A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma


Ekosistemalarning  biologik  mahsuldorligi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

Ekosistemalarning  biologik  mahsuldorligi.  Jamoaning  hayot  faoliyati natijasida 
organik moddalar to`planadi va sarf bo`lib turadi. Demak, har bir ekosistema ma`lum darajada 
mahsuldorlikka ega. Biomassaning hosil bo`lish tezligi biologik mahsuldorlik deb ataladi, u 
ayrim turlar, butun ekologik sistema hayot faoliyati energiyasining eng muhim ko`rsatkichi 
bo`lib xizmat qiladi. 
Ekosistemaning asosiy yoki birlamchi mahsuldorligi yashil o`simliklar tomonidan 
fotosintez jarayoni natijasida vaqt birligida to`plangan mahsulot hisoblanadi. Masalan, fotosintez 
natijasida o`rmondagi o`simliklar 1 ga maydonda 5 t organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki 
yalpi birlamchi mahsuldorli deb qaraladi. Ammo o`simlikning hayoti uchun ham hosil bo`lgan 


moddalar sarf bo`ladi. Shuning uchun vaqt va maydon birligiga to`g’ri keluvchi biomassa bir oz 
kam bo`ladi. ekosistemada to`plangan barcha mahsulot (nafas olishga sarf bo`lgandan tashqari) 
jamoaning haqiqiy birlamchi mahsuldorligini tashkil etadi Haqiqiy birlamchi mahsuldorlikni 
hosil qiluvchi organik moddalar geterotrof organizmlar uchun o`zlashtirilishi mumkin. Biomassa 
deyilganda jamoadagi barcha tirik organizmlar umumiy og’nrlirinnng yig’indisi tushuniladi. 
Konsumentlar ham haqiqiy birlamchi mahsulot hisobiga organik modda to`playdi. Ular hosil 
qilgan mahsuldorlik ikkilamchi hisoblanadi. Hisoblashlarning ko`rsatishicha, 1 ga o`rmon 
jamoasi yiliga o`rtacha Quyosh nurining 2,1-10
9
 kJ energiyasini o`zlashtiradi. Agarda shu erdagi 
o`simliklar yoqib yuborilsa atigi 1D-10
6
 kJ yoki to`plangan energiyaning 0,5% ni tashkil etadi. 
Demak, produtsentlar tomonidan to`planadigan birlamchi mahsuldorlik juda kam ekan. 
Ikkilamchi esa bundan ham kam miqdorda bo`ladi. Ozuqa zanjirining bir bo`g’inidan 
ikkinchisiga o`tishi vaqtida 80—99% energiya sarf bo`ladi. 1 m
2
 maydondagi o`simliklar bir 
sutkada hosil qilgan moddalar ekvivalenti taxminan 84 kJ ni tashkil etsa, birlamchi konsumentlar 
hosil qilgani 8,4 kJ, ikkilamchi konsumentlarniki 0, 8 kJ dan oshmaydi. 1 kg mol go`shti hosil 
bo`lishi uchun 90 kg ko`k o`t massasi zarur bo`ladi. 
Emanzor (dubzor) o`rmonlarda yillik to`plangan organik moddalarda 9 milliard kkal 
potentsial energiya yig’iladi. To`plangan organik moddalarning deyarlk yarmi o`simliklarning 
nafas olishi uchun ketadi. O`simliklarning er ustki qismlaridagi organik modda yiliga gektariga 
5-6 t (quruq vaznda), er ostki qismlarida esa 3-4 t ko`payadi, jami to`plangan yillik birlamchi 
biomassa 10 tonnani tashkil etadi. Bu massaning 4 tonnasi barglar, gul, meva va shunga 
o`xshashlarga to`g’ri keladi. O`rmonda o`simliklarni iste`mol qiladigan hayvon turlari ularga 
ozuqa bo`ladigan o`simlik turlariga niobatan ancha ko`p bo`ladi, hayvonlarning biomassasining 
yig’indisi nihoyatda kam. Masalan, tuyoqlilar (bug’u, kiyik, yovvoyi cho`chqa) biomassasi 
gektariga 2 kg, kemiruvchilar va sutemizuvchilar hamda mayda hayvonlarniki 5 kg, qushlar 
biomassasi esa 1-3 kg. 
Yuqorida energiyaning avtotrof organizmlar organik moddalari kimyoviy bog’larida 
to`planishi, keyinchalik geterotrof organizmlarga em bo`lishi, hayvon tomonidan o`zlashtirilgan 
energiyaning ko`p qismi uning hayot faoliyati uchun sarflanishi, ozuqadagi energiyaning faqat 5-
20%igina hayvonning o`sishi uchun sarflanishi to`g’risida fikr yuritildi. O`txo`r hayvonning 
yirtqich tomonidan iste`mol qilinishida ozuqadagi energiyaning yana kattaroq bir qismi 
yo`qoladi. Foydali energiyaning shunday ko`p sarf bo`ltani uchun ham ozuqa zanjirlari uzun 
bo`lmaydi. 
Ozuqa zanjirlarining keyingi halqalarida massa tobora kamayib boradi. Masalan, 1 t 
o`simlikdan o`rta hisobda 10 kg o`txo`r hayvon gavdasi massasi hosil bo`lishi mu.mkin. Ozuqa 
zanjirining asosi hisoblangan o`simlik massasi o`txo`r hayvonlarning umumiy massasidan 
hamisha bir necha barobar ko`p bo`ladi. SHunday qilib, tabiatda ekologik piramida hosil bo`ladi. 
Dastlab ekologik piramida Ch. Elton tomonidan tuzilib, u sonlar piramidasi deb atalgan. 
Piramidalar har bir ozuqa zanjiridagi biomassa va uning ekvivalenti hisoblangan energiya 
nisbatlarini yaxshi ifodalaydi va amaliy maqsadlarda undan foydalaniladi. Quruqlikdagi 
ekosistemalarda biomaosa piramidalar qoidasi qo`llaniladi. Barcha ekosistemalar uchun esa 
birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlikning nisbatlari, ya`ni mahsulotlar piramidasi qoidasi 
xarakterlidir. Sonlar, biomassalar va mahsulotlar piramidalari grafik tarzida yaxshi ifodalanishi 
mumkin. Unda har bir trofik darajadagi vaqt birligida to`plangan biomassa keyingisidan ko`p 
bo`ladi. Turli ekosistemalarning mahsuldorligi bir xil emas. Mahsuldorlik bir necha omillarga 
bog’liq bo`lib, birinchi navbatda iqlim omillariga bog’liqdir. eng mahsuldor ekosistemalar 
qirg’oqlar bo`yi, sayoz limanlar, suv bosib turuvchi o`tloqzorlar hisoblanadi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish