Elektrotexnika
Elektrotexnika
(elektro... va texnika) — fan va texnikaning energiyani oʻzgartirish, materiallar
ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni
amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi sohasi.
Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi E.ning yaratilishiga olib keldi. 17—18-
asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O. Kulon va boshqalar
ning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bagʻishlandi. Birinchi uzluksiz tok manbai — volʼt
ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo boʻlishi E.ning rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega boʻldi. 19-asrning birinchi yarmida elektr tokiga bogʻliq boʻlgan kimyoviy,
issiqlik, yorugʻlik va magnit hodisalariga doir koʻpgina tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Shu davrda
elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirining muhim qonuni — Om konuni kashf qilindi.
Telegrafiya, harbiy ish, elektr oʻlchash ishlarida bu sohadagi yutuqlardan ayniqsa keng
foydalaniddi. Elektromagnit induksiyaning kashf etilishi elektr mashinalari — dvigatel va
generator yaratilishiga sabab boʻldi.
19-asrning 70yillari oxirida J.K. Maksvellnkng ishlari elektromagnit maydon taʼlimotiga asos
soldi. 80-yillarda oʻzgarmas tok asosida ishlaydigan elektr mashinalari hozirgi zamon mashinalari
shaklini oldi. Elektr mashina generatorlari bilan bir vaqgda kimyoviy tok manbalari ham
rivojlantirila bordi. Bu sohada qoʻrgʻoshin akqumulyatori yaratildi (fransuz fizigi G. Plante, 1859)
va rivojlantirildi.
E.ning keyingi taraqqiyoti E. sanoatining paydo boʻlishi va elektr yorugʻligidan keng foydalanish
bilan bogʻliq boʻldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va ishlatilishida qoʻlga kiritilgan
yutuklar yorugʻlik texnikasining rivojlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Elektr yorugʻliganing keng
joriy qilinishi elektr energiyasi sistemasining yaratilishiga olib keldi. Elektr toki metall nusxalar
koʻchirish va metall qoplash sohasida ham qoʻllanila boshladi (qarang
Galvanotexnika
).
19-asrning 70—80-yillarida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal qilinganidan
keyingina elektr energiyasidan amalda keng foydalanishga imkon tugʻildi.
E.ning hozirgi taraqqiyoti bosqichiga asos solgan ixtirolar qatoriga M.O. Dolivo-Dobrovolskiy
yaratgan uch fazali tok transformatori, uch fazali generator va dvigatel hamda uch fazali tok
sistemalarini kiritish mumkin. Elektr energiyasiga boʻlgan talabning quchayishi kuchli elektr st-
yalari va elektr tarmoqlari qurilishiga, yangi elektr energetika sistemalarini yaratish va eskilarni
qayta tiklashga sabab boʻddi. E. qurilmalarining takomillashishi yuqori quchlanish elektr zanjirlari
texnikasi va nazariyasining, elektr mashinalari, elektr yuritmalari nazariyasi kabi ilmiy sohalarning
shakllanishiga yordam berdi. E. yutuqlari radiotexnika, elektronika, telemexanika, avtomatika,
hisoblash texnikasi va kibernetikatlsh rivojlanishiga olib keddi.
E.ning muhim boʻlimlaridan biri — elektromexanika energiyaning oʻzgarishi bilan bogʻliq
masalalarni oʻz ichiga oladi.
Murakkab elektr energetika sistemalarini optimal boshqarish va ularning chvdamliligini oshirish
usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu masalalarning hal qilinishi modellash va
ehtimollar nazariyasidan foydalanishga asoslangan. E.ning yana bir muhim yoʻnalishlaridan biri —
xossalari oldindan belgilanadigan murakkab elektromagnit maydonlarini yaratishdan iborat.
Intensivligi yuqori boʻlgan impuls maydonlarini oʻrganish katta amaliy ahamiyatga ega (qarang
Impulslar texnikasi
). Bu sohadagi ishlar natijasidan oʻta kuchli elektr transformatorlari va elektr
reaktorlari yaratishda foydalaniladi.
E. nazariy usullari moddalar xossasini tekshirish, yadro va lazer texnikasi vositalarini ishlab
chiqish, tirik organizmlarning mikrodunyosi va hayot faoliyatini oʻrganish, kosmik fazoni
oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qator sohalarida rivojlanmoqda. E. yutuqlari inson amaliy
faoliyatining barcha sohalarida — sanoat, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va turmushda qoʻllanilmoqda.
Oʻzbekistonda E.ning rivojlanishi Gʻ. R. Rahimov, M.E. Homidxonov, H.F. Fozilov va boshqalar
olimlarning nomi b:n bogʻliq.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Elektro
texnika&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Elektrotexnika&oldid=253180
7
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |