Energiya oqimi. Ekosistemalardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning
aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil o`simliklar hayot uchun zarur bo`lgan kimyoviy
moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to`playdi va Quyosh energiyasi
kimyoviy eneraiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy
qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini
tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Usimlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy,
kal’tsiy, marganets kabi elementlarninr bir me`yorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday
organizmlar avtotroflar deb ataladi. O`simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi
geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral
tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni o`simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo`lgan
darajagacha parchalaydi. Shunday qilib biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi.
Moddalarning bunday davriy aylanishi hayot uchun zarur sharoit bo`lib, bu uzoq evolyutsiya
jarayonida vujudga kelgandir. Geterotroflar ya`ni hayvonlar, zamburug’lar va bakteriyalar ikki
guruhga bo`linadi. Bulardan birinchisi iste`mol qiluvchilar, ya`ni konsumentlar ozuqa sifatida
tirik organizmlardan foydalanib, organik moddalarni o`zgartiruvchi, qisman parchalovchi
geterotroflardir. Ammo bu organizmlarning biron turi ham o`simliklardagi organik moddalarni
oxirigacha parchalay olmaydi. Har bir tur organik moddani muayyan darajada parchalay oladi,
xolos. Bunday turlardan qolgan chiqindilar esa boshqa geterotrof organizmlarga em bo`ladi.
Geterotroflarning ikkinchi guruhi emiruvchilar yoki redutsentlar (redutsentlar,
zamburug’lar, bakteriya) o`lib, bular o`lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni
parchalab oddiy mineral birikmalarga aylantira oladi. Shunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida
vujudga kelgan bir-biriga bog’liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo`ladiki, bular boshlang’ich
ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin-ketin olib turli yo`llar bilan tabiatda
moddalarning davriy harakatini ta`miklaydi. Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy,
mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hamma o`zgarishlar energiyani
yo`qotish bilan bog’liq bo`lib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi. Jamoalardagi ozuqa
zanjirlari juda murakkab bo`lib, ular aslida yashil o`simliklar tomonidan hosil qilingan
energiyani 4-6-bo`g’in orqali o`tkazadi. Bunday qatorlar boshlang’ich energiyaning sarflanish
yo`li hisoblanib, ozuqa zanjiri deb ataladi.
Ozuqa zanjiridagi har bir bo`g’inning o`rni trofik darajani tashkil etadi. Ozuqa zanjirlariga
doir misollar tabiatda juda keng tarqalgan. O`txo`r hayvonlarning o`simliklarni iste`mol qilishi,
go`ngxo`r va o`laksaxo`r hasharotlar hamda chirituvchi mikroorganizmlarning hayvonlar
chiqindilari va o`laksalari bilan kun ko`rishlari hammaga ma`lum. Lekin tabiiy sharoitda ozuqa
zanjirlari murakkab va ko`p bo`g’inli bo`ladi. Organizmlar orasida ham go`shtxo`r, o`txo`r va
har xil ozuqani iste`mol qiladigan turlar oz emas. Turli ekosistemalarda energiya oqimining
sarflanish zanjiri orqali o`tish quvvati va tarqalishi turlicha bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |