A n t ik d a V r fa L sa fa si


Eron va Turonda falsafagacha bo‘lgan fikrlar36



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Eron va Turonda falsafagacha bo‘lgan fikrlar36.
Eramizga qadar VII asrda midiyaliklar, keyinroq forsiylar davlatlari 
tez sur’atlar bilan taraqqiy eta boshlagan, ular qadimgi sivilizatsiyaning 
g ‘arbiy qismida muhim rol o’ynagan. VI asrda forslar midiyaliklar 
ustidan g ‘alaba qozonib, ulkan fors davlatini barpo etadilar: uning tarixi 
ahmoniylar dinastiyasi (eramizdan avvalgi 558-330-yy) bilan uzviy 
bo g iiq . Ahmoniylar VI asming (eramizga qadar) ikkinchi yarmida 
Bobilni, Midiyani, qadimgi Gretsiyaning Kichik Osiyo qismidagi 
viloyatlar — Ioniya va Eolidani, O 'rta Osiyoning bir qismini, Mismi, 
Egey dengizining grek orollarini bosib oladi; Bolqon yarim oroliga 
bostirib kirib, Makedoniya va Frakiyani bo ‘ysundiradilar. Grek-fors
Л ирика Д ревнего Египта. -М .: 1965. —С .85.
35 0 ‘sha asar: - С . 86.
36 Falsafa y o ‘nalishi o ‘quv rejasida M arkaziy O siyo xalqlari falsafasi alohida predm et 
sifatida o 'q ililish i belgilanganligi uchun biz bu m asala b o ‘yicha q isqa tarzd a um um iy 
ina'lumoL bcrib o 'tis h bilan cheklanam iz.
29


urushi davomida (eramizdan aw alg i 500-449-yy) forslar Afinagacha 
yetib borib, uni vayron qiladilar. Sharqda ular Shimoliy-g‘arbiy 
Hindistonni egallaydilar. Lekin eramizga qadar IV asming oxirida Fors 
imperiyasi Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi makedoniyaliklar va 
greklar qo‘shinlari tomonidan to‘laligicha vayronaga aylantiriladi.
Ta’kidlash joizki, bosib olingan yerlarda ular mahalliy xalqlar 
dinlarini hurmat qilishgan. Shuning uchun ham Kirni Marduk xudosining 
elchisi deb atashgan. Imperiya hududida yo‘l tarmoqlari sistemasi, 
yagona soliq tizimi, yagona aramey tili, pochta tizimi, yagona pul birligi 
(oltin moneta), umumiy qonunchilik markazi mavjud edi.
Turon va Eron mifologiyasi 
“Avesto”da o‘z ifodasini topgan. 
Zardushtiylikning bu yozma manbai boy dunyoqarash mazmuniga ega 
bo‘lib, uning bosh g'oyasini Axuramazda va Axrimon obrazlari orqali 
ifodalangan ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi qarama-qarshilik kurashi va 
bu kurashda ezgulikning g'alaba qozonishi tashkil etadi. Shuningdek, 
unda olamning boshlang‘ich asoslari va tuzilishi, yaxlitligi to‘g‘risida 
muhim fikrlar mavjud. Ayniqsa, Axuramazda timsolida gavdalangan 
dunyoviy Aql hamda suv, yer, havo, olovning muqaddaslashtirilishi 
e ’tiborlidir. Bunday mulohazalarning keyinchalik Qadimgi Sharq va 
G‘arb falsafasi, xususan, lokayata falsafiy ta’limoti, Platon va Aristotel 
ontologik konsepsiyalarida olamning ibtidosi masalasining qo‘yilishi va 
hal etilishiga ko‘rsatgan ta’siri yaxshi m a’lum.
Zardushtiylikning 
dinlar 
va 
diniy 
ta’limotlar 
taraqqiyotiga 
ko‘rsatgan ta’siri ham sezilarlidir. “Avesto”ning jiddiy tadqiqotchilaridan 
biri faylasuf-olim Tohir Karimning yozishicha, “Dastlab, zardushtiylikda 
shakllantirilgan 
va 
keyinchalik 
barcha jahon 
dinlarida 
asosiy 
tushunchalar sifatida suyaniladigan diniy kategoriyalar, g‘oya!ar mazkur 
dinlar orqali insoniyatning asosiy diniy qadriyatlariga aylandi”37.
Qadimgi Bobil, Misr, Turon va Erondagi o ‘zgarib boruvchi ijtimoiy- 
tarixiy vaziyatlar, madaniy yuksalish, uning natijasi bo‘igan mifologiya 
va diniy tasaw urlam ing shakllanishi, ilk ilm kurtaklari va san’at 
namunalarining paydo bo‘lishi, til va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari 
tahlili muayyan darajada umumlashgan, xulosalar tarzidagi fikr- 
mulohazalar bildirishga imkon beradi.
Aw alam bor, bu hududlar ma’naviy hayotida mifologiyaning 
ustuvor dunyoqarash shakli bo‘lganini qayd etish lozim. Borliqni 
mifologiya darajasida idrok etishning o‘ziga xosligi shundaki, unda
37 T o h ir K arim . M illiy tafakkur taraqqiyotidan (“A vesto” zam onidan to X X I asr
boshiarigacha). —Т.: C h o ‘lpon, 2003. — B.30.
30


subyekt-obyekt munosabatlari fizikaviy va ruhiy realliklar munosabatlari 
tarzida talqin qilinadi. Bunday analogiya o ‘zining ildizlari bilan borliqni 
bevosita 
ruhiy 
his 
etish 
asosida 
modellashtiradigan 
animistik 
tasavvurlarga borib taqaladi. Bunday mifda tabiat hali bilish obyekti 
sifatida subyektga qarama-qarshi turmaydi. Subyekt real bilish predmeti 
bilan emas, jonlantirilgan, ruhlantirilgan mavjudotlar bilan ish ko‘radi. 
Masalan, 
bobilliklar 
qurg‘oqchilikdan 
qiynalib 
turgan 
paytda 
atmosferadagi muayyan o ‘zgarishlar ta’sirida yomg‘iming yog‘ishini 
kuzatar ekanlar, uni bahaybat qush Imdugunning paydo bo‘lib, yordamga 
kelishi deb ko‘nglidan o ‘tkazganlar, uni osmonni qoplab turgan 
momaqaldiroqli qora bulut ko‘rinishida tasavvur qilishgan. Keltirilgan 
misol shuni ko‘rsatadiki, miflarda inson hayoti uchun ahamiyatli, u bilan 
bevosita bog‘liq hodisalar talqin qilingan. Ana shuning uchun ham 
mifologik obrazlami shunchaki allegoriyalar deb bo‘lmaydi. M if 
tasdiqlanmaydigan, lekin muhim bo‘lgan haqiqatni ochib beradi38.
Olamni anglash yo‘lidagi urinishlar davomida mifdagi animistik 
tasavvurlar ularga antropomorfik tus 
berish bilan yakunlanadi. 
Antropomorfizmning o‘ziga xosligi shundaki, unda animizmga xos 
tabiatdagi barcha narsalami ruhlantirish o ‘mini inson jism iga o‘xshatib 
yaratilgan qudratli kuch, ruhga ega demonlar, xudolar obrazlari 
(sosioantropomorfizm) egallaydi. rjtimoiy hayotning keyingi taraqqiyoti 
davomida obro‘-e’tiborli kishilar, ayniqsa, jamoa, davlat boshliqlari 
ilohiylashtirila boshlanadi.
Qadimgi Bobil va Misr, Turon va Eron mifologiyasi nafaqat xudolar 
obrazlari, diniy tasavvurlaming yaratilishiga, balki qadimgi san'at 
turlarining shakllanishiga, xususan, arxitektura inshootiarining (masalan, 
piramidalaming) barpo etilishiga, tosh o ‘ymakorligi san’atining paydo 
bo‘lishiga, simvollar, til belgilarining yaratilishiga, poetika janrida 
(masalan, lirikada) ijodning amalga oshirilishiga turtki berdi, ularda 
“moddiylashdi”, “miflaming estetik sekulyarizatsiyalashuvi” ifodasi 
b o‘ldi. Aytish mumkinki, mifologiyada k o‘tarilgan tabiiy va g'ayritabiiy 
kuchlar, tana va ruh, hayot, o ‘lim va taqdir munosabatlari masalalari 
diniy tasavvurlar va san’at namunalari mazmunini belgiladi hamda ilk 
ilmiy tasavvurlar bilan qo‘shilib, old falsafaning shakllanishiga olib 
keldi. Old falsafani tashkil etuvchi tasavvurlar olam va odam to ‘g‘risida 
umumiy bilimlar massivini hosil qilib, u sinkretik tarzda, ya'ni hali bir- 
biridan aniq chegaralanmagan, tarmoqlashmagan holda mavjud edi. 
Unda hatto ilmiy bilimlar ham diniy-mifologik “rangda” mavjud edi.
38 Н иж ников С .Л . История ф илософии. -М .: 2004. -С . 19.
31


Buni ba’zi sonlarning muqaddaslashtirilishi, borliqning mavjudligi va 
tuzilishi to‘g‘risidagi kosmologik tasaw urlam ing teogoniya bilan 
bog‘lanib ketishi tasdiqlaydi. Ana shuning uchun ham Qadimgi Bobil va 
Misrda falsafa paydo bo'lgan emas, deyiladi.
Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, mifologiya tufayli inson 
g ‘oyani predmetdan, tasavvurni uning obyektidan ajratishni o ‘rgandi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan mifologiyada ko‘tarilgan masalalar falsafaning 
fundamental muammolarining shakllanishi uchun zamin yaratdi.
Albatta, mifologiya, din, fan, falsafa fikrlash, tafakkurning turli 
tiplaridan iborat, mifologiya va falsafa insonning o ‘z-o‘zini anglashiga 
intilishi natijasi bo‘lgan holda, birinchisida borliqni u undagi boshqa 
predmetlardan o‘zini ajratmagan holda mushohada qilsa, ikkinchisida u 
subyekt sifatida o‘zini borliqdan farqlab, uni yuqori darajada 
abstraktlashgan, umumlashgan nazariy tushunchalarda aks ettiradi. Fan 
esa, ularning har ikkalasidan farq qilib, tajribaga tayangani holda 
predmetni adekvat tarzda in’ikos etadi, konkret predmet va hodisalarni 
xarakterlaydigan qonunlarni o'rnatadi, lekin dunyoqarash masalaJarini 
hal qilmaydi.
Falsafaning dunyoqarash shakli, tafakkurning alohida tipi sifatida 
shakllanishini mifdan logosga o ‘tish deb tavsiflashadi. Bu tafakkur 
taraqqiyotining keyingi bosqichida Qadimgi Hindistonda sodir bo‘ldi.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish