1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Sarflanish koeffitsеntin hisoblash



Download 56 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi56 Kb.
#421312
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Sarflanish koeffitsеntin hisoblash
Kimyoviy ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Kimyoviy ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqligi va rentabelligi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi. Ulardan eng muhimlariga xomashyoning sarflanish koeffitsienti, mahsulot chiqishi, apparat unumdorligi va jarayonning intensivligi kiradi.
Xomashyoning sarflanish koeffitsienti va
mahsulot chiqishi
Xomashyoning sarflanish koeffitsienti deb, bir birlik mahsulotni shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilish uchun sarflangan xomashyo miqdori (kg, t) ga aytiladi.
Namunaviy masalalar yechish
1. Nitrat kislota HNO3 ishlab chiqarishda ammiakning sarflanish koeffitsientini aniqlang (ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni hisobga olmang).
Yechish. Ammiakning nitrat kislotagacha oksidlanish jarayoni quyidagi sxema bo‘yicha sodir bo‘ladi:
O2 O2 H2O
NH3 ------- NO----NO2 -----HNO3
17 kg 63 kg
63 kg nitrat kislota hosil bo‘lishi uchun nazariy jihatdan 17 kg ammiak sarflanadi, 1 kg kislota olish uchun sarflangan ammiak miqdori esa quyidagicha hisoblanadi:

Shunga ko‘ra, ammiakning sarflanish koeffitsienti 0,27 kg ga teng bo‘ladi.
Mahsulotning chiqishi deb, amalda olingan mahsulot miqdori Gn (kg) ning nazariy chiqish Gt (kg)ga foizlarda ifodalangan nisbatiga aytiladi.
Agar ishlab chiqarish jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo‘lsa, ularning har biriga ma’lum qiymatdagi mahsulot chiqishi mos keladi.

Bunda, ishlab chiqarish jarayonining har qaysi bosqichidagi mahsulotning chiqishi.
Mahsulotning chiqishi qanchalik yuqori bo‘lsa, ish shunchalik samarali bo‘ladi. Mahsulot chiqishining pasayishi xomashyoning ifloslanganligi, xomashyoni tashish jarayonidagi yo‘qolishlar, apparaturaning zich emasligi, oraliq reaksiyalarning sodir bo‘lishi va reaksiyaning qaytarligi bilan tushuntiriladi.
Namunaviy masalalar echish
Nazariy jihatdan 17 kg NH3 ning oksidlanishidan 63 kg HNO3 hosil bo‘ladi. Amalda esa 54 kg kislota olingan. Nitrat kislotaning chiqishini aniqlang.
Yechish. Shartga ko‘ra Gp = 54 kg, Gt=63 kg,
YUqoridagi tenglamaga asosan,

Demak, nitrat kislotaning chiqishi 85,7 % ni tashkil etadi.


2. Kontakli usulda sulfat kislota olishda tarkibida 42 % oltingugurt bo‘lgan 1 tonna kolchedandan 1,2 tonna tarkibida 20 % “erkin” sulfat angidrid bo‘lgan oleum olindi. Sulfat kislota chiqishini foizlarda hisoblang.
Yechish. Sulfat kislotaning hosil bo‘lishi quyidagi sxema bo‘yicha boradi :
O2 O2 N2O
FeS2------2SO2------2SO3---------2H2SO4
Tarkibida 42% S bo‘lgan 1 tonna kolchedandan nazariy jihatdan olinishi mumkin bo‘lgan sulfat kislota miqdori :

Bunda 98,1 va 32,1 – sulfat kislota va oltingugurtning molekulyar massalari; 420 - 1 tonna kolchedan tarkibidagi oltingugurt miqdori.
100 kg 20% li oleum tarkibida 80 kg sulfat kislota (H2SO4) va 20 kg oltingugurt olti oksidi (SO3) bo‘ladi. Bu esa

sulfat kislotaga ekvivalent hisoblanadi. Bunda 80,1 – SO3 ning molekulyar massasi, 98,1 esa sulfat kislota (H2SO4) ning molekulyar massasi.
100 kg 20 % li oleum – (24,5+80,0) kg sulfat kislota (H2SO4) ga ekvivalent bo‘lsa,
1200 kg x,
Bunda sulfat kislotaning chiqishi teng bo‘ladi :

3. Moddiy hisobotga asosan 1 tonna 65% li nitrat kislota (HNO3), olish uchun (ammiakni oksidlab) 186,2 kg ammiak sarflanadi.
Hisoblang : a) nitrat kislota chiqishini;
b) ammiak xomashyosi bo‘yicha nazariy va amaliy sarflanish koeffitsientlarini.
Yechish: 1 tonna 65% li nitrat kislota tarkibida 650 kg sof kislota Sn mavjud. Nitrat kislota olish jarayoni quyidagicha boradi :
O2 O2 H2O
NH3 ------- NO----NO2 -----HNO3
17 kg 63 kg
Ammiak bo‘yicha sarflanish koeffitsientlari quyidagilarga teng bo‘ladi:
a) nazariy jihatdan :

b) amaliy jihatdan :

Bu degani, 1 kg 100% li nitrat kislotasi olish uchun amaliy jihatdan 0,286 kg ammiak sarf qilinadi.
Ammiak bo‘yicha nitrat kislotasi olish uchun hisoblaymiz, nazariy jihatdan 186,2 kg ammiakdan qancha sarflanadi :
17 kg ammiak NH3 dan 63 kg nitrat kislota olish mumkin ekan.
186 kg “ ” x kg
100% li HNO3
65% li HNO3 ga hisoblanganda.

Nitrat kislotaning chiqishi quyidagiga teng bo‘ladi :

Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish