashinadi va qayta tiklanish yuz beradi. 
Natijada hamma organizmlar, soni o`z-o`zidan idora qilinadi. Bahor va yoz oylari boshlarida 
paxtada g’o`za shirasi ko`payadi. Ayni vaqtda xonqizlari, yirtqich pashshalar va uchib yuruvchi 
afidlar ham ko`paya boradi. Bir turdagi zararkunandalar tamom bo`lishi bilanoq, ularning 
kushandalari boshqa zararkunandalarga o`tadi va yoki boshqa tur kushandalarga joy bo`shatib 
beradi. SHunday qilib, dalalarda yirtqich burgalar, kanaxo`rlar, stetoruslar kabi o`rgimchak 
kanalar bilan oziqlanuvchilar paydo bo`ladi. Albatta, zararkunandalar bilan kurashishga 
qaratilgan tabiiy konveyerlar uzilib qolishi mumkin. entomofaglar ham zararkunandalarning 
ko`payishini to`xtatib tura olmasligi mumkin. Bunday paytda inson aralashishi zarurdir. 
Dalalarni kezib qaysi uchastkalarda qanchadan zararkunanda borligini aniqlash, entomofaglar 
etarli uchastkalarda kimyoviy vositalardan foydalanishga shoshilmaslik, kimyoziy ishlovni esa 
faqat xavfli o`choqlardagina elkaga osiladigan yoki traktorlarga o`rnatilgan asboblar 
yordamidagina o`tkazish kerak. Bu holda zararkunandalar boy joygagina kimyoviy ishlov 
beriladi. Qo`shni uchastkalarda esa ularning tabiiy kushandalari tirik qoladi. ekinzorlarga 


kimyoviy ishlov berishni biologik usullar bilan chambarchas bog’lash yanada maqsadga muvofiq 
bo`ladi. Keyingi vaqtlarda zararkunandalarga qarshi kurashda mikrobiologik preparatlar va 
biofabrikalar tashkil qilinmoqda. 
 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish