Upanishad
(atrofida o ‘tirish) ustoz oyog‘i oldida o ‘tirib bilim olishni
bildiradi. Bu upanishadga mansub asarlarda ko‘rsatmalar, o ‘gitlar
ko‘pligidan dalolat beradi. Ayni paytda, upanishadalarda shoh saroyidagi
disputlar, suhbatlar o‘z aksini topgan. Upanishadlar soni 200 tadan
ko‘proq. Ulardan ba’zilari she’r, boshqalari proza, uchinchi bir turlari
aralash ko‘rinishda bitilgan. Upanishadlar ikki yarim ming yildan
ko‘proq vaqt davomida yaratilgan (eramizgacha ikkinchi ming yillik
oxiridan boshlab eramizning ikkinchi ming yillari o ‘rtalarigacha).
Upanishadlar mualliflari ismlari yashirilgan, lekin unda real shaxslar,
xususan, braxmanlar va bilimli kshatriylar harakati sezilib turadi.
Upanishadlar vedalarga talqinlar bo ‘lib xizmat qilgan. Shuning
uchun ham ularni
vedanta
(vedalar oxiri, yakuni) deb atashgan.
Keyinchalik bu termin manbaini vedalar tashkil etadigan falsafiy
maktabga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘ldi (Vedanta falsafiy maktabi).
Upanishadlarda vedalarda ilgari surilgan fikrlar rivojlantiriladi. Masalan,
Rigvedadagi Purusha gimni va kosmogonik gimnlarda ifodalangan
dunyoning tuzilishi to ‘g ‘risidagi fikmi olaylik. Purusha gimnida
antropomorfizm g ‘oyasi aks etadi. Ming boshli, ming ko‘zli, ming oyoqli
Purusha gavdasi bilan yemi yopib, o ‘nta barmog‘iga tayanib, ko'kka
ilgarilaydi. Purusha barcha mavjud narsalami yaratadi va boshqaradi. Bu
upanishadlarda yagona boshlang‘ich asos-substansiya g ‘oyasining
shakllanishiga turtki beradi va u kosmogonik gimnda aks etgan:
“Yagona, butun narsa nima edi... Uni Indra, Mitra, Varuna, Agni... deb
atashadi. Borliq yagonadir, donishmandlar uni turlicha atashadi”40.
Upanishadlarda ongning to ‘rt holati ajratilib, tavsiflanadi: uyg‘oqlik,
uyqu, chuqur uyqu (tushsiz) va so f ong -
turiya.
Shuningdek,
upanishadlarda “hayot nafasi” tushunchasi
(pranlar
) muhim o Lrin tutadi.
Asta-sekin jonning ko‘chib yurishi konsepsiyasi
{sansara),
o ‘tmishdagi
xulq-atvor, amallar uchun javob berish
(karma)
to‘g ‘risida qarashlar
shakllana boradi. Taqdimi aynan karmaning belgilashi aytib o‘tiladi.
Insonning xulq-atvorini, axloq qonunini
dxarma
belgilaydi.
40 А н тология м ировой ф илософ ии. В 4-х тт. Г.
I
, ч Л . —М.: М ы сль, 1969. —1С .71.
36
Yuksak maqsadlarga insonni eltadigan narsa - bu biJim;
upanishadlar hissiy bilim emas, balki aqliy mushohada natijasidir.
Bilimga magiya kuchi xos deb sanaladi. Upanishadlarda birinchi o‘ringa
ikkinchi darajali xudo
-Braxman
ko‘tariladi: “Kim braxman ekanligini
bilsa, upanishadlar butun borliqdan iborat bo ‘lib qoladi. Hatto xudolar
ham unga qarshilik ko'rsata olmaydi. Chunki u ularning atmani bo‘lib
qolgan. Kimda-kim boshqa xudoga ta’zim qilsa va “men bir narsa, u
boshqa narsa” desa, u bilimli emas”41. Braxman — tanasiz birlamchi
sabab, borliqning boshlang‘ich asosi. Braxman — bu butun dunyo.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqadi: mutlaq bilim
insonning ozod bo‘lishi, ya’ni o ‘lmas, mangu hayot kechirishi, o ‘z-
o ‘zini, individual “Men”ini ilohiy kuch - “Braxman” bilan birlashtirishi,
“Men Braxman” degan fikrda bo‘lishidan iborat.
Atman
ham upanishadlardagi markaziy tushunchalardan biridir. U,
birinchidan,
tanani,
ikkinchidan,
“M en”
atamasini,
uchunchidan
individual borliqning subyektiv, ma'naviy asosini - jonning jonlanishini
anglatadi. Hind old falsafasining xarakterli xususiyatlaridan birini aynan
ana shu tushuncha tashkil etadi. “Atman” (ap - nafas olish, at -
harakatlanmoq) tushunchasi insonning doimo harakatda ekanligini,
faolligini, shu jumladan, jonning harakatini ifoda etadi. Braxman -
Atman barcha mavjudotning genetik-substansial asosi hamda yakuni,
yagona, abadiy, o‘zgarmas mohiyat. Bundan tashqari, ularning har
ikkalasi
purusha
bilan bir xil. Masalan, upanishadlarda purusha “ barcha
narsaning ichiga kirib boruvchi Braxman sifatida tavsiflanadi”42.
Upanishadlarda mifologiyaga xos xususiyat - subyekt bilan obyekt-
ning qorishtirilib yuborilishi kuzatiladi: upanishadlarda ta’kidlanishicha,
Men - butun borliq; agar atman bilib olinsa, barcha mavjudot bilib
olingan bo‘ladi.
Hayotning oliy maqsadi - hayot davomidayoq atman-braxman bilan
qo‘shilib ketish, sansaradan ozod bo‘lish, “Braxman dunyosi”ga o4ish
(o'limdan keyin). Bu o‘g ‘illardan, boylikdan voz kechishdan iborat:
“ Boylik doimiy emas, chunki abadiy bo‘lmagan narsa bilan mangu
narsaga erishib bo‘lmaydi”43. Upanishadlar “harakat, sadaqa, hallollik,
kuch ishlatmaslik, to‘g ‘riso‘zlik”ni targ‘ib qiladilar. Pradjapatining o‘z
farzandlariga uchta vasiyati bor: “Ehtiroslarni bosish, kambag‘allarga
41 А нтология м ировой философии. В 4-х тт. Т. 1, ч.1. —М.: М ы сль, 1969.-С .82.
42
0 ‘sha joyda: -С .8 1 .
43 Q ‘sha joyda: - С . 90.
37
sadaqa berish, yaqin kishiga hamdard bo‘lish”44. Haqiqiy braxman — bu
atmanga erishgan; qaramlikdan, bog‘liqlikdan, qayg'udan, hasaddan,
umiddan ozod bo‘lgan; bosiq, sog‘lom fikrlaydigan, aldanmaydigan, o ‘z-
o‘zini anglagan odam. Braxman yo‘li - bu “xudolar yo‘(i”. A n’anaviy
marosimlami bajarish yo‘li — ajdodlar yo‘li, sansara va karma yo'li,
mashaqqatli dunyoda mangu qolish yo‘li.
Upanishadlar dunyoqarashida ham idealizm, ham materializm
elementlari mavjud: boshlang‘ich asos — ovqat, suv, vaqt, fazo, shamol,
yorug‘lik, yer birgalikda materiya
(prakriti
) bo"lib. butun mavjudot
sababchisidir. Zero, bu
asuralar
(demonlar, farishtalar) fikri. Xudolar
ulami inkor etadi.
“Bxagavadgita”..
Eramizgacha birinchi ming yillik o‘rtalarida
himarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqishi natijasida
savdo-hunarmandchilik markaxlari — shaharlar, pul-tovar munosabatlari
paydo bo ‘la boshladi. Kastachilik inqirozga yuz tuta bordi: vayshlaming
kshatriylarni ularning braxmanlarga qarshi kurashida qo‘llab-quvvatlashi
natijasida jamiyat hayotida braxmanlaming mavqei pasayib, kshatriy-
laming mavqei kuchayadi. Bu davrda o‘ntadan ko'proq kshatriylar
davlati paydo bo‘ladi, ulardan esa, Magatxa davlati barpo bo ‘ladi. Ammo
bu hindlaming birlashishiga olib kelmaydi. Birlashish hindlaming
oltinchi dinastiyasi - Maurya davrida, davlatni Ashoki boshqargan
paytda (eramizga qadar 273-232-yy.) sodir bo‘ladi.
Kshatriylar jamiyatni boshqargan davrda braxmanizmga muxolifatda
bo'lgan ilk falsafiy sistemalar paydo bo‘la boshlaydi. Ularning
muhimlaridan biri “Bxagavadgita”dir. U 18 jildlik “Maxobxorot”ning
oltinchi kitobining bir qismidan iborat bo‘lib, unda “bxartlar jangi”
hikoya qilinadi. Bu qism pandavalar (Pandu shoh bolalari) va kauravalar
(pandavalaming amakivachchalari) o ‘rtasidagi jangga tayyorlanishni
tasvirlashdan boshlanadi. Pandavalaming qo‘mondoni Arjuna shubha
ostida qoladi. Bu shubhani uning jangovor g ‘ildirakdoshi Krishna -
Vishnu xudosining gavdalanishi, siymosi tarqatadi. Arjuna shubhasining,
qo‘rquvining asosini quyidagi mulohazalar tashkil etadi: oldinda turgan
jangda u va aka-ukalari o ‘z qarindoshlarini urib-yiqishi kerak; biroq o ‘z
um g‘ini yiqitib, u taxtli bo‘la olmaydi-ku?! “Axir urug‘ning halokati
bilan birga, urug‘chilik qonunlari ham barham topadi-ku?!” Qonunlar
o ‘limi butun urug‘ning baxtsizligiga olib keladi, baxtiqarolik qaror
topadi, urug' ayollari buzilib ketadi, bu esa kastalaming qo‘shilib
ketishiga,
“xalq qonunlarining yo‘qolib ketishiga” olib keladi.
44 А нтология м ировой ф илософ ии. В 4-.\ тт. Т.1, ч.1. -М .: М ы сль, 1969. - С . 91.
38
Krishnaning bunga bergan javobida zarur amal, yoga va yoginlar,
Braxman haqidagi ta ’limotlarni ajratish mumkin.
Zarur amal haqidagi t a ’limotda
Krishna Arjuni kamqalblikda
ayblaydi hamda jangning kshatriylar burchi (dxanna) ekanligini eslatadi.
Arju undan so'raydi: “Donolikni amaldan, harakatdan yuqori qo‘ya turib,
nega meni dahshatli ishlarga undaysan?”. Unga javoban Krishnu harakat,
faollik bilan ozodlikning o‘zaro munosabatini tushuntirib ketadi. Uning
fikricha, inson barcha turmush urinishlaridan ozod bo'lib, dunyo
lazzatlaridan voz kechib, ular bilan bog‘lanib qolmasdan o‘z burchini
bajarishi, zarur amalni sodir etishi lozim. Bunda u o ‘z harakati, amali
natijalaridan,
ya’ni
lazzatlardan
I'o rig"
bo‘ lishi
kerak.
Demak,
“Bxagavadgita”ning axloqiy ideali - inson turmushning mayda-chuyda
tashvishlari bilan, ne’matlar lazzati bilan o ‘ralashib qolmaslik, barcha
tashvishlardan ozod bo‘lgan holda, zarur amallarni ado etish. Unda ozod,
qat’iyatli, takabbursiz inson hayot ne’matlari bilan o ‘ralashib qolgan,
hasadgo‘y, порок odamga qarama-qarshi qo‘yiladi. Mazkur ta’limotning
ratsional mag‘zi aynan ana shunda45.
Do'stlaringiz bilan baham: |