Amaliy mashg‘ulot № 17.
Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik
va tematik rejalashtirish
Maqsad:
Talabalarga Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini yillik va
tematik rejalashtirish uslubiyotini o‘rgatish
Nazariy ma’lumotlar:
Darsga tayyorlanish – o`qituvchi uchun o`ta ma’suliyatli va
mashaqqatli ish, bu o`qituvchining o`ziga xos ijodiy laboratoriyasi,
lekin yaratish uchun
uslubiyot sohasida yaxshi nazariy bilimga ega bo`lishi, shu bilan birga darsga tayyorlanish
va rivojlantirishni bilishi kerak.
Rejalashtirish tizimi o`z ichiga quyidagilarni oladi.
Yillik va yarim yillik rejalashtirish.
Tematik rejalashtirish
Har bir dars rejasi.
Bunday taqsimlanishga muvofiq darsga tayyorlanishni uch bosqichga bo`lish mumkin:
o
Yang`i o`quv yiliga tayyorlash;
o
o`quv mavzulari bo`yicha fanlar tizimining tayyorlanishi;
o
navbatdagi darsga tayyorlanish.
Birinchi bosqichda sinf o`quvchilari
tomonidan nima uchun, nimaga va qanday
o`qitish kerak degan savollar yechiladi. Bunda o`quvchilar o`tgan yili nimani va qanday
o`qiganligini kelajagini ko`ra bilishi zarur.
Informatika boy‘icha darslarni rejalashtirish uchun dastlabki hujjatlar:
o
o`quv jarayonida informatika darsing o`rni,
darsning mazmunini aniqlovchi,
kursning rasmiy dasturi;
o
tematik reja, odatda xalq ta’limi vazirligining instruktiv hujjati yoki o`qituvchi
uchun metodik qo`llanmalari;
O`quv yili boshlangunga qadar o`qituvchi o`quv dasturni o`rganib chiqadi, maktab
darsligi mazmunini tahlil qiladi, o`qituvchi va o`quvchi uchun alohida adabiyotlar ro`yxatini
tuzadi. O`quv rejasi va dasturiga muvofiq darslar bo`yicha o`quv
materialini taxminiy
bo`linishini o`z ichiga olgan yillik yoki yarim yillik rejalashtirish amalga oshiriladi. Tematik
rejalashtirish har bir aniq darsda berilgan mavzu bo`yicha darslarning umumiy zanjirida
muhim bo`ginday ko`rib chiqishga imkon beradi. Bu shubhasiz, har bir darsni ahamiyatini
oshiradi, o`qitish sifatini butunlay yaxshilaydi.
Tematik rejalashtirishning sxemasi:
Dars:
o
Dars maqsadi
o
Darsning turi
o
Darsning shakli va o`qitish
usuli
o
Apparat ta’minoti
o
Dasturiy ta’minoti
o
Pedagogik dasturiy ta’minoti
o
Adabiyotlar va internet saytlari
o
Takrorlash uchun atamalar
o
Yangi
bilimlar va atamalar
o
Yangi ko`nikmalar
Informatika darslariga va informatika xonasida darslarni o`tkazishga tayyorlanish va
rejalashtirishning ajratib turuvchi xususiyatlari, dars negiziga qo`shilishi kerak bo`lgan
pedagogik vositalarni bo`laklarini va barcha tushunchalarni yaxshilab ko`rib chiqish zarur.
Pedagogik dasturiy ta’minot ishlatilishi mo`ljallanayotgan dars tsenariysini ishlab
chiqishda o`qituvchi bir qator omillarni hisobga olishi kerak.
o
Ular orasida real maqsadga muvofiq o`sha yoki
boshqa pedagogik dasturiy
ta’minotlarni ishlatish;
o
tayin vaqtda pedagogik dasturiy ta’minotdan foydshshnishda talab qilinadigan
bilim;
o
o`qituvchilarning kompyuter bilan ishlashda gigienik chegarasi;
o
Pedagogik dasturiy ta’minot talab qiladigan tayyorlik va
qobiliyat;
o
Pedagogik dasturiy ta’minotning tayyorligi, ishlash imkoniyati va texnik holati.
Informatika darsiga tayyorlanish o`qituvchining boshqa darslarga tayyorlanish
rejasidan farq qilmaydi. Lekin bir qancha
hal qiluvchi omillar borki, ularsiz informatika
darsiga tayyorlanish samarasiz bo`ladi va maqsadga muvofiq emas.
Topshiriqlar:
1.Informatika fanidagi mavzular buyicha berilgan interfaol uslullari bilan tashkil etish
uchun metodik tavsiyanomasini yozib bering.
2.Interfaol metodlardan foydalanib maktab darsligidan tanlangan mavzu asoaida
namunali dars ishlanmasi tayyorlang. Ppt, mp4, swf