A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan ma


Ekosistemalarning o`zgarishi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/150
Sana30.12.2021
Hajmi0,9 Mb.
#87931
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   150
Bog'liq
Ekologiya.maruza

  
Ekosistemalarning o`zgarishi. Biror-bir biogeotsenozni bir necha yil davomida kuzatish 
orqali uning o`zgarishining guvohi bo`lish mumkin. Bunda yashash sharoiti, organizmlar guruhi, 
jamoaning tuzilish tarkibi va organizmlarning o`zaro munosabat xususiyatlari o`zgaradi. 
Natijada biogeotsenozda avvalgidek sifat jihatdan farqlanish sezilib qoladi. ekosistemalarning 
ma`lum vaqt o`tishi bilan birining ikkinchisi bilan almashinish hodisasi suktsessiya («suktsedo» - 
kimning yoki nimaning izidan borish demakdir) degan nom olgan. 


Jamoadagi o`zgarishlarning ikki asosiy turi ajratiladi: tsiklik va asta-sekin boradigan 
o`zgarishlar. Tsiklik o`zgarishlar tashqi muhitning sutkalik, mavsumiy va ko`p yillik davriy 
o`zgarishlarida hamda organizmlardagi endogen maromlarida namoyon bo`ladi. Jamoaning 
sutkalik o`zgarishi o`simliklar va ayniqsa hayvonlar uchun taalluqlidir. Nafas olish, fotosintez, 
modda almashinishining o`zgarishi, gullarning ochilishi va yumilishi kabilar, hayvonlarda esa 
turli sistematik guruhdagi vakillarning sutkalik faollikning almashinib turishi, gulli 
o`simliklarning changlatuvchi hasharotlarda qo`nish intensivligi, yirtqich hayvonlarning 
sutkaning har xil vaqtlarida ovga chiqishi va! hokazolar buiga misol bo`ladi. Jamoa uchun 
mavsumiy o`zgarish ham xarakterli bo`lib, u jamoaning tashqi qiyofasi yoki ba`zi jih.atlarining 
almashinishi bilan ifodalanadi. Tashqi qiyofaning o`zgarishi jamoadagi hayvonlar tarkibining 
yoki o`simliklar mavsumiy holatlarining o`zgarishi bilan bog’liqdir. Ko`p yillik o`zgarishlar ob-
havoning bir necha yillar davomida o`zgarishi - fluktatsiya bilan bog’langan bo`lib, bunga misol 
qilib keng bargli o`rmonlarda turli yillardagi mevalarning hosilini olish mumkin. Odatda, yaxshi 
hosil 2 - 4 yilda bir marta olinadi. Mevalar hosili kam bo`lgan yillari sichqonsimon 
kemiruvchilarning soni ham kamayib ketadi. Qushlardaa soyka uchun hakalak (emanning 
mevasi) va boshqa daraxtlarning mevasi sevimli ozuqa hisoblanadi. 
Iste`molchilarning soni kamaygan yili odatda yuqori hosil olinadi. Natijada urug’lar 
yalpisiga unib chiqadi, o`rtacha yoshdagi daraxtlar ham yaxshi rivojlanadi,. chunki urug’lar bilan 
oziqlanuvchi hayvonlar soni kamayib ketadi. Mo`l hosil o`z navbatida hayvonlar va qushlarning 
jadal ko`payishiga sabab bo`ladi. Shunday qilib, yuqori hosildan bir yil keyin kemiruvchilar va 
qushlar soni ortib ketadi. Ikkinchi yili esa kemiruvchilar qonini so`ruvchi kanalarning soni 
ortadi. Hayvonlar soni ko`paygan yili yoki kelgusi yili hosildorlik tushib ketadi. SHuning uchun 
hayvonlarning son jihatdan o`sishi to`xtaydi. Shu davrda daraxtlar mo`l hosil beradi, bu o`z 
navbatida hayvonlar sonining ortishiga olib keladi. 
Jamoaning asta-sekin o`zgarishlari natijasida bir jamoa ikkinchisi bilan almashinadi. 
Bunday o`zgarishlarnint sababi jamoaga uzoq vaqt davomida tashqaridan ma`lum bir 
yo`nalishdagi omilning ta`siri natijasidir. Biotsenozlardagi bunday almashinish ekzogenetik 
almashinish deb ataladi. Agarda jamoaning tuzilishi eoddalashib, turlar tarkibi kamayib, 
hosildorlik ham pasayib ketsa, degression almashinish kelib chiqadi. endogenetik almashinishlar 
jamoaning ichidagi o`zgarishlar natijasida paydo bo`ladi. Agarda jamoa hayot yo`q joyda 
rivojlana boshlasa, birlamchi suktsessiya deb ataladi. Bir jamoaning ikkinchisi bilan almashinishi 
esa ikkilamchi suktsessiya hisoblanib, bu yashash sharoitining keskin o`zgarishi yoki jamoa 
tarkibida sezilarli o`zgarishlar sodir bo`lishi natijasida kelib chiqadi. Jamoaning hayot yo`q 
joyda, ya`ni qurib qolgan jo`l va dengizlar, qumli yotqiziqlar, yalang’och qoyalar, tosh shag’alli 
joylarda rivojlanishi uch bosqichda boradi. Hayot bo`lmagan joylarga tirik organizmlarning kelib 
qolishi tasodifiy yoki substratning xususiyatlari bilan bog’liq bo`ladi. Tasodifiy kelib qolgan 
ma`lum o`simlik urug’larining ushbu maydonda unib, rivojlanishi qandaydir hayvon turlarining 
ham kelishiga olib keladi. Bu erga kelib qolgan organizmlarning hammasi ham yashab 
ketavermaydi. Dastlabki organizmlar o`simliklar hisoblanib, konsumentlar o`simliklarsiz yashay 
olmaydi. Jamoaning rivojlanishidagi bu bosqich dastlabki bostsich deyiladi. Bu bosqich turlar 
tarkibining turg’un emasligi, ayrim o`simliklarning tarqoq holda o`sishi hamda bir-birlariga etarli 
ta`sir ko`rsata olmasligi bilan tavsiflanadi. Ammo tashqi muhit bilan bo`lgan aloqa va unga ta`sir 
etish kabilar ma`lum darajada amalga oshadi. Dastlabki bosqichdagi jamoaning o`zgarishi 
o`simliklarning vegetativ yoki urug’ yordamida ko`payishi, yangilanishi bilan boshlanadi. Ana 
shu vaqtda hayvonlar ham ko`paya boshlaydi. 
YOSH 
individlar egallagan maydon kengayadi, 
o`simliklar qoplamida ma`lum turlardan iborat hududlar hosil bo`ladi. Jamoaning tarkibini shu 
davrda ham barqaror deb bo`lmaydi. Yangi turlarning kelib qo`shilishi davom etadi. Jamoaning 
tuzilmasi ancha sodda, ammo jamoada turlar o`rtasidagi raqobat ma`lum darajada rol’ o`ynaydi. 
Jamoaning ushbu bosqichi guruhlanish deb ataladi. Nihoyat organizmlarning birgalikda hayot 
kechirishi ekologik differentsiatsiyaning shakllanishiga olib keladi. Yorug’sevar o`simliklar ta-
gida soyasevar o`simliklar o`sa boshlaydi, har xil tartibdagi konsumentlar kelishi natijasida 
ancha murakkab ozuqa zanjirlari va konsortsiyalar vujudga keladi, turlar tarkibi barqarorlashadi. 


O`simlik va hayvonlarning jamoada bunday rivojlanish bosqichi shakllangan jamoa deb ataladi. 
Keyinchalik jamoaning rivojlanishi yanada ham tashqi muhit bilan bog’laigan munosabatlar 
uyg’unligi bilan davom etadi. Jamoaning tashqi muhit bilan uyg’unligi chet el adabiyotlarida 
klimaks deb ataladi. 
Ikkilamchi suktsessiyalar jamoaning asta-sekin tashqi muhitga ta`sir etib uni o`zgartirishi 
yoki to`g’ridan-to`g’ri tashqi taassurotlar natijasida kelib chiqishi mumkin. Tashqi taassurotlar 
natijasida almashinish o`z-o`zidan yoky to`satdan bo`lishi mumkin. U iqlim, tuproq, tirik 
organizmlar va yong’in hamda inson ta`siri kabilar bilan bog’lanishi mumkin. Asta-sekin 
o`zgaruvchi ikkilamchi suktsessiyalarga misol qilib suv havzasining o`t bosishi, dasht 
jamoasining o`rmon bilan almashinishi kabilarni ko`rsatish mumkin. Jamoaning to`satdan 
almashinishi har xil xarakterdagi halokatli ta`sirlar natijasida sodir bo`ladi. Bular suv bosish, 
surilish, yong’in, erni haydab yuborish, o`rmonlarni kesish va hokazolardir. To`satdan 
jamoaning almashinishi turlarning halok bo`lishi va uning keyinchalik asta-sekin tiklanishida 
kuzatiladi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish